Toshkent davlat iqtisodiyot


Yevropa va AQSh patent idorasi va huquqchiligi



Yüklə 400,3 Kb.
səhifə26/70
tarix20.06.2023
ölçüsü400,3 Kb.
#133282
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Gjbjjgu

Yevropa va AQSh patent idorasi va huquqchiligi





      1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish.

      2. Shartnomalar va bitimlar.




      1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish

XX asrning ikkinchi yarmida Ғarbiy Yevropa mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy integrastiyaning kuchayishi yagona Yevropa patent tizimining tuzilishini ob’ektiv tarzda taqozo etdi. Yagona Yevropa patent tizimini tuzish g’oyasi 1973 yil 5 oktyabrida Myunxenda Yevropa patent konvenstiyasi deb nom olgan Yevropa patentini berish to’g’risidagi Konvenstiya tuzilganda amalga oshdi. Bu Konvenstiya RST bilan bir vaqtda 1978 yil 1 iyundan kuchga kirdi.


2001 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra Yevropa konvenstiyasining ishtirokchilari quyidagi davlatlar hisoblanadi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Grestiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Portugaliya, Turkiya, Finlyandiya, Franstiya, Shveystariya, Shvestiya.
Bundan tashqari, Yevropa konvenstiyasiga Albaniya, Latviya, Litva, Makedoniya, Ruminiya va Sloveniyaning qo’shilishi kutilmoqda.
Yevropa patent konvenstiyasi ixtiro uchun Yevropa patentini berishning yagona tartiblarini belgilaydi. RSTdagi kabi, Yevropa patenti uchun talabnomada Konvenstiya ishtirokchi davlatlarining hammasi emas, balki ba’zilari ham ko’rsatilishi mumkin. Berilgan Yevropa patenti unda ko’rsatilgan barcha davlatlar hududida milliy patent kuchiga ega.
Yevropa patent tizimining Konvenstiyaga muvofiq amal qilishi uchun Yevropa patent idorasi (EPI yoki ingliz abbreviaturasida ERO) tuzilgan bo’lib, u talabnomalarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi hamda Konvenstiya ishtirokchi davlatlarining nomidan Yevropa patentlarini beradi. Eslatib o’tamiz, EPI shuningdek RST tizimi bo’yicha Xalqaro qidiruv va Xalqaro dastlabki ekspertizaning organlaridan biri hisoblanadi.
Tuzilishiga ko’ra EPI to’rt bo’linmadan iborat.

  • EPIning Myunxen (Germaniya)dagi Bosh ofisi yoki shtab kvartirasi. Bu erda Yevropa patentlari uchun talabnomalarning mohiyatiga ko’ra ekspertizasi o’tkaziladi, patentlar ro’yxatga olinadi va beriladi, appelyastiya tartiblari ko’rib chiqiladi;

  • EPIning Gaaga (Niderlandiya)dagi Sub-ofisi yoki filiali. Bu bo’linmaning funkstiyalari Yevropa talabnomalarini rasmiy espertiza qilish va patent qidiruvini o’tkazishdan iborat. Shuningdek, Gaagada EPI uchun xodimlar tayyorlanadi va o’qitiladi;

  • Berlindagi Sub-ofis Yevropa talabnomalarini qabul qilish va ular bo’yicha rasmiy ekspertizalarni o’tkazish masalalari bilan shug’ullanadi;

  • Vena (Avstriya)dagi Sub-ofis patent axboroti masalalariga ixtisoslashgan. Xususan, Venada EPIning turli nashrlari optik disklarda nashr qilinadi, patent xujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasi tarqatiladi va ularga xizmat ko’rsatiladi va hokazo.

Yevropa patentini berish to’g’risidagi Konvenstiyaning asosiy nizomlarini ko’rib chiqaylik.
Konvenstiyaga muvofiq Yevropa patenti uchun talabnoma fuqaroligi va turar joyidan qat’i nazar ixtiyoriy (jismoniy yoki huquqiy) shaxs tomonidan berilishi mumkin.
Patent uchun talabnoma Parij Konvenstiyasiga muvofiq konvenstiya imtiyozini so’ragan holda berilishi mumkin. Yevropa patent konvenstiyasining barcha ishtirokchilari RSTning ham ishtirokchilari hisoblanishi bois, talabnoma beruvchilar Yevropa patentini RST tartibi orqali so’rashi, ya’ni xalqaro talabnoma berishda Yevropa patentini olishni ko’rsatishi mumkin.
Yevropa patentini olish tartibi uch fazani o’z ichiga oladi:

  1. EPI filiallaridan biriga EPI rasmiy tillari (ingliz, franstuz yoki nemis tili)dan birida to’g’ri to’ldirilgan talabnomani berish. Ixtiro formulasini bayon etishning mavjud barcha usullaridan Yevropa Konvenstiyasi cheklovchi va farqlovchi qismlardan iborat bo’lgan Germaniya sxemasi deb ataladigan usulni tanlaganligini ta’kidlab o’tamiz. Tegishli bojlarning to’langanligi talabnomaga ilova qilinishi kerak.

Berilgan talabnoma bo’yicha rasmiy ekspertiza o’tkaziladi va talabnoma zarur talablarni qondirsa, u bo’yicha Yevropa patent qidiruvi o’tkaziladi. Birinchi faza Yevropa patent talabnomasi (tavsifi, formulasi va chizmalari)ning uning referati va Yevropa qidiruvi to’g’risidagi hisobot bilan birgalikda nashr etilishi bilan yakunlanadi. Odatda, talabnomani nashr qilish talabnoma berilgan vaqtdan 18 oy, agar imtiyoz so’ralgan bo’lsa imtiyoz davridan o’tgandan keyin amalga oshiriladi.

  1. Talabnoma nashr qilingan sanadan keyin 6 oy davomida talabnoma beruvchi mohiyatiga ko’ra ekspertiza uchun bojlarni to’lashi va uning o’tkazilishiga talabnoma berishi kerak.

EPIga yuqorida ko’rsatilgan iltimosnomaning kelib tushganidan so’ng talabnoma, bo’yicha ixtironing patentga layoqatlilik mezonlariga mosligini ekspertizadan o’tkazish boshlanadi. Konvenstiyaga muvofiq yangililik, ixtiro darajasi va sanoatda qo’llashning mumkinligi bunday mezonlar hisoblanadi.
Yevropa patentiga tavsifni nashr qilgandan so’ng EPI talabnoma beruvchiga ixtiro tavsifini o’z ichiga oluvchi Yevropa patent yorlig’ini beradi.

  1. Uchinchi faza berilgan patentlarga uchinchi shaxslarning arz (protest)ini ko’rib chiqish tartiblaridan iborat bo’lib, ular patent berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar nashr qilingandan keyin 9 oy davomida berilishi mumkin.

Bunday ko’rib chiqishning natijasi arizaning qaytarilishi, patent berish to’g’risidagi qarorni bekor qilish yoki talabnoma beruvchi arizasini ko’rib chiqish jarayonida tegishli o’zgartirishlarni kiritsa, patent berish to’g’risidagi qarorni o’zgartirish bo’lishi mumkin. Ariza bo’yicha qabul qilingan qaror to’g’risida ma’lumot e’lon qilinadi va ixtironing yangi tavsifi nashr qilinadi. Shundan so’ng EPI patent egasiga yangi patent yorlig’ini beradi.
Yevropa patent tizimi taraqqiyotining ijobiy tajribasi boshqa davlatlar uchun teng xuquqli hamkorlik va integrastiyaning foydali misoli hisoblanishini ta’kidlab o’tish joizdir.
AQSh patent xuquqining xususiyatlari.
AQShdagi patent xuquqi chuqur tarixiy an’analarga ega. Amalda
mustaqillikning birinchi qadamlaridan (1783 yildan) AQShda samarali patent tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining rag’batlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 1787 yilda qabul qilingan Konstitustiyasining o’zida "Muallif va ixtirochilarga tegishli adabiy asarlar va ixtirolarga mutlaq xuquqlarni cheklangan vaqt davriga berish bilan ilm-fan va foydali san’at taraqqiyotiga ko’maklashishga ... Kongress xaqlidir" deb yozilgan edi. Shunga muvofiq, AQSh Kongressiga patent qonunini chiqarish va qayta ko’rib chiqish vakolati berilgan.
Patent egasining mutlaq xuquqini va tekshiruv tizimini mustahkamlagan AQShning birinchi patent qonuni 1790 yilda qabul qilingan. Shundan so’ng 1793 yilda bu qonun patentlarni berish tartiblarini soddalashtirib qayta ko’rib chiqilgan. Natijada 1836 yilda Amerika patent-huquq tizimining asosiy belgi va xususiyatlarini belgilatan yangi patent qonuni qabul qilindi. Shundan beri patent qonuni bir necha bor takomillashtirildi, lekin uning xarakterli jihatlari AQSh zamonaviy patent xuquqida saqlanib qoldi.
AQShning bosh patent tashkiloti Patent va tovar belgilari bo’yicha AQSh Idorasi hisoblanib, tuzilishi jihatidan AQSh Tijorat departamenti (savdo vazirligiga o’xshash) tarkibiga kiradi. Bu Idora jahonning boshqa mamlakatlaridagi patent idoralariga o’xshash funkstiyalarni bajaradi, xususan, talabnomalar ekspertizasini o’tkazadi, patentlar beradi, patent ma’lumotini nashr qiladi va hokazo. Apelyastiya masalalarini hal qilish uchun 1982 yil 1 oktyabrdan patent huquqi nizolari bilan bog’liq barcha appelyastiyalarni ko’rib chiqish bo’yicha yagona sud hisoblanadigan Federal apelyastiya sudi (Sourt of Arrea1s fog Federal Sircuit) faoliyat ko’rsatadi.
Shubhasiz, AQSh patent xuquqining muhim xususiyati unda sud prestedenti kabi xuquq manbaining mavjudligi hisoblanadi. Bunday prestedent kuchga kirgan sud qarorining asoslangan qismidan iborat bo’lib, bu shunga o’xshash ishlarni o’sha yoki pastki instanstiyadagi sudlarda ko’rib chiqishda me’yor bo’ladi. Bunday tizim boshqa ko’pchilik mamlakatlar, masalan, Yevropa, sobiq SSSR mamlakatlari (jumladan O’zbekiston) xuquq tizimlaridan tubdan farq qiladi. Prestedent xuquqining mantiqiy xayotda yuzaga keladigan barcha xuquqiy vaziyatlar (nizolar)ni qonunan oldindan bilish mumkin emasligini tan olishdan iborat. Faqat sud jarayonlarida, haqiqiy vaziyatlar asosida muammoni hal qilishning eng to’g’ri yo’llarini belgilash mumkinki, ular prestedent, ya’ni boshqa o’xshash vaziyatlar uchun me’yoriy hujjat bo’ladi.
AQSh patent xuquqining boshqa muhim jihati patentlarni talab qilishiing ixtiro tizimi hisoblanadi. AQSh patent qonuniga muvofiq faqat birinchi va haqiqiy ixtirochi patent olishga talabnoma berishi mumkin. Boshqa shaxslar, masalan, ixtirochining ish beruvchisi, talabnoma berish xuquqiga ega emas. Patent olishga talabnoma berish uchun xar bir talabnoma beruvchi o’zini patent sњrab olinayotgan ob’ektning xaqiqiy va birinchi ixtirochisi deb xisoblashi to’g’risida maxsus deklarastiyani to’ldirish kerak Bunday deklarastiya notarius yoki boshqa vakolatli shaxs ishtirokida ro’yxatga olinadigan maxsus qasamyod bilan almashtirilishi mumkin. AQShda deklarastiya yoki qasamyodda yolg’on ma’lumotlar berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Odatda, yolg’onning aniqlanishi patent berishda avtomatik tarzda rad javobiga, qasddan yolg’on
ma’lumot berish holatlari esa pul jarimalari to’lanishiga yoki 5 yil muxlatgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda AQShda patentning uch turi beriladi: ixtiro uchun patent (utility patent) sanoat namunasi uchun patent (design patent) va seleksiya yutug’i uchun patent (plant ratent).
AQSh patent xuquqining ajralib turadigan jihati shundan iboratki, ixtiro uchun patentning amal qilish muddati imtiyoz sanasidan emas, patent berilgan sanadan hisoblangan va 17 yilni tashkil etgan. Biroq, AQShning BSTga kirishi va TRIPSning imzolanishi sababli 1995 yil 8 iyulidan nizom kuchga kirib, unga ko’ra patentning amal qilish muddati birinchi talabnoma berilgan sanadan boshlab 20 yilga teng qilib belgilandi. Nizom 1995 yil 8 iyuligacha berilgan talabnomalarga tatbiq etilmasligini ta’kidlab o’tamiz. Sanoat namunasi uchun patentning amal qilish muddati 14 yilga, seleksiya yutug’i uchun patentniki esa 17 yilga teng.



      1. Shartnomalar va bitimlar

AQShda patent bir pog’onali tekshiruv ekspertizasi tizimi bo’yicha beriladi. Xar bir talabnoma bo’yicha rasmiy ekspertiza va mohiyatiga ko’ra ekspertiza o’tkaziladi. Ixtiro to’g’risidagi ma’lumotlar patent berilganligi to’g’risida e’lon qilish bilan bir vaqtda ma’lum qilinadi, ya’ni ekspertiza tizimi talabnomalar to’g’risidagi ma’lumotlarga uchinchi shaxslar uchun tanishish imkonini bermaydigan yopiq xarakterga ega.


Xorijda patentlashda vaqtinchalik patent talabnomasidan AQShlik talabnoma. beruvchilar tomonidan imtiyozli hujjat sifatida foydalanishlari mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda RST tizimi bo’yicha xalqaro talabnomalarning deyarli yarmi AQShlik talabnoma beruvchilar tomonidan beriladi. Bu AQShda ixtirochilikni rivojlantirish va patent xuquqlarini malakali himoyalash uchun qulay sharoitlar yaratilganligining ishonchli ko’rsatkichi hisoblanadi. Bundan tashqari, AQShning o’zi eng yangi ixtirolar, kompleks texnologiyalar va boshqalarning dunyodagi eng yirik bozorini tashkil qiladi. Shu sababli Amerika patent qonunchiligini o’rganish har bir patentshunos, patent bo’yicha ishonchli vakili yoki agenti uchun intellektual mulkni to’g’ri yaratish va
ximoyalash masalalari bo’yicha yaxshi maktab xisoblanadi.



      1. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan istemolchilarning asosiy huquqlari.

O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 26.04.1996 yilda qabul qilingan. Mazkur Qonunga 05.04.2002, 25.04.2003, 19.12.2005, 10.10.2006, 09.04.2008 yillarda


o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo’llaniladi:
iste’molchi - foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
ishlab chiqaruvchi - iste’molchiga realizastiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor;
ijrochi - maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta’mirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo’yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor; (O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
sotuvchi - oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha iste’molchiga tovar realizastiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor; (O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
shartnoma - tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar to’g’risida iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o’rtasidagi og’zaki yoki yozma kelishuv;
tovar - ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo’yicha sotish uchun mo’ljallangan mahsuli, shu jumlada, import mahsuloti;
normativ hujjatlar - standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, resteptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni o’z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi - tovarni iste’mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizastiya qilishning, shuningdek ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste’molchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar etkazilishi ehtimoli bilan bog’liq xavf-xatarning yo’qligi;
muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni - tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qo’yiladigan talablarga nomuvofiqligi;
tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni - tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib bo’lmaydigan qilib qo’yadigan yoxud bartaraf etish uchun ko’p mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik;
kafolat muddati - tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi) normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o’tib va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati bo’lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo’lsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi;
xizmat muddati - tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo’lib, u tamom bo’lgach, tovarning texnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish to’xtatilishi lozim;
yaroqlilik (saqlash) muddati - muayyan davr bo’lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo’ladi va u tamom bo’lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog’lig’i uchun xavf tug’dirishi mumkin;
kassa cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to’langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana va kassa apparatining nomeri ko’rsatilgan hujjat;
tovar cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to’langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko’rsatilgan hujjat;
tovarni (ishni, xizmatni) iste’molchidan qaytarib olish - agar tovar (ish, xizmat) iste’molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan bo’lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo’lmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish - ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo’lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan har qanday chora.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Qonun hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan iste’molchilarning huquqlarini cheklab qo’yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
Agar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo’llaniladi.
Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to’g’ri va to’liq ma’lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo’lishi; tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo’lishi;
hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo’lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g’ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to’liq hajmda qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so’rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat
ko’rsatishning boshqa turlari bo’yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi o’z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko’rsatilgan bo’lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o’z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchiga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko’rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko’chma do’konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko’rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga etkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko’rsatishning qoidalari to’g’risida to’liq ma’lumot berishi shart.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o’zi realizastiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o’z vaqtida zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko’rsatilishi shart: tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo’lgan
normativ hujjatning nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o’ziga xos xususiyatlari ro’yxati;
bahosi (tarifi) va sotib olish shartlari;
ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi; ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari; tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin
iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, ro’yxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko’rsatadigan korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizastiya qilish usullari hamda qoidalari;
teatr-konstert tadbirlari o’tkazilayotganda fonogrammadan foydalanilishi to’g’risidagi axborot.
Sertifikatlanishi shart bo’lgan tovar haqida iste’molchiga uning sertifikatlanganligi to’g’risida ma’lumot taqdim etilishi lozim.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo’qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizastiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko’rsatmasi bo’yicha to’xtatib turilishiga sabab bo’ladi.
Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto’g’ri yoki etarli darajada to’liq bo’lmagan ma’lumot berilganligi:
zarur iste’mol xossalariga ega bo’lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo’lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o’ziga etkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko’zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo’lsa, iste’molchi tegishli ma’lumot oqilona qisqa (ko’pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma’lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste’molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
iste’molchining hayotiga, sog’lig’iga yoxud mol-mulkiga zarar etkazilishiga sabab bo’lsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni qo’yishga haqlidir.
Iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto’g’ri yoki etarli darajada to’liq bo’lmagan ma’lumot tufayli etkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.
Noto’g’ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga etkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim.
Iste’molchi shartnoma tuzish yo’li bilan tovarni (ish, xizmatni) erkin sotib olish huquqiga ega bo’lib, bu shartnomaga ko’ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to’lash majburiyatini o’z zimmalariga oladilar.
Narxnoma bilan qo’yilgan tovarlar hamda tovar (ish, xizmat)lar haqida keluvchilar e’tiboriga havola etiladigan ma’lumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.
Tomonlar o’rtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar to’g’risida kelishuvga erishilsa, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o’rtasida shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, og’zaki shaklda tuziladi, qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar bo’yicha, jo’natma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Iste’molchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat- o’lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib ko’rsatishi, undan xavfsiz va to’g’ri foydalanishni o’rgatishi, zarurat bo’lsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.
Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to’g’risidagi qoidalar, shuningdek ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizastiya qilish qoidalari O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to’lash shakli hamda tartibi iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o’rtasidagi kelishuvga binoan
belgilanadi. Tovarlarni kreditga sotish O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan tovarlarni kreditga sotish qoidalari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste’molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi.
Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko’rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo’lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo’llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart.
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo’lmasligi lozim.
Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko’rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko’rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga texnik xizmat ko’rsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday muddat bo’lmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan e’tiboran o’n yil mobaynida etarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi hamda savdo va ta’mirlash tashkilotlariga etkazib berishi shart.
Dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o’tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizastiya qilish man etiladi.
Iste’molchi o’zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiena, shu jumladan radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo’lishiga va uning hayoti, sog’lig’i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo’lishiga, shuningdek uning mol-mulkiga zarar etkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega.
Tovar (ish, xizmat)ning iste’molchilar hayoti, sog’lig’i, mol-mulki va atrof- muhit uchun xavfsiz bo’lishiga doir talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, xizmat)ning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan bo’lsa, tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) kundan e’tiboran o’n yil mobaynida uning xavfsiz bo’lishini ta’minlashi shart.
Iste’molchilarning hayoti, sog’lig’i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tug’diruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat ko’rsatganlik) uchun qonun hujjatlariga muvofiq:
ishlab chiqaruvchi (ijrochi);
normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ; muvofiqlik sertifikati bergan organ;
sog’liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizastiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar javobgar bo’ladi.
Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo’lishi ta’minlanmaganligi oqibatida iste’molchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoplanishi lozim.
Agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish zarur bo’lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi) esa, ularni iste’molchilar e’tiboriga etkazishi shart.
Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizastiya qilish, ish (xizmat) natijalari iste’molchining hayoti, sog’lig’i, mol-mulkiga yoki atrof- muhitga zarar etkazayotganligi yoxud zarar etkazishi mumkinligi aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi sabablar bartaraf etilgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, uni realizastiya qilishni) darhol to’xtatishi, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish choralarini ko’rishi shart.
Zarar etkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin bo’lmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat ko’rsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga mo’ljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizastiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat ko’rsatishni to’xtatish, ularni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz bo’lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari ko’rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Iste’molchining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga hamda atrof-muhit uchun xavfli bo’lgan tovarlarning partiyalarini muomaladan chiqarish, ishlarni bajarishni va xizmatlar ko’rsatishni taqiqlab qo’yish tartibi O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Tovarni qaytarib olish, ishni bajarishni va xizmat ko’rsatishni taqiqlab qo’yish munosabati bilan iste’molchiga etkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim.
Agar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xavfli xossalarga ega bo’lgan tovarni qaytarib olish yuzasidan barcha zarur choralarni ko’rgan bo’lsa, u iste’molchi mazkur tovardan foydalanishni davom ettiraverishi tufayli etkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Nuqsonli tovar sotilgan iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o’tilmagan bo’lsa, o’z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; shartnomani bekor qilib, ko’rilgan zararni qoplash.
Agar nuqsonlar:
tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo’yicha olti oy mobaynida;
ko’chmas mulk iste’molchiga o’tkazilgan kundan e’tiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo’lsa;
mavsumiy tovarlar uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan bo’lsa, iste’molchi mazkur huquqlarini ro’yobga chiqarishi mumkin.
Iste’molchi o’ziga sotilgan, to’plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo’lgan va mustaqil narxga ega bo’lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to’plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qo’yishga haqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni iste’molchi sotuvchiga qo’yadi.
Iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko’rib chiqiladi.
Iste’molchi texnik pasportni yo’qotib qo’ygan taqdirda, uni qayta tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining o’zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.
Iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga etti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo’shimcha ravishda tekshirish zarur bo’lganida esa, iste’molchi talab qo’ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo’lmagan taqdirda, iste’molchining almashtirib berish xususidagi talabi da’vo qilingan paytdan e’tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho’l va olis joylarda, tovarlar vaqti-
vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste’molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar etkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.
Ana shu muddatlarning o’tkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to’laydi.
Iste’molchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.
Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste’molchi tegishli talab qo’ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, o’n kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.
Iste’molchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish to’g’risida ishlab chiqaruvchiga talab qo’yishga haqli. Bunday talab, basharti tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yo’l qo’yilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan bo’lsa, belgilangan xizmat muddati mobaynida, agar xizmat muddati belgilanmagan bo’lsa, o’n yil mobaynida qo’yilishi mumkin.
Uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun iste’molchining talabiga binoan nuqsonli tovar qaytarib berilganidan keyin uch kun ichida unga ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan uning o’zi yoki vakili eltib beradi). Buning uchun ishlab chiqaruvchi sotuvchi bilan birgalikda shartnoma asosida tovarlarning almashuv fondini nazarda tutishlari shart. Mazkur talablar tatbiq etilmaydigan uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarlar ro’yxatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
Tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish xususida talab qo’yilgan taqdirda, undan foydalanishning kafolat muddati iste’molchining tovardan foydalana olmagan davrga teng muddatga uzaytiriladi. Mazkur muddat iste’molchi nuqsonlarni bartaraf etish talabi bilan murojaat etgan kundan e’tiboran hisoblana boshlaydi.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanish uchun shunday tovarni berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun, shuningdek nuqsonlarni bartaraf etishning shartnomadan kelib chiqadigan muddatlaridan ortiq kechiktirilgan har bir kun uchun tovar narxining bir foizi miqdorida iste’molchiga neustoyka (penya) to’laydi.
Agar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan bo’lsa, iste’molchi tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib, etkazilgan ziyon va ma’naviy zararni ushbu Qonunning 20 va 22-moddalariga muvofiq qoplashni talab qilishga haqli.
Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narxi o’zgargan bo’lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak bo’lgan tovar narxi uning o’rniga
berilayotgan tovar narxidan past bo’lsa, iste’molchi narxlardagi farqni qo’shimcha ravishda to’lashi lozim, almashtirilishi kerak bo’lgan tovar narxi uning o’rniga berilayotgan tovar narxidan yuqori bo’lsa, iste’molchiga narxlardagi farq qaytariladi. Bunday hisob-kitob chog’ida almashtirilishi kerak bo’lgan tovar narxi oshgan taqdirda, uning talab qo’yilgan paytdagi narxi, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi narxi qo’llaniladi.
Shartnoma bekor qilinayotganda tovar narxi oshgan bo’lsa, iste’molchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qo’yilgan paytdagi qiymatiga qarab, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.
Tovar iste’molchilarga kreditga sotilgan bo’lsa, shartnoma bekor qilingan taqdirda, pul summasi tovar qaytarilayotgan paytga qadar uzilgan kredit miqdorida qaytarib beriladi, shuningdek kredit berganlik haqi to’lanadi.
Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni ta’mirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va iste’molchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish iste’molchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste’molchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bog’liq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.
Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o’n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo’lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.
Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko’rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko’rsatishi) shart.
Ishni bajarish (xizmat ko’rsatish) muddati ish bajarilishi (xizmat ko’rsatilishi) lozim bo’lgan sanaga (davrga), shuningdek ijrochi ishni bajarishga (xizmat ko’rsatishga) kirishishi lozim bo’lgan sanaga (davrga) qarab belgilanishi mumkin. Agar ish bajarish, xizmat ko’rsatish shartnomaning amal qilish muddati davomida qismlarga bo’lib-bo’lib ado etiladigan bo’lsa (vaqtli matbuotni etkazib berish, texnik xizmat ko’rsatish va boshqalar), ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish)ning bosqichma-bosqich muddatlari (davrlari) nazarda tutilishi kerak.
Agar ijrochi shartnomani ijro etishga o’z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo’lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shartnomadan voz kechishga va etkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Agar ijrochi shartnoma shartlarini ish (xizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan bo’lsa yoxud ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yo’l qo’ygan bo’lsa, iste’molchi o’z xohishiga ko’ra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (ko’rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum
bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, ko’rilgan zarar to’liq qoplanishini talab qilishga haqli.
Iste’molchi ushbu moddaning to’rtinchi qismida ko’rsatilgan huquqlarni: ishni (xizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida
nuqsonlar aniqlangan taqdirda;
kafolat muddati davomida, kafolat muddati bo’lmagan taqdirda esa, ish (xizmat) qabul qilib olingan kundan e’tiboran olti oy davomida;
imorat yoki boshqa ko’chmas mulkda nuqsonlar aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil davomida ro’yobga chiqarishi mumkin.
Ish bajarish (xizmat ko’rsatish) jarayonida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilab qo’yiladi. Bajarilgan ish (ko’rsatilgan xizmat)dagi nuqsonlar, agar shartnomada bir muncha qisqaroq muddat belgilanmagan bo’lsa, iste’molchi talab qilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilishi kerak. Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek ish bajarishni (xizmat ko’rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste’molchiga har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo’lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatining (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo’lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to’laydi.
Iste’molchi undirib olgan neustoyka (penya) summasi ish bajarish (xizmat ko’rsatish)ning alohida turi bahosidan yoki buyurtmaning umumiy bahosidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bajarilgan ishdagi nuqsonlarni bartaraf etish kechiktirilganligi uchun ijrochi to’lagan neustoyka (penya) qoplanishi lozim bo’lgan zarar hisobiga kirmaydi.
Ijrochining majburiyatni umuman yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (penya) to’lashi va zararni qoplashi uni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.
Iste’molchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yo’qolgan, ishdan chiqqan, unga putur etgan taqdirda yoki iste’molchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar bo’lsa yoki u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi iste’molchiga aynan o’xshash sifatli ashyoni qaytarishi (o’zining aynan o’xshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki xizmat ko’rsatishi), buning imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qo’yilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib to’lashi shart.
Ijrochi tomonidan ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun qabul qilib olinayotgan ashyo (material) qiymati shartnoma tuzish paytida tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ishda (xizmatda) jiddiy nuqsonlar mavjud bo’lganida yoki shartnoma talablari jiddiy buzilganida, shuningdek ashyo (material) yo’qolgan, ishdan chiqqan, unga putur etgan taqdirda iste’molchi bilan hisob-kitob ishning (xizmatning) yoki materialning shartnomani bekor qilish paytidagi oshgan narxini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnomalar bo’yicha iste’molchilar bilan ijrochi o’rtasidagi munosabatlarning o’z mohiyatiga ko’ra ushbu moddaga mos kelmaydigan xususiyatlari, shuningdek
shartnomalarning umuman yoki lozim darajada ijro etilmaganligi tufayli kelib chiqadigan oqibatlar bunday shartnomalarning alohida turlari to’g’risida qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan qoidalar bilan aniqlanadi.
Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog’liq bo’lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob- anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo’llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog’lig’i yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat’i nazar, har qanday iste’molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli etkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Iste’molchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e’tiboran o’n yil mobaynida yuzaga kelgan bo’lsa, qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib bo’lmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste’molchi tomonidan buzilishi tufayli etkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo’yadigan va qonun hujjatlariga zid bo’lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo’llash natijasida iste’molchiga zarar etkazilgan bo’lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo’shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo’shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko’rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga etkazilgan ma’naviy zarar uchun uni etkazgan shaxs, basharti u aybdor bo’lsa, haq to’lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to’lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.
Ma’naviy zarar uchun haq to’lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko’rgan zararning o’rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog’idagi huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek sudlar ta’minlaydilar.
Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi; O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda "O’zstandart" agentligi deb yuritiladi); O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi; O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo’mitasi; O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o’z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari
Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini tashkil etadilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko’rib chiqadilar; iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini
himoya qilib sudlarga murojaat etadilar;
o’z huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi hamda uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarining qo’llanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa axborotni so’rab oladilar;
iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) ko’rsatma yuboradilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishini va ularning sifatini ta’minlash maqsadida "O’zstandart" agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida:
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizastiya qilishni to’xtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar ko’rsatilishini to’xtatish), ularni iste’molchilardan qaytarib olish to’g’risida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko’rsatmalar yo’llaydilar, shuningdek bu haqda iste’molchilarni xabardor qiladilar;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo’lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qo’zg’atadilar.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko’rsatilishi shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilanganligiga qaramay ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan tovarlarni realizastiya qilishga va sotishga qabul qilganlik uchun - tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo’lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqliligi to’g’risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizastiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi miqdorida va ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsizligi to’g’risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizastiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati o’tgan tovarlarni realizastiya qilishga va sotishga qabul qilganlik uchun - realizastiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda;
iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatmalarni bajarishdan bo’yin tovlaganlik yoki o’z vaqtida bajarmaganlik, shuningdek ularga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun:
yuridik shaxslarga - eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxslarga - eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega.
"O’zstandart" agentligi va ushbu Qonun 26-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan davlat boshqaruvining boshqa organlari:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlash qoidalari ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan buzilsa;
o’zlarining ko’rsatmalarini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bajarishdan bo’yin tovlasa, o’z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;
normativ hujjat talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar etkazilsa, jarimalar solishga haqlidir.
Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lagan taqdirda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo’lib to’lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Jarima solish ishlab chiqaruvchini (ijrochini, sotuvchini) yo’l qo’yilgan qonunbuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko’rsatmasini to’liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
Ariza berish, agar sud ko’rsatmalarning ijro etilishini to’xtatib turish to’g’risida ajrim chiqarmagan bo’lsa, uni sudda ko’rib chiqish davrida bu hujjatlarning bajarilishini to’xtatib qo’ymaydi.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayli iste’molchilarga zarar etkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
Moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan ijrochi o’zining tugatilishi yoki bankrot bo’lishi ehtimolini nazarda tutgan holda iste’molchilarning talablarini qondirish maqsadida o’z javobgarligini sug’urta qildirishi shart.
Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste’molchiga etkazilgan zarar uchun o’zining javobgarligi to’g’risida sug’urta shartnomasi borligi haqida iste’molchiga axborot berishi shart.
Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan erdagi yoki zarar etkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Iste’molchilar o’z huquqlarining buzilishi bilan bog’liq da’volar bo’yicha, shuningdek tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko’zlab qo’zg’atiladigan da’volar bo’yicha davlat boji to’lashdan ozod qilinadilar.
Iste’molchilar o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Iste’molchilarning birlashmalari o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.



Yüklə 400,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin