II bob. Tovar va xizmatlarni sertifikatlash
O’zbekiston Respublikasining tovarlarni standartlashtirish to’g’risidagi qonuni va uning ahamiyati
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari.
Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar.
Tovar va xizmatlar standartlari ustidan davlat nazorati.
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va uni rag’batlantirish.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
Mahsulotlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurs tejash maqsadlarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
Mahsulotlarning almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
Fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xojaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
Barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashdan;
Tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
Iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
Mudofaa qobilyatini va safarbarlik tayyorligi ta’minlashdan; O’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi hamda:
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish muvofiqlashtirish va ta’minlashni;
Xalq xo’jaligi tarmoqlarida O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
Qurilish qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi;
Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi.
Ushbu qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni, shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga
yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, nashr etadilar. O’zstandart agentligi ushbu qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o’tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
O’zstandart agentligi, Davlat arxitektura va Qurilish Qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi o’z vakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir. Standartlashtirish tasdiqlagan organlar standartlashtirishga oid tarmoq axborot jamg’armalarini xosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassik qatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar, bilan ta’minlaydilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ular tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. Standartlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta’riflanganidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo’llaniladi:
Xalqaro standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tarmoq standartlari;
Texnik shartlar;
Korxona standartlari;
Xorijiy mamlakatlaring milliy standartlari;
Ma’muriy-hududiy standartlar.
Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassik qatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi O’zstandart tomonidan belgilanadi.
Xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini O’zstandart va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O’zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizastiya qilishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo’ljallangan,an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo’yiladi.
Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar Iste’molchilarga sotiladigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan
o’zgartishlar O’zstandart organlarida haq olinmasdan davlat ro’yhatidan o’tkazilishi lozim. O’zstandarti organlarida ro’yhatdan o’tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg’armasini tashkil etadi. Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash uchun, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va almashinuvchanligi, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg’alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo’jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun majburiydir.
Standartlarda mahsulotni yaratish ishlab chiqarish va etkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’zga talablar ham belgilab qo’yilishi mumkin.
Import mahsulotining basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo’lsa etkazib berilishi belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Standartilashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo’llanilishi amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilish lozim bo’lgan mahsulotni, Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqligini nazorat qilish va sinash usullarini o’z ichiga olishi lozim. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan normada va tartiblarga muvofiq qo’llanilishi lozim.
Tovar va xizmatlar standartlari ustidan davlat nazorati
Xo’jalik faoliyat sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taaluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat nazoratini O’zStandart agentligi, Davlat Arxitektura va Qurilish Qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar. Idoraviy bo’ysinuvchi va mulk shaklidan qat’iy nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan, sertifikatlashtirilgan mahsulot davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
Xo’jalik faoliyat sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilish ustidan davlat nazoratining:
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektori;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha ishlarni davlat inspektorlari amalga oshiradi. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
Xo’jalik faoliyat sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
Xo’jalik faoliyat sub’ektidan davlat nazorati o’tkazish uchun keraqli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
Davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyat sub’ektining texnik vositalardan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
Standartlashtirish bo’yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalarini hamda nushalarini tanlab olishni o’tkazish bunda ishlatib yuborilgan nushalarning qiymati va sinamalarni o’tkazish hujjatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlaridan kiritiladi;
Mahsulotni yaratish ishlab chiqarishga tayyorlash realizastiya qilish undan foydalanish mahsulotni saqlash tashish va chiqindini foydali sur’atda ishlatish bosqichlarida, Standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarini yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarini yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:
Standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyat sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish;
Standartlar buzilishi aybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
Tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda realizastiya qilishni, undan foydalanishni taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Tekshirilgan mahsulot standartlarining majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizastiya qilishni, undan foydalanishni to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Davlat inspektorlarining mahsulot realizastiya qilishni man etish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to’laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materialarni prokratura organlarida yoki sudga oshiradilar. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladiladi.
Ushbu qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va uni rag’batlantirish
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan:
Xalqaro standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chqarishda ishtirok etishda;
Aniq standartlashtirish ob’ektlari bo’yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umum texnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta’minlash;
Texnik-iqtisodiy klassifik qatorlarini ishlab chiqish ular to’g’risida rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Standartlar fondini, texnik iqtisodiy axborotlar klassifik qatorlarini, xalqaro standartlarni, standartlashtirish qoidalarini, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg’alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini shakllantirish hamda yuritish;
Standartlashtirish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan o’zga ishlar davlat yo’li bilan moliyaviy ta’minlanishi shart.
Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik iqtisodiy axborot klassifik qatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg’alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan
katologini sotishdan belgilangan tartibda olingan mablag’lar, shuningdek ushbu qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag’larining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo’llanadigan qismi ham standartlashtirish standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy ta’minlash manbalari bo’lishi mumkin. Respublika byudjeti mablag’laridan to’liq yoki qisman ta’minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta’minlash bo’limlari nazarda tutilishi lozim. Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo’ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o’z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg’alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo’jalik faoliyati sub’ektlari iqtisodiy qo’llab-quvvatlanishi va rag’batlantirishni kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini olgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |