Sifati baholanayotgan mahsulotlar bir qatorga qo’yiladida ularni bir-biriga taqqoslab baho beriladi. Har bir mahsulot namunalari sifatiga qarab yo tobora yaxshilanib boriladigan yoki borgan sari sifati pasayib boradigan tartibda bir qatorga qo’yiladi. Bu usul yordamida mahsulotlarni saqlash sharoiti ularning sifatiga qanday ta’sir etishini ham aniqlash mumkin.
Suyuqlashtirish usuli.
Suyuqlashtirish usuli bilan tekshirish mumkin bo’lgan moddaning mineral miqdori aniqlanadi. Bu usul bir tarkibli mahsulotlarga nisbatan qo’llaniladi. Mahsulotga muntazam ravishda neytral modda qo’shib tekshirilayotgan mahsulotlarning sezilish chegarasi aniqlanadi va shu bilan o’sha mahsulotning dastlabki holatda qanchalik quyuklikka ega ekanligi belgilanadi.
Organaleptik jihatdan tekshirilayotgan mahsulot maxsus xonalarda o’tkaziladi. Xonalar etarli darajada yorug’ va keng, toza havoli alohida uy ajratilgan bo’lib, barcha sharoitlar mukammal ta’minlangan bo’lishi shart.
Tekshirishning fizik usullari.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirishning fizik usullari mahsulotning solishtirma og’irligini, yopishqoqligini , erish qotish va qaynash temperaturasini, optik xususiyatlarini aniqlashdan boshlanadi. Mahsulot solishtirma og’irligi shu suyuqlik og’irligining bir xil temperatura va hajmdagi suv og’irligiga bo’lgan nisbatini ko’rsatadi. Mahsulotning solishtirma og’irligi odatda ariometr bilan o’lchanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini zichligi va solishtirma og’irligini gidrostatistik tarozi va piknometrlar bilan ham aniqlasa bo’ladi. Yopishqoqlik yoki yopishqoqlik birligi pauzalar yoki nisbiy yopishqoqlik soni bilan ifodalaniladi. Nisbiy yopishqoqlik aniq bir vaqt ichida tagida kichkina teshigi bor maxsus asbobdan oqib tushgan suv miqdorining shu asbobdan oqib tushgan suyuqlik miqdoriga bo’lgan nisbatini ko’rsatadi. Yog’larning erish va qotish temperaturasi yog’ning qattiq holatidan suyuq holatiga, yoki suyuq holatdan qattiq holatga o’tish paytidagi temperaturasini aniq bir termometr bilan o’lchash natijasida aniqlanadi.
Refraktometr nurining bir muhitdan ikkinchi bir ozmi-ko’pmi zichroq muhitga o’tishi paytida uning yo’nalishini o’zgarichiga yoki nurning sinish koeffisientlarini aniqlashga asoslangan.