Mahsulot sifati - uning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - uning barcha xususiyatlarini emas, balki mahsulotning ma’lum ehtiyojlarni qondira olish imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Mahsulotsifatiniboshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatish va iste’mol qilishda uning sifatini zarur darajasini belgilash ta’minlash va sifatini muntazam kontrol qilish hamda unga ta’sir qiluvchi shart-sharoit va omillarni sobitlik bilan ta’sir ettirish orqali amalga oshiradi.
Sifatmasalasi - xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat- bu mehnat va moddiy resurslarni tenglash eksport imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq qondirish demakdir. Biz sifat muammosini juda keng ma’noda tushunamiz. Bu muammo xo’jalik faoliyatini hamma sohalarini o’z ichiga oladi.
Yuqorisifat - deganda mehnatni va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini ko’paytirish pirovard natijada jamiyat ehtiyoj-larini yanada
to’laroq qondirish ma’nosini tushunamiz shu boisdan ham boshqarish butun mexanizmni, moddiy va moddiy rag’bat-lantirishning butun sistemasi injener va konstruktorlarini kuch g’ayratlarini, ishchilarning mahoratini mahsulot sifatini oshirishga qaratish zarur. Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarni kengayishi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning butunlay yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda. Mahsulot sifatini muammosini hal etish yana shuning uchun murakkab, u kompleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammodir.
Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loyiha - konstruktorliq texnologik ish olib borish jarayonida undan foydalanish ommaviy joriy qilishda shakllanadi. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi shakl va uslublari to’g’risida gapirishdan oldin «Mahsulot sifati» va «Mehnat sifati» tushunchalarini ko’rib chiqaylik.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzluksiz jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy boyliklar mahsulot deb ataladi. «Mahsulot» tushunchasi umum-lashtiruvshi bo’lib, ham mahsulotni o’z ichiga oladi.