Polyarimetriyametodi ba’zi moddalarning nur tebratishlari metodini o’zgartirish qobiliyatiga asoslangan. Kolorimetriya moddaning nurini o’ziga tanlab singdirish qobiliyatiga asoslangan tekshirilayotgan va standart eritma rangining intensivligini bir-biriga taqqoslashga asoslangan analiz kolorimetrikanalizdeb ataladi.
Lyuminisstentusuli esa ko’pchilik moddalar ultrabinafsha nurlari bilan yoritilganda o’zlaridan qorong’uda ko’rinadigan va har xil rangdor tusga ega bo’lgan nur chiqarishiga asoslangan. Modda tarkibining o’zgarishi uning nur sochish xususiyatiga ta’sir qiladi va shunday qilib ayrim hollarda mahsulot buzilganini aniqlash mumkin.
Tekshirishningximiyaviyusullari oziq-ovqat mahsulotlari sifatida ximiyaviy usullari bilan tekshirish asosan shu mahsulotlarning tarkibiy qismlari va xususiyatlari standartlar hamda VTU (vaqtinchalik texnik shartlari - vremennoe
texnicheskoe usloviya ) talablariga to’g’ri kelish-kelmasligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Odatda ximiyaviy tekshirish usullari standartlarda ko’rsatilgan bo’ladi. Mahsulot tarkibidagi quruq moddalarni yog’ bilan suvning prostent miqdorini ko’rsatuvchi son o’rtasidagi farqni hisoblash orqali aniqlanadi. Ayrim hollarda quruq modda emas, yog’’sizlangan quruq modda miqdori aniqlanadi.
Bunda quruq modda miqdorini ko’rsatadigan sondan yog’’ning prostent miqdori olinadi.
Mahsulot tarkibidagi yog’ miqdorini Soksletusuli bilan tekshirishda moddani maxsus apparatda oltingugurt efiri bilan ishlash natijasida aniqlanadi. Hosil bo’lgan efir yog’ eritmasdan haydab chiqariladi va yog’ning og’irligi tarzida tortish yoki moddaning oltingugurt efiri bilan ishlashgacha bo’lgan og’irligidan ishlab chiqilgandan keyingi og’irligini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Mahsulot tarkibidagi shakarlarni yodometrikusul bilan aniqlash. Iodni qandning ishqorli muhitida undagi aldegid gruppasini (glyukoza, maltoza, sut qandi) miqdorini oksidlash xususiyatiga asoslangan.
Eritmadagi qand miqdorini aniqlashda Bertraningsulfitkislotalimisnioksidiga tiklash usuli eng aniq usul hisoblanadi. Sulfit kislotali misning ishqorli eritmasi (feling suyuqligi) aldegid yoki ketoy gruppasiga ega bo’lgan qand bilan birga qizdirilganda sulfit kislotasi misni mis oksidiga tiklaydi va eritma ostiga cho’kadi. Quyqum sifatida cho’kkan mis miqdori aniqlanadi. Eritmadagi osh tuzi miqdorini oziq-ovqat mahsulotidan chiqarib olingan suvni azot kislotali kumush bilan titirlash natijasida aniqlanadi. Bunda suvda eriydigan xlorli kumush eritma ostiga cho’kadi. Azot kislotali kumush eritmasi miqdoriga qarab mahsulot tarkibidagi tuz miqdori aniqlanadi. Mahsulot tarkibidagi kul miqdorini aniqlash uchun mahsulotning aniq bir miqdori mufel pechlarida kuydiriladi. Mahsulot tarkibidagi kislota miqdorini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari eritmasi yoki ulardan ajratib olingan suvni ishqor bilan titirlash usuli qo’llaniladi. Titirlash uchun zarur bo’lgan 0,1 n ishqorning millimetr miqdori 100 g yoki 100 ml mahsulotga ko’paytiriladi va u Terner kislota miqdori gradusi sifatida ifodalaniladi.