Toshkent davlat iqtisodiyot



Yüklə 400,3 Kb.
səhifə47/70
tarix20.06.2023
ölçüsü400,3 Kb.
#133282
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Gjbjjgu

Tayanch so’zlar:


Bozor qonunlari, talab va taklif, ishlab chiqarish rejalashtirish iste’molchi, resurs, texnologiya, yaratish zamonaviy, ta’min etilishi, mahsulot, boshqarish, potensial, ekspuluaatayiya, sifat, ehtiyoj , iqtisodiyot, asartiment .


Takrorlash uchun savollar:





  1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asoasiy 4 ta faktorni sharhlab bering?

  2. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asosiy ko’rsatkichlarni sharhlang?

  3. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asosiy talablar?



Tavsiya etilgan adbiyotlar:





  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. - 56 b.

  2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.

  3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 2009. - 24 b.

  4. Najmidinov M, Negmatullaev S , Xoshimov X, i Problemы prepodovaniya pri podgotovke kadrov po dissiplinei, Upravlenie kashestvom i konkrurentosposobnost’ produksiii, Standartlashtirish , meteralogiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlarni tayorlash qayta tayorlash va malakasini oshirish muammolari respublika ilmiy- amaliy anjumani tezislar to’plami.



    1. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini taminlash





      1. Tovarlarning ishlab chiqarilishini rejalashtirish.

      2. Tovarlarni ishlab chiqarishdagi talablar.

      3. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlashtirish soxasida ISO ning faoliyati.




      1. Tovarlarning ishlab chiqarilishini rejalashtirish

Mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqyosida amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlariga iste’molchilarning talabi bo’lmasa bu tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish, yangi tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash to’grisidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish tomonlarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Xozirda halqaro mexnat bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish tovarlarini yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika - texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlari


raqobatini oshirishga olib bormoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’minlash shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borishiga olib kelmoqda.
Xozirda qo’shma korxonalarni barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga xizmat qilmoqda.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ishlab chiqarishga kiritishda, ishlab chiqarish davrida ish uskunalarini ekspluatastiya potenstiali ta’min etishdagi iste’molchilar talabini doimo qondirishda, sifat ko’rsatkichlarini boshqarishni ma’lum tomonga yo’naltirishda qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ta’sir etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda asosiy omil xisoblanadi. Ishlab chiqarish potensiali boshqarishda sifatli mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta rol o’ynaydi:

  1. Ishlab chiqarishdan oldingi davr proektlash, ya’ni loyihalash davri deyiladi;

  2. Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;

  3. Mahsulotlarni etkazish ya’ni realizastiyalash davri;

  4. Mahsulotlardan foydalanish ya’ni istemol davri .

1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish davrida shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sarf ko’rsatkichlarini yuqori darajaga etkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish lozim.


Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan taklifi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarnii talabi davriga nisbatan ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi ularnig bozor sharoitida raqobatdoshligini oshrib yuboradi. Shunig uchun halq xo’jaligida yangi turdagi segmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib ularga bo’lgan talab ortdi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruv bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tamonlama tahlil qilib ularning iqtisodiy barkarorligini chiqarilayotgan mahsulotni miqdori, ularning potensialiga ya’ni korxona uskunalariga quvvatiga xom - ashiyo sifatiga bog’liq. Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni yaratishga asosiy omil bo’ladi.
Mahsulot sifati - uning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - uning barcha xususiyatlarini emas balki mahsulotning ma’lum ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarini o’z ichiga oladi.
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish, ishlatish va iste’mol qlishda uning sifatining zarur darajasini belgilash, ta’minlash va sifatini muntazam kontrol qilish hamda unga ta’sir qiluvchi shart sharoit va omillarni sobitlik bilan ta’sir ettirish orqali amalga oshiriladi.
Sifat masalasi – xo’jalik faoliyatining hamma jixatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish provad natijasida esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq, yanada to’laroq qondirish demakdir. Biz sifat muammosini juda keng ma’noda tushunamiz. Bu muammo xo’jalik faoliyatini hamma sohalarini o’z ichiga oladi.
Yuqori sifat deganda - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish provad natijasda esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq, yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushanamiz. Shu boisdan ham boshqarish butun mexanizmini, modiy va nomoddiy rag’batlantirishning butun sistemasi injener va konstruktorlarning kuch g’ayratlarini, ishchilarping mahorati, mahsulot sifatini oshirishga qaratish zarur.



      1. Tovarlarni ishlab chiqarishdagi talablar

Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashishning navbatdagi butunlay yangi bosqichi uchun shart - sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda.


Mahsulot sifati muammosini hal etish yana shuning uchun murakkab kompleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy ham siyosiy muammolarni hal etish lozim.
Ma’lumki, mahsulot sifati, uning yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loiha - konstruktorlik, texnologik va iqtisodiy ish olib borish jarayonida undan foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin «Mahsulot sifati» va «Mehnat sifati» tushunchalarini ko’rib chiqaylik.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini so’ndirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzuliksiz jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy boyliklar mahsulot deb ataladi. «Mahsulot» tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib, ham tayyor mahsulotlarni o’z ichiga oladi.
Sifat masalasi –xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi. Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash, eksport imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yanada yaxshiroq, qondirish demakdir. Mamlakat olddia turgan xilma-xil iqtisodiy va sosial vazifalarni muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal ko’tarishdan, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradarligini keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q.
Sifat va samaradorlikni oshirish faqat texnikaviy va iqtisodiy vazifa bo’lib qolmay, balki sosial idealogik vazifa hamdir. Bu jamiyatni yanada rivojlantirish jarayonida hal qilinib boradi. Har bir ishchi ishlab chiqarishga qanchalik ko’p kuch sarf qilsa mehnat shuncha samarador, Vatanimiz shuncha qudratli bo’ladi. Har bir
xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq faravonligini oshirish uchun shunchalik ko’p imkoniyatlari yuzaga keladi.
Vazifa ishlab chiqishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish, barcha sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat.
O’zbekiston bozorlariga xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish zarurligi sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi ta’min etilmoqda.
Sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda, tovar ishlab chiqarish va O’zbekiston tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish, O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish va shu bilan O’zbekistonning rivojini ta’minlashga katta etibor qaratilmoqda.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona foydalanish va ularning tejamini ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish rahbar xodimlarga, injenerlarga, konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va mutaxasislarga bog’liq.
Mamlakatimizda mehnat, xom-ashiyo, yoqilg’i, energetik resurlar etarli. Asosiy fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish, jamoat mulkiga omilkorlik bilan yondashish, ixtiyorimizda bo’lgan, insonninng qo’li va aql zakovati bilan bunyod etilgan narsalarning hammasidan moxirona to’la- to’kis va oqilona foydalanish iqtisoliy siyosatning o’zagi bo’lib bormoqda. Butun ishimizning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun ham xo’jalikni hamma tarmoqlarida fan texnikaning ilg’or darajasidan foydalanish zarur.
Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ularni mehnatga insonparvarlik munosabatida bo’lish ruhida tarbiyalash, texnik jihatdan asoslab berilgan.
Mehnat normalarini xo’jalik hisobini tejamkorlik va sifat rejalarini joriy etish belgilangan ish hajmining kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi tartiblarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa ehtiyojlarnii qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha.
Masalan eski texnologiya sharoitida 10 so’mlik mahsulot olish uchun bir kilovat elektr energiya sarf qilinsa, ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kilovat sarflanadi demak, energoresurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi.
Sanoatdagi ilg’or tajriba ilmiy ma’lumotlarning kengayishi chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi butunlay yangi bosqichi uchun shart sharoitlar mavjudliginii ko’rsatadi. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlashtirish sohasida ISO ning faoliyati - bu tashkiliy metodik ta’minotdir. 1985 yilgacha bu masala bo’yicha sertifikatlashtirish Qo’mitasi (SERTIKO) shug’ullandi. 1985 yillarda esa uning faoliyati kengytirilishi bilan bu ko’mita sifat va sertifikatlashtirish (KASKO) deb qayta nomlandi. SERTIKO ishining yakuni MESK, Xalqaro savdo markazi, BMT konfrenstiyasi bilan hamkorlikda savdo va rivojlantirilish (YuNKIAD) hamda Sertifikatlashtirish maxsus tadqiqotlari materiallarining GAT-VTO si bo’ladi.
Shu asosida xalqaro savdoda sertifikatlashtirishning roli kengayib ketdi. ISO tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqariladigan tovarlarni sertifikatlashtirish bo’yicha yagona tashkiliy-metodik xujjat sertifikatlashtirish jarayonini garmonizasiyalashtirishdir. Bu o’z o’rnida alohida milliy qonunchilik holatlari farqlariga qaramasdan sertifikatlashtirish natijalarini ikkala tomon uchun ma’qul deb tan olish imkoniyatini oshiradi. ISO shu bilan birga sertifikatllashtirish mavjud bo’lmagan bazi mamllakatlarda sertifikasiyalashtirish tizimini o’tkazishning uslubiy rejasini ishlab chiqdi .
KASKO ichida 50 atrofida mamlakat ishtrok etadi. Qo’mitaning asosiy faoliyat yo’nalishi quydagicha:

  • alohda mamlakatlar talabiga mos keluvchi sifat ta’minoti tizimini va ishlab chiqarishga javob beruvchi mahsulotni o’rganish;

  • boshqaruvni tadqiqotlar inpekstion nazorat va xizmatlar, jarayonlar, ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo’yicha tayyorlashi va sifat ta’minoti tizimi va sertifikatlashtirish tadqiqot labaratoriya bahosi va faoliyati bo’yicha tayyorlash;

  • sifat taminot tizimining miliy va hududiy ikki tomonlama maqul qabul qilinishiga ta’sir etishi, shuningdek xalkaro standartlarni tadqiqotlarga, nazoratga, sertifikatlashtirishga, sifat tizimi va boshqalarga tadbiq etish.




      1. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlashtirish soxasida ISO ning faoliyati

1987 yil ISO 9000 standartlari seriyalarini nashr qildi. 1994 yilda to’ldirilgan nashrning yangisi chiqdi. Bunda standartlarning qanchalik ahaimyatli ekanligi haqida gapirilardi. Sertifikatlashtirish sohasida MEK bilan hamkorlik qildi. Sertifikatlashtirish asosiy rahbariyat «uchinchi mamlakat ishlab chiqarish sertifikatlashtirish tizimining umumlashtirish aqidalari» da takidlanganidek ISO-MEK rahbariyati hisoblanadi. Ular o’zida milliy sertifikatlashtirish tizimlarini yaratish bo’yicha tavsiyalarini mujassamlashtiradi. Bu xujjatlarning rivojanishi natijasida rahbariyatga asosiy xulosalar qilindi. Unda sertifikatlashtirish va nazorat organlari, shuningdek tadqiqot labaratoriyalariga umumlashtirilgan talablar kiritiladi. Labaratoriyaga qo’yiladigan talablardan biri tizimning ish sifatini ta’minlashdir. Labaratoriyadagi shaxs uchun bu tizimni tashkil etadigan shakl kiritilgan va u quydagilarni o’z ichiga oladi:


-labaratoriya ning tashkiliy sxemasi;
-labaratoriya tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va bo’limlar burchlarining funksional ro’yxati;
-ish sifatini ta’minlovchi umumumiy mashg’ulotlar har bir tur tadqiqotlarning sifat ta’minoti choralari;

    • standartlar, qo’llanmalar, ishlab chiqarish metodikalari, instrukstiyalar va boshqalarning bo’lishi;

    • mizozlardan axborot olishni tashkil etish;

-reklamalarning ko’rib chiqilishi tartibi xaqida xujjat;
-jixozlarni tekshirishning umumiy dasturlari;
-jixozlarning har bir turining instrukstiyalari;
-namunalar identifikasttiya qoidalari;
-ruyhatga olingan tadqiqot protokollarining kerakli usularini bo’lishi.

ISO-MEK tadqiqotlar labaratoriyasi (ILAK) akkreditlanish bo’yicha xalqaro konfrenstiyalar buyurtmasi bilan rahbariyat "labaratoriyalarining malaka oshirish tadqiqotlari" ishlab chiqildi bu ko’p mamlakatlarning tadqiqot labarotiriya ishlari darajasini baholash, texnik kompetentlik va faoliyat sohasini labaratoriyalarning akkreditlanishi, tadqiqot usularning samarasini baholash va boshqa masalalarni echishda katta rol o’ynaydi.



Yüklə 400,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin