Mavzu: Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi
Tayyorladi: Saidova Ozoda Guruh: 301 MT-2OT
Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi
Reja: Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati
Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanishning zaruriyati
Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati
0‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi.
Tayanch so‘z va iboralar:STEAM, STEM, science, technology, engineering, art, math, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika, robototexnika.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining predmeti, maqsadiva vazifalari Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad:
talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual jihatdan tarbiyalashda turli faoliyatlari mazmunini integratsiya qilishga o‘rgatish;
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llashning me’yoriy - uslubiy asoslarini o‘rgatish;
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llash bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
integratsion mashg‘ulotlarni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM ta’lim texnologiyasini amaliy qo‘llash usullari haqida bilim va ma’lumotlar berish.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim
texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi.