Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixologiya fakultiteti pp302-guruh talabalari 2021-yilda o’tgazgan amaliyoti


Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo`lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/4
tarix07.11.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#67791
1   2   3   4
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi

Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo`lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon.

  • Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni yaxshi farqlay oladilar, so‘z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo‘ladi.
  • Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta'limning qaysi metodlari ustunligiga, uni o‘rab turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik «boyligiga» bog‘liq. Materialning sezgi organlariga ta'sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rish, eshitish, ushlab ko‘rib bilish, hid bilish, ta'm bilish xotiralari ajratiladi. Materialni esda saqlab qolish va uni qayta esga tushirishga bog‘liq ravishda harakat, mexanik, obraz (assotsiativ), mantiqiy, hissiy xotiralarga ajratiladi. Ma'lumotni saqlashning uzoqligiga bog‘liq ravishda qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli xotiralar ajratiladi. Ma'lumotni esda olib qolish, inson tomonidan biror maqsad qo‘yilmasdan ixtiyorsiz, o‘rganilayotgan materialni esda saqlab qolish uchun maqsad qo‘yilganda ixtiyoriy esda olib qolinadi. Umumiy xotira olingan materialni esda saqlab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat jarayon bo‘lib, bu tarkibiy qismlarni doimo rivojlantirishni talab etadi.

Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.

  • Xayolni diagnostika qilish metodlari
  • Bola xayolini baholashda turli xil ijodiy ishlar: rasm chizish, hikoya tuzish, buYumlarni yasash bilan bog‘liq jarayonlarda fantaziyaning namoyon bo‘lishiga e’tibor beriladi.
  • «Nutqiy fantaziya» metodikasi
  • Bolaga biror jonli mavjudot (odam hayvonlar) haqida ( bolaning xohishiga ko‘ra) hikoya tuzish va uni so‘zlab berish topshirig‘i beriladi. Buning uchun bolaga 5 daqiqa vaqt ajratilib, shundan 1 daqiqasi hikoya ertakni o‘ylab olishi uchun beriladi.
  • Bola hikoyani so‘zlab berish jarayonida, uning fantaziyasi qay darajadaligini bilish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi.
  • 1. Xayol jarayonining tezligi.
  • 2. Obrazlarning o‘ziga xosligi, originalligi.
  • 3. Fantaziya (tasavvur)ning boyligi.
  • 4. Obrazlarning chuqur ishlanganligi.
  • 5. Obrazlarning hissiy - ta’sirchanligi.
  • Yuqoridagi belgilarning hikoyada aks etganligiga qarab, har biri 0 balldan 2 ballgacha baholanad “Nutqiy fantaziya” metodikasi uchun bayonnoma

Bola hikoyani so‘zlab berayotganida, tadqiqotchi Yuqoridagi jadvalga, hikoyada mezondagi belgilarning namoyon bo‘lishiga qarab, mos ballar bilan belgilab boradi.

  • Bola hikoyani so‘zlab berayotganida, tadqiqotchi Yuqoridagi jadvalga, hikoyada mezondagi belgilarning namoyon bo‘lishiga qarab, mos ballar bilan belgilab boradi.
  • Rivojlanish darajasi haqida xulosalar.
  • 10 - ball – juda Yuqori
  • 8-9 ball – Yuqori
  • 4-7 ball – o‘rtacha
  • 2-3 – quyi
  • 0-1 ball – juda past

E'tiboringiz Uchun

Rahmat


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin