2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari.
3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari.
4.Xotira psixodiagnostikasi.
5.Xayolni diagnostika qilish metodlari.
Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo`ladi.
Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo`ladi.
Diqqat - ongimizning muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob`ektdan ikkinchi ob`ektga
ko`chirish.
P'eron- Ruzer metodikasi Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova).
Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval).