Toshkent davlat pedagogika universiteti


BOSHLANG`ICH SINFLARNI RASM ASOSISA MATN YARATISHGA O`RGATISH BO`YICHA NA’MUNAVIY DARS ISHLANMA TUZISH



Yüklə 58,37 Kb.
səhifə4/4
tarix29.03.2023
ölçüsü58,37 Kb.
#91084
1   2   3   4
Yuldosheva S ona tili

BOSHLANG`ICH SINFLARNI RASM ASOSISA MATN YARATISHGA O`RGATISH BO`YICHA NA’MUNAVIY DARS ISHLANMA TUZISH.

Mavzu: Adabiy va adabiy – ijodiy mavzulardagi insholar
Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o`quvchilarga insho, uning turlari, adabiy, adabiy-ijodiy mavzuinsholar haqida bilim berish;

  2. tarbiyaviy: o`quvchilarni ona tilini saqlash va hurmat qilish ruhida tarbiyalash;

  3. rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mustaqil fikrlash va mushohada yuritish, qoidalar asosida xulosa chiqarishga o`rgatish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning usuli: guruhlarda ishlash, “Rasmni to`ldir” usuli, testlar, grammatik mashqlar. Kutilayotgan natija: malaka hosil qiladi, qoidalarni amaliyotda qo`llay oladi.
Darsning jihozi: kartochkalar, ko`rgazmalar, testlar, tarqatmalar, darslik, 8-sinf ona tili darsligi.
Tashkiliy qism:
Sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, o`quv xonasining tozaligi ko`zdan kechiriladi. Davomat tekshiriladi, o`quvchilarning soniga qarab, ular ikki guruhga ajratiladi.
Ma’naviy daqiqa.
O`tilgan darsning o`zlashtirilganligini tekshirish:

  1. Savollarga javob: O`quvchilar ramziy “Zakovat qutisi”dan o`tilgan mavzu yuzasidan savollar olishib, ularga javob beradilar.

Tarqatmalar bilan ishlash: ikkala guruhga quyidagi kabi tarqatmalar tarqatiladi: 1.“Alpomish” dostoniga reja tuzing.
2.“Ravshan” dostoniga reja tuzing.
Yangi mavzu bayoni:
Yangi dars mavzusi va rejasi sinf taxtasiga yoziladi.
O`qituvchi o`quvchilarga aqliy hujum boshlaydi:
Sizga birinchi sinfdan tanish bo`lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o`xshaydi. Lekin ularni haqiqiy insho deb bo`lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o`quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo`ladi. Insho nima?
O`quvchilar: - muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi.
Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o`quvchi o`z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta eэtibor beriladi. Bu insho turining adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda.

XULOSA
Insho – ijodiy ish: o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o`ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so`z, so`z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o`zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o`quvchidan aqliy kuchini to`la ishga solish bilan birga o`z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko`nikmasini ham talab etadi. Bu murakkab jarayonlarni amalga oshirish uchun o`quvchilarda insho yozish malakalarini takomillashtirish lozim bo`ladi. Biz bu borada birinchi bobda insho mavzusining ilmiy-metodologik adabiyotlarda yoritilishi hamda DTS da yozma nutqqa qo`yiladigan talablarni o`rgandik. Shu talablar asosida o`quvchilarning hozirgi kundagi insho yozish bilim, ko`nikma va malakalarining holatini aniqlash , o`qituvchilar orqali o`quvchilarning insho bo`yicha bilimi qanday ekanligini bilib olish mumkin va o`quvchilarning insho yozish malakalarining hozirgi holati o`rta darajada ekanligi aniqlandi. O`quvchilarning yozma nutqini shakllantirish, buning uchun o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, bog‘lanishli nutq tuzish, shu orqali o`quvchilarni og‘zaki va yozma insho yozishga tayyorlash ko`zda tutildi. Bu ikki jarayon bosqichma-bosqich tarzda amalga oshiriladi.Inshoning turlari ham har xil.O`quvchilarga tabiat manzaralari orqali,rasmlar orqali ham insho yozdirsa bo`ladi.Hikoyaning matnini o`qib berib yoki ularga shu hikoyani o`zini berib emas,balki o`sha hikoyaning rasmlari orqali ham bolalarda tasavvur uyg’otish mumkin.Rang-barang rasmlar orqali bolada qiziqishni uyg’otish,uni fikrlashga undash,dunyoqarashini kengaytirish mumkin.Hr bir o`quvchi o`z xayollari,tasavvurlari orqali rasmda nima tasvirlanganiga e’tibor qaratadi.Ulardan og’zaki rasmga qarab hikoyacha tuzishni hamso`rash mumkin va savollar orqali shu hikoyani bir butun qilib jamlanadi.Rasmlar bilan ishlashda o`quvchilarda diqqatni jamlash qobiliyati,xotira rivojlanadi.Odob-axloq mavzusidagi rasmlar ongli,aqlli,odobli bo`lib shakllanishida yordam beradi.Diqqat bilan rasmni kuzatganda o`sha rasmning barcha sir-asrorlarini o`rganishga imkon beradi va rasmning qaysidir jihatlarini yoritib beradi.Ona tili darslarida o`quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etiladigan insholar qancha ko`p yozdirilsa,adabiyot va o`qish darslarida uyushtiriladigan insholarda fikr izchilligi,uslub ravonligi,xulosalarning mustaqilligi va asosliligi,shaxsiy munosabatning mavjudligi,ishining o`qishliligini ta’minlashda shuncha muvaffaqiyatga erishish mumkin.Bu kabi insholarni baholashda talablarning mavjudlik darajasidan kelib chiqib ish tutiladi.Ularning deyarli barchasi aks etgan ishlarga “5”; nisbatan kamroq talablar amalga oshirilgan ishlarga “4”; deyarli qamrab olinmagan insholarga esa “3”; baho qo`yiladi.Lekin zinhor-bazinhor yomon baho qo`yilmaydi-baholash masalasi ochiq qoldiriladi.


Shunday qilib,insho yozish zamonaviy maktabning dolzarb muammolaridan biridir va bu ko`nikma o`quvchi kelajakda qaysi soha-xoh fan,xoh texnika yoki san’at bo`lsin,madaniyatli shaxs,ma’naviyati sog’lom mutaxassis sifatida shakllanishi garovidir.

FOYDALANILDAN ADABIYOTLAR:


1.K.Qosimova,S. Matjonov , X. G’ulomova , Sh.Yo`ldosheva ,Sh. Sariyev . “Ona tili o`qitish metodikasi”-Toshkent, “Nosir” nashriyoti, 2009
2.Q.Husanboyeva,M.Hazratqulov,Sh.Jamoldinova. “Boshlang’ich sinflarda adabiyot o`qitish metodikasi” Toshkent.”Innovatsiya-Ziyo”- 2020
3.O.Roziqov,M.Mahmudov va boshqalar. “Ona tili didaktikasi”-Toshkent; “Yangi asr avlodi”,2005
4.N.Karimova. “Boshlang’ish sinflarda insho yozishga o`rgatish usullari”-maqola.
5.Internet ma’lumotlari:
hozir.org
arxiv.uz
baxtiyor.uz
fayllar.org


Yüklə 58,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin