Toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurs ishining predmeti va ob’ekti



Yüklə 58,37 Kb.
səhifə2/4
tarix29.03.2023
ölçüsü58,37 Kb.
#91084
1   2   3   4
Yuldosheva S ona tili

Kurs ishining predmeti va ob’ekti sifatida boshlangʻich sinflarni rasm asosida matn tuzishga o`rgatish usullarini tanlab oldik, predmetini — sifatida boshlangʻich sinflarni rasm asosida matn tuzishga o`rgatish usullarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o`rgatish, shuning barobarida o`quvchilarni oʻqish darslariga bo`lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat deb belgiladik.
Kurs ishining amaliy ahamiyati .Boshlangʻich ta‘lim bo`yicha tavsiyalar, boshlangʻich sinf o`quvchilariga so`z yasalishini o`rgatish usullariga oid ilmiy- nazariy ma‘ruzalar tayyorlashda, ish tajribalarida ommalashtirishda xizmat qiladi.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 3 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


  1. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISHNING O`RNI VA AHAMIYATI.

Boshlang’ich sinflarda ona tili ta‟limini o`rganishdan asosiy maqsad grammatik va kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish, mustaqil, erkin va ijodiy fikrlay oladigan, qiroat va chiroyli so`zlash san’atidan xabardor bo`lgan, yozma va og’zaki nutq hamda matn yaratish ko`nikmalarini mukammal egallagan, ma‟naviyati yuksak barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. Umumiy o`rta ta‟lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ona tili ta’limining asosiy maqsadi o`quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo`naltirish, fikr mahsulini to`g’ri, ravon, o`rinli ifodalashga o`rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri – matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o`quv amaliyotiga izchil joriy etish, o`quvchini muammoli o`quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo`naltirish, o`quvchi lug’at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so`zning lug’aviy ma‟nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og’zaki nutq va matn yaratish)da so`zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o`quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko`nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Boshlang’ich sinfda matn yaratishning asosiy maqsadi – matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o`rganiladi, o`quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o`z yechimini topadi. Boshlang’ich sinlarda ona tilining yangi – yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o`quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e’tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Turli til xodisalari (so`z va iboralarni) ma’nosini to`liq anglash va uni xususiy nutqda qo`llashga intilish – ulardan nutqiy vaziyatga mosini tanlash o`z fikrini ixcham, aniq va ravon ifodalash malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. “Ona tili ta‟limi mazmuni” o`quv-metodik qo`llanmasi mualliflari H.Ne‟matov, A.G’ulomovlar o`quvchilarni ijodiy yozma ish – matn ustida ishlashga o`rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko`nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qiladilar.1 Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn – hamma elementlari o`zaro zich aloqada bo`lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo`naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma» degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo`lib, u fikran va sintaktik jihatdan o`zaro bog`liq bo`lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to`liq bo`ladi”. Ta‟limning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili ta‟limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. Boshlang’ich sinf o`quvchisi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – ona tili ta‟limi mazmuni, o`quv jarayoni va uning to`g’ri shakllantirilishiga bog’liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo`lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a‟zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo`ladi. Ruhiy hodisa bo`lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o`tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg’unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me‟yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat. Tilda har bir unsurning o`z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar o`lgan, so`z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go`zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o`ynaydi. Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir. Shu bois, boshlang’ich ta‟lim davri o`quv-tarbiya jarayonidagi eng mas'uliyatli davrdir. Bu paytda o`quvchining savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Boshlang’ich sinf o`quvchilarning intellektual salohiyati, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlari, tafakkurini rivojlantirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishlari, amaliy ko`nikma va malakalarini hosil etishga matn yaratishning o`rni beqiyosdir.



  1. Yüklə 58,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin