Toshkent davlat pedagogika universiteti


Xulosa………………………………………………….…………………………36



Yüklə 467,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix31.05.2022
ölçüsü467,04 Kb.
#60225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta\'lim menejmenti o\'qitishda og\'zaki metodlardan foydalanish (2)

Xulosa………………………………………………….…………………………36 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………37 
 
 
 



KIRISH 
Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda boshqa sohalar qatorida ta’lim 
sohasida islohatlar olib borilmoqda shu o’rinda Maktab menejmenti sohasida ham 
bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan respublikamizning qatop oliy ta’im 
muassalari qatorida 
Chirchiq davlat pedagogika institutida 2019-2020 o’quv yilida 5611700-
Maktab menejmenti ta’lim yo’nalishi ochilib 50 dan ortiq talaba qabul qilingan 
bo’lsa 2020- 2021 o’quv yilida 60 dan ortiq talaba qabul qilindi, xozirgi kunda 
rivojlangan davlatlarning ta’limi tizimidan andoza oladigan bo’lsak bugungi 
kunning talabi avvalom bor ta’limni to’g’ri tashkil etish yuritish hisoblanadi, shu 
sabab Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan ushbu ta’lim yo’nalishini 
kelajakda rivojlantirish hamda qo’shimcha kasb egasi sifatida diplomlar berish 
ishlari yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda.
Bularning hammasi jahondagi ta’limi rivojlangan davlatlar qatorida kirish, 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek ta’lim muassasalari faoliyatini 
tubdan yaxshilash, eng ilg’or xorijiy tajribani o’rganish, har jihatdan zamonaviy 
tizim yaratish bugungi kunning talabi, ta’limni rivojlantirmasdan hech bir sohani 
rivojlantirib bo’lmaydi degan fikrlari negizida qanchalik chuqur ma’no kasb etishi 
bizga ma’lum, shu nuqtai nazardan eng avvalo ta’lim sohasini, ta’lim sohasida 
boshqaruvni rivijlantirish, boshqarish va nazorat qilish orqali natijaga erishish 
mumkinligini inobatga olib ta’lim menejmentiga alohida e’tibor berilmoqda.
Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar 
tashlasak qadim tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida 
rivojlana boshladi.
“Management“ inglizcha so’zdan olinga bo’lib o’zbek tilida boshqaruvni 
tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy rejada menejment 
boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik 
qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini 
tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.



Amerika Qo’shma Shtatlarda 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv 
maktablari evolyutsiyasi boshlangan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik 
mamlakatda ulkan mehnat bozori paydo bo’ldi.
Ta’limning mavjudligi ko’plab aqlli odamlarga fazilatlarini namoyon etishga 
yordam berdi. Rahbarlikning yangi usullari talab qilindi. 1911 yilda Frederik 
Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan - etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun 
asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga bo’lgan munosabatini 
o’zgartirishi mumkinligini isbotladi.
Menejmentda ma’naviy rag’batlantirishdan foydalanishni maslahat berdi
masalan, xodimning hamkasblari bilan aloqasi. U rahbarlarni jamoaviy 
munosabatlarga e’tibor berishga chaqirdi va maktab menejmentning ajralib 
chiqishiga hissa qo’shdi uning fikricha alohida kasb va ikkita yo’nalishga ega. 
Birinchisi, korxonalarni boshqarish muammolarini o’rganish va zamonaviy 
boshqaruv tushunchalarini ishlab chiqish.
Ikkinchisi - menejerlarning lavozim vazifalari va funktsiyalarini o’rganish. Har 
qanday rahbar ma’lum ya’niy quydagi funktsiyalarni bajarishga chaqiriladi: 
• korxona uchun maqsadlarni belgilash va rivojlanish yo’llarini tanlash;
• ishlarni tasniflash, taqsimlash, tashkiliy tuzilmani yaratish, kadrlarni tanlash 
va joylashtirish va boshqalar;
• xodimlarni rag’batlantirish va muvofiqlashtirish, menejerlar va jamoa 
o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan nazorat;
me’yorlash, korxona ishini va unda 
ishlaydigan barcha ishchilarni tahlil qilish;
• ish natijalariga qarab motivatsiya. Shunday qilib, zamonaviy menejerning 
faoliyati murakkablashadi.
Menejer turli sohalar bo’yicha bilimlarga ega bolishi va amalda tasdiqlangan 
usullarni qo’llashi kerak. Maktab yirik sanoat ishlab chiqarishida hamma joyda 
paydo bo’ladigan bir qator muhim boshqaruv muammolarini hal qildi. Menejmentda 
eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan ishlashdir.



Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv 
ma’nosini bildira turib, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq 
qiladi. Bu farqlar quyidagicha:
Birinchi farq - bu bozor iqtisodiga taalluqli bo’lib, ma’muriy buyruqbozlik 
xo’jalikni reja asosida olib borish tizimi emasdir.
Ikkinchi farq - birinchi farqdan kelib chiqadiki, ya’ni taraqqiy topgan 
davlatlarda menejment iqtisodiy boshqaruv usuli hisoblanadi. Uchinchi farq - 
menejmentni sotsialistik tizim boshqaruvidan farqini oxirgi to’rtta tavsifni 
birlashtirish asosida aniqlash mumkin. Uni “menejment - bu samarali boshqaruv fani 
va san’ati”dir deyish mumkin.
Bunday boshqaruv bu kabi mehnat bilan shug’ullanuvchilarning yuqori 
malakasi, ya’ni menejerlar hisobiga, ularning bilimdonligi, faol ijodiy ishi, 
tashabbuskorligi, fikr yuritishining egiluvchanligi, taktik va strategik masalalarni 
echishdagi qobiliyati, odamlar bilan bevosita ishlay olishi hisobiga amalga oshadi. 
Oksford izohli lug’atida menejment tavsifi quyidagi oddiy so’z bilan ifodalangan. 
Unda “Menejment - bu ma’muriy ishni bajarishdagi alohida qobiliyat va 
bilimdonlikdir”, - deyilgan. Hozirgi davrda menejment - boshqaruviga qo’yiladigan 
turli talablarni, ya’ni ish usuliga, ishni olib bora olish qobiliyatiga, odamlar 
harakatini birgalikdagi faoliyatda to’g’ri yo’naltirish san’ati va fanga qo’yiladigan 
talablarni qattiq ma’muriy talabsiz belgilangan maqsadning bajarilishini o’zida aks 
ettiradi.
Yuqoridagi sifatlarga qo’shimcha qilib, hozirgi zamon menejmenti taraqqiy 
topgan davlatlardagi 2 ta tavsifini ham keltirish o’rinlidir: 
1-Menejerlik korpusining faoliyatini iste’molchi talabiga mos keladigan 
yuqori sifatli mahsulot olishga yo’naltirilganligi (menejmentda marketing 
yondashuvi).
2-Menejer ishini tashkilot jamoa a’zolarining faravonligini oshirishga 
yo’naltirilganligi (boshqaruv faoliyatini insonparvarligi). Pirovard natijada 
“Menejment” termini yana bitta, aniqrog’i ikkita keng tarqalgan ma’noga ega. U 
ko’proq to’plash ma’nosida, barcha tashkilot menejerlar jamoasini yoki oliy 



menejerlar korpusini belgilashda ishlatiladi. Bu kabi ma’nolarda “Menejer” so’zi 
odatda 2 xil faoliyatni: boshqaruvchilar (menejerlar) va ishlab chiqaruvchilar 
(ishchilar) orasida ma’lum qarama-qarshilik ko’zda tutilganda qo’llaniladi. 
Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti 
orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga 
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat. 
Fanni o’qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg’otish, 
amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdan iborat.
Chunki hozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida 
boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o’rta, katta jamoalarning rahbarlari, 
korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli 
tomonlarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan 
mutaxassislar bo’lib etishadilar. Boshqa tomondan boshqaruv ko’p hollarda 
rahbarning qobiliyatiga, uning odamlar bilan ishlay olishiga, shaxsiy tashabbusiga, 
fahm-farosatiga bog’liqdir. Bularning barchasini boshqaruvda ishlata olish - bu 
san’atdir. Boshqaruv san’ati - bu menejerning, rahbarning qobiliyati, ustamonligi, 
ijodiyotidir. Shunday qilib har qanday ijodiy faoliyat sifatida menejment o’zida fan 
va san’at elementlarini jamul-jam qilgan. 
1
Tа’lim mеtоdlаri tаrkibаn o’qitish mеtоdlаri vа o’qish mеtоdlаridаn ibоrаt. 
O’qituvchi bilimlаrni оg’zаki bаyon etsа, bоlаlаr uni tinglаydi; o’qituvchi mustаqil 
ish tоpshirsа, o’quvchilаr bаjаrishаdi. Bilimlаrni оg’zаki bаyon etish, mustаqil 
ishlаsh kаbilаr o’qitish mеtоdlаri bo’lib, ulаr vоsitаsidа didаktik vаzifаlаr (bilimlаrni 
o’rgаnish, mustаhkаmlаsh, tаkrоrlаsh vа sh.k) hаl etilаdi. Binоbаrin, o’qituvchi 
ijtimоiy tаjribаni yoshlаrgа o’rgаtish ehtiyojidаn kеlib chiqib, o’z fаоliyatini bоlаlаr 
fаоliyatigа muvоfiqlаshtirаdi. O’qituvchi tushuntirishlаrini tinglаsh, tоpshiriqlаrni 
bаjаrish kаbilаr o’qish mеtоdlаri bo’lib, ulаr vоsitаsidа nаzаriy bilimlаrni o’rgаnish, 
bilimlаrni tаtbiq etish kаbi intеlеktuаl, аmаliy tоpshiriqlаr yеchilаdi. Bulаrdаn 
1
Пергудов Л.В., Саидов М.Х. Менежмент экономика вищего образования. - T.: Молия, 2001. 



ko’rinаdiki, o’qitish vа o’qish mеtоdlаri o’zаrо muvоfiqlаshib, tа’lim mеtоdlаrining 
shаkllаnishigа оlib kеlаdi. 
Оg’zаki bаyon mеtоdlаri. Hikоya, tаsvir, suhbаt, mа’ruzа tа’limning bilimlаrni 
оg’zаki bаеn qilish mеtоdlаri sаnаlаdi.
Rivojlanib borayotgan davrda yoshlarning iqtidorini tezroq aniqlash va 
individual ta`limni rivojlantirish hamda yanada yaxshiroq natijalarga erishish 
uchun ta’lim jarayonida og’zaki metodlardan foydalanishning noan’anaviy 
usullaririni ta’lim menejmentida qo’llash kurs ishimizning dolzarbligi hisoblanadi. 

Yüklə 467,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin