Ta'lim muassasasini boshqarish tamoyillari
28
olish sifati hosil bo`ladi. To`rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit
bilan chambarchas bog`liqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga
moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o`zining maqsadlariga
erishish uchun tashqi muhitni o`ziga bo`ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va
yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o`rtasidagi o`zaro harakat va aloqani
ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning
markazlashtirilgan
va
markazlashtirilmagan
holatlarining ratsional uyg`unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq
bo`lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o`qituvchilar va
o`quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va
o`qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa,
pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko`zga tashlanadi.
Ta’lim
muassasasi
ichidagi
boshqaruvda
markazlashtirish
va
markazlashtirmaslikni uyg`unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi
rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi
darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili
pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo`l qo`ymaslikka qaratilgan.
Boshqarish faoliyatida o`quvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli
qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o`ta muhimdir. Vazifalarni
kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo`qqa chiqarmaydi.
O`z navbatida yakkahokimlikning o`ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik
pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni
ta’minlaydi.
18
Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma’qul bo`lsa, qarorning ijrosini
ta’minlashda yakkahokimlikka bo`ysunish ma’quldir.
18
Герчикова И.Н. Менежмент: Учебник. – 4-йе изд., перераб. и доп. – M.: Йунити-Дана, 2009.
29
Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni
amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to`liqligi. Ta’lim
tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to`liqligiga
ham bog`liq. Agar axborotlar aniq, to`liq yig`ilsa yoki haddan ziyod ko`p bo`lsa,
qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Biz ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarning o`zlashtirishi haqidagi
ma’lumotlarni yig`amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi
yo`nalishiga e’tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko`plab
og`ishlar kuzatiladi.
Ta’lim muassasasining rahbari o`zining faoliyatida menejer vazifasini ham
bajaradi. Shuning uchun u o`z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instuktiv va metodik
materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim muassasasi ma’muriyati maktab
ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga
tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta’lim muassasasi
faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta’lim
muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir (38-chizma).
Axborotlar jamg`armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv
ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.
19
Ta’lim tizimi boshqaruvining o`ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko`rinadi:
1. Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
2. Maqsad qo`yish va rejalashtirish.
3. Tashkil qilish.
4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
5. Tartibga solish.
19
Веснин В.Р. Менежмент в схемах и опредалинах. Учебное пособие. –M.: Проспект, 2009. – 120 с.
30
Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan,
avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib
bo`lmaydi.
Ta’lim
muassasasini boshqarish samaradorligi
rahbarning
ham,
o`qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog`liq. Agar
o`z vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon to`g`ri tahlil qilinmasa, jamoa
orasida o`zaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda
pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:
1) kundalik tahlil;
2) tizimli tahlil;
3) yakuniy tahlil.
Kundalik tahlil o`quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni
ma’lumot yig`ib, undagi kamchiliklarning sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik
tahlil natijasida pedagogik jarayonga o`zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi.
Kundalik tahlilning predmetiga o`quvchilarning har kungi o`zlashtirish va
intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari
darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya
qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg`ulotlar tizimini o`rganishga
qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta’lim metodlarini to`g`ri uyg`unlashtirish,
o`quvchilar
tomonidan
bilimlarning
puxta
o`zlashtirilishiga
erishish,
o`qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik
madaniyatini ko`tarish hamda ta’lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil
qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta’minlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil o`quv choragi, yarim yillik va o`quv yili yakunida amalga
oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yo`llarini o`rganishga qaratiladi.
Yakuniy tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq
nazorat yakunlari, o`quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo`yish va
rejalashtirishdan iborat.
31
Boshqaruv faoliyatining maqsadi – ishning umumiy yo`nalishi, mazmuni,
shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad – rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy
maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo`shimcha maqsad qo`yiladi.
Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan
dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma’lum bir
muddat davridagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib
bo`lgandan so`ng qabul qilinishi mumkin.
Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta
asosiy shakli qo`llaniladi:
1) muddatli (perspektiv);
2) yillik;
3) yakuniy.
Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so`nggi yillarda ta’lim muassasasida
amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo`ljallab
qabul qilinadi.
20
Ta’lim muassasasida qabul qilinishi mumkin bo`lgan muddatli reja quyidagi
ko`rinishda bo`lishi mumkin:
1.
Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo`yilgan
vazifalar.
2.
Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o`quvchilarning yillik
o`zlashtirish darajasi muddatlari.
3.
Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish
muddatlari.
4.
Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo`yilgan talablar.
5.
Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar,
treninglar) orqali oshirish.
20
USАRОV J. E. INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY VA KONTSEPTUAL MАSАLАLАRI //INTEGRATION OF SCIENCE,
EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. – 2021. – Т. 1. – №. 02. – С. 37-46.
32
6.
Ta’lim muassasasini texnika hamda o`quv-metodik (qurilish ishlari,
axborotlashtirish, ko`rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish)
ko`lamini rivojlantirish.
7.
O`qituvchi va o`quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun o`quv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik
rejalashtirish o`quv yili davomida amalga oshiriladi va ta’lim jarayonini tashkil
etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi.
Yakuniy rejalashtirish o`quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning
aniqlashgan ko`rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday
aniqlashgan ko`rinishlari o`qituvchilar, o`quvchilar va ota-onalar qo`mitasining
faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o`qituvchilar va sinf
rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman
olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to`la amalga oshirilishi
ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
Qabul qilingan rejalarni to`liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning
boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo`lishini tashkil
etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma’nolarda qo`llaniladi.
Birinchidan, baho sifatida aliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan
tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta’minlaydigan o`quv-tarbiya jarayonining
maqsadida namoyon bo`ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi,
oldinga qo`yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni
boshqaruvchi ta’lim muassasasi rahbarlari, o`qituvchilar, o`quvchilarning o`z-o`zini
boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta’lim muassasasining
kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor
o`rinbosarlarining majlisi, tezkor yig`ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish
mumkin.
21
21
Даналин В.И. Финансовий менежмент: задачи, тесты, ситуатсии. Учобное пособие. – M.: Проспект, 2009. –
360 с.
33
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga
asoslanib olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar, savol-javoblar, nazorat
ishlar, tanlov ishlari ko`riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig`ilishlarida
ta’lim muassasasi hayoti va faoliyatiga doir dolzarb masallar hal qilinadi. Shuning
uchun pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish
uchun ta’lim muassasalardan direktor yig`inlari tashkil etiladi. Direktor
yig`ilishlarida rahbariyat va o`qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi
xodimlar ham qatnashishlari mumkin.
Ta’lim muassasasi o`rinbosarlarining yig`ilishlarida kundalik savollar va
ma’muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta’lim
muassasasi rejasi bo`yicha o`quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo`lib
o`tadi.
Tezkor axboriy majlislar ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil
etishning zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud
sharoitlardan kelib chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o`uvchilarning
barchasi uchun tashkil qilinadi.
Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o`rin tutadi.
Nazoratni tashkil etishda yetishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha
talablarni bilish zarur. Bunday talablarga tizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik,
to`ldiruvchilik kabilarni ko`rsatish mumkin.
Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini
turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo`lib qolmoqda. Shunga
qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko`rsatiladi:
Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o`rganishda ta’lim muassasasi
jamoasi, o`quvchilar guruhi yoki alohida o`qituvchining pedagogik faoliyati tizimi,
ta’lim muassasasidagi ta’lim darajasi, shuningdek, o`quvchilarning ekologik va
estetik tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida
o`qituvchi faoliyatini o`rganishga qaratiladi.
34
Alohida nazorat biror bir o`qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining
tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari
jarayonida shakllanishiga ta’sir etuvchi o`ziga xos omillar e’tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta’lim
muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo`llaniladi.
Mavzuli nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o`qituvchilari va
sinflarning alohida o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o`rganishdan
iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o`quv fanlari bir yoki bir
nacha sinf (guruh)larda turli o`quvchilarning ishlarini o`rganishni tashkil etish
maqsadida amalga oshiriladi.
Tartibga solishning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil
qilishda ta’lim muassasasining oldiga qo`yilgan maqsad va rejalarini amalga
oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo`l qo`yilgan
holatlarni tuzatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |