Toshkent davlat pedagogika universiteti


Pedagogik Kengash – ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruv



Yüklə 467,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix31.05.2022
ölçüsü467,04 Kb.
#60225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ta\'lim menejmenti o\'qitishda og\'zaki metodlardan foydalanish (2)

Pedagogik Kengash – ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruv 
organi. Ta’lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, 
takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog`liq barcha tashkiliy masalalarni 
muvofiqlashtirish, 
o`qituvchi 
va 
tarbiyachilarning 
kasbiy 
mahorati 
va 
ijodkorliklarini o`stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik 
Kengash faoliyat ko`rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining 
yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
22
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

ta’lim muassasasi (umumiy o`rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-
hunar kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan 
o`tkaziladi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi; 
22
Пергудов Л.В., Саидов М.Х. Менежмент экономика вищегообразования. - T.: Молия, 2001. 


35 

ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni 
rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlarini belgilaydi; 

ta’lim muassasasida o`quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim 
samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan 
qarorlarni qabul qiladi; 

ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo`yicha yo`l-
yo`riqlarni ishlab chiqadi; 

pedagogik jamoaning ma’lum yo`nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va 
yakuniy xulosa chiqaradi; 

ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o`z vakolati doirasida 
me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat 
qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega: 

ta’lim muassasasini rivojlantirish yo`nalishlarini istiqbol rejasini 
belgilash; 

ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarining 
bajarilishini amalga oshirish; 

o`quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va 
taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish

o`quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama 
qilish, amaliyotga tatbiq etish; 

ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o`z vakolati 
doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish

pedagoglar 
malakasini 
oshirish 
tizimi, 
ularning 
ijodiy 
tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo`yicha o`z takliflarini berish; 

o`quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo`yicha qaror 
qabul qilishda qatnashish, uni o`tkazish shakli va vaqtini belgilash; 

ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko`chirish va 
bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo`yish bo`yicha qaror qabul qilish; 


36 

ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga 
doir masalalar bo`yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash; 

ta’lim maqsadiga muvofiq holda o`quvchilarni rag`batlantirish va 
jazolash bo`yicha masalalarni hal etish; 

chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish; 

pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga 
asosan amalga oshirishni talab qilish; 

ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko`rsatgan ta’lim muassasasi 
xodimlarini rag`batlantirishga tavsiya qilish; 

yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilarga o`rnatilgan 
tartibda hujjatlar berish to`g`risida qaror qabul qilish. 
Pedagogik Kengash yig`ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim 
muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati 
bir qator hujjatlarda o`z akini topadi: 
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo`lgan fanlar turkumlari 
bo`yicha Metodika birlashmalari
1
faoliyat ko`rsatadi. Metodika birlashmalarining 
maqsadi o`qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, 
o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo`yilgan hozirgi zamon talablarining
bajarilishini ta’minlash borasida o`zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni 
uyg`unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan 
iborat. 
1
«Умумий o`рта таълим мактаби фан Методик бирлашмалари тo`g`рисида»ги Низомдан. 

Yüklə 467,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin