Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 467,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix31.05.2022
ölçüsü467,04 Kb.
#60225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta\'lim menejmenti o\'qitishda og\'zaki metodlardan foydalanish (2)

Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini 
topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni 
amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy 
sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga 
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi tomonidan 
nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani o’quvchilar 
e’tiboriga havola etadi. Qayd etilganidek, ushbu metodlar o’quvchilarda amaliy 
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat 
jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
9
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko’nikmalarini 
egallash yo’lidagi ko’p marta takrorlanishlar bo’lib, mashqsiz ko’nikma hamda 
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og’zaki, yozma, gradikaviy 
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa 
turlarga bo’linadi. 
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko’nikma va 
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo’llaniladi. Diktant, 
insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham 
yozma mashqlar sirasiga kiradi. Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o’xshash 
jihatlarga ega bo’lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, 
matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko’lamda 
foydalaniladi. 
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda 
birmuncha yuqori bo’ladi: 

mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish; 

bajarish qoidasini bilish; 

vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi. 
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat: 

o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; 
9
Даналин В.И. Финансовий менежмент: задачи, тесты, ситуатсии.Учобное пособие. – M.: Проспект, 2009. – 
360 с. 


15 

topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi; 

o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan o’quv harakatining 
dastlabki bajarilishi; 

zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning ko’p 
bora takrorlanishi. 
Ayrim holatlarda o’quvchilar ovoz chiharib o’quv harakatlarini 
takrorlashlari va bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va 
bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko’nikma va malakalarni 
egallashga imkon beradi. 

Yüklə 467,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin