Toshkent davlat pedagogika universiteti


Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari



Yüklə 467,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix31.05.2022
ölçüsü467,04 Kb.
#60225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ta\'lim menejmenti o\'qitishda og\'zaki metodlardan foydalanish (2)

 
2.2.Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari
Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o`z vazifalarini bir qator 
tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini 
boshqarishda asos bo`lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan 
vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda 
belgilanishiga alohida urg`u berilgan. Mazkur o`rinda ta’lim muassasasini 


27 
boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz. 
Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy 
tamoyillari quyidagilardir:
17
Pedagogik 
tizimni 
boshqarishni 
demokratiyalash 
va 
insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga 
qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning 
barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida 
ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o`qituvchi va o`quvchilarga ta’lim 
muassasasi hayotiga oid o`z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida 
demokratik g`oyalarning ustuvor o`rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda 
bo`lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati 
darajasiga erishish, o`quvchi va o`qituvchining huquq va manfaatlarini himoya 
qilish, o`z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit 
yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi. 
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga 
nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim 
sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo`ladi. Tizimning birinchi 
belgisi yagonaligi hamda uni bo`laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. 
Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi 
belgisi tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o`ziga xos 
sifatga ega bo`lgani bilan, o`zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana 
17
. Виханский О.С., Наумов A.И. Менежмент: Учебник для вузов по эконб. спес. и направл. – Трете изде. – 
M.: Гардарика, 2008. 

pеdagogik tizimni boshqarishni dеmokratiyalash va insonparvarlashtirish; 

boshqarishning tizimliligi va yagonaligi

boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional 
uyg`unligi; 

yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi

ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'еktivligi va to`liqligi 

Yüklə 467,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin