Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda
turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o’tkazish metodlari
bo’lib, ular ko’proq tabiiy fanlar asoslarini o’rganishda qo’llaniladi. Bu metod
o’quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko’rish, o’lchash ishlarini amalga oshirish
va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko’nikmalarini tezkor shakllantirishga
imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar,
shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni
talab etadi. Biroq bu harakatlar o’quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida
mustaqil ravishda tajriba va o’lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib
boriladi.
10
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o’quvchilarning
mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan
faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o’quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko’nikmalarini shakllantirish kabi funktsiyalarni
bajaradi.
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh
bosqichda tashkil etiladi:
10
USАRОV J. E. INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY VAKONTSEPTUAL MАSАLАLАRI //INTEGRATION OF SCIENCE,
EDUCATIONAND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. – 2021. – Т. 1. – №.02. – С. 37-46.
16
1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash
bosqichi.
2. Ko’rsatma, yo’l– yo’riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o’quvchi amaliy harakatlarni
bajaradi, qolgan o’qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o’quvchi topshiriqni mustaqil ravishda
bajaradi, ayni o’rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan o’quvchilarga
alohida e’tibor haratilib, ularga yordam ko’rsatiladi).
5. Nazorat bosqichi (bu bosqichda o’quvchilarning ishlari qabul qilinadi va
baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi,
vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to’g’riligi va
samaradorligi kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi).
Zamonaviy ta’lim tizimida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy
bilimlar negizida amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik
o’yinlardan foydalanishga alohida e’tibor haratilmoqda.
Didaktik o’yin o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish
asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o’yin ham ijtimoiy faoliyat
ko’rinishi sanaladi. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar qo’lida barcha o’quv fanlari
bo’yicha didaktik o’yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim
bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlarda turli didaktik o’yinlarning ro’yxati yetarli
darajada ko’rsatilgan.
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va
yo’nalishi jihatidan xilma-xil bo’lgan kompyuter o’yinlarining maktab amaliyotiga
jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarga ijtimoiy-
foydali mehnat hamda o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga
ega. Didaktik o’yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning
mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O’yinlar bolalarni ijtimoiy
munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik
zo’riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o’yinlardan foydalanilganda o’quvchilarning
17
manfaatdor bo’lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina ularni taqdirlash
mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil
etilgan o’yin ijobiy natija bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |