Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə22/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:

  1. Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.

  2. Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.

  3. Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.


Case study”
Buyuk Ipak yo’li va uning taraqqiy etishida Markaziy Osiyo xalqlari va
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Buyuk Ipak yo’lining ahamiyatini tarixiy dalillar bilan tushuntiring.




Nazorat savollari:
1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!
2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.


Seminar mashg‘uloti –VII. Mahmud Qoshg‘ariyning asari va undagi
Markaziy Osiyo xaritasi

Mahmud Qoshg'ariy (1029 yil) ning «Devoni lug'ati turk» kitobida o'zi tuzgan dunyo xaritasini doira shaklidagi tasvirini ilova qiladi.


Mahmud Qoshg'ariy Qoraxoniylar davlatining rivoj topgan davrida yashadi. XI asrda toj-taxt uchun kurashlar davriga qaramay Mahmud Qoshg'ariy turkiy qabilalar orasida ko'p yurib o'zi tuzgan kartaga mamlakat, shahar, qishloq, tog', cho'l, dovon, dengiz, ko'l, daryo va hokazolarning nomlarini kiritadi. Karta asosan hozirgi sharqiy yarim sharga to'g'ri keladi. Bu xaqida Mahmud Qoshg'a­riyning o'zi shunday yozgan «Rumdan Mochingacha bo'lgan... shaharlar o'rnini aniqlash maqsadida ularning xammasini yer shaklidagi doirada ko'rsatdim» deydi. Kartaning diametri o'zbekcha bosma nusxasida 18 sm.
Doira chizig'i to'q yashil bo'yoqda (o'zbekcha qora) ko'rsatilganligi Yer yuzini hamma tarafdan okeanlar o'rab olganligini bildiradi. Karta o'rta asr Sharq xaritalarga qisman o'xshasada, lekin ko'p elementlarning tasvirlarlanishi va mazmuni ulardan ancha farq qiladi:
A) Kartada doiraning, ya'ni yer yuzining markazi O'rta Osiyoga to'g'rilan­gan, aniqrog'i – Issikkul bilan Bolasog'un oralig'idir (o'rta asr arab karta­larida Yer yuzining markazi -Makka va Madina).
B) O'rta Osiyo va Qashqar xalqlarining dunyo to'g'risidagi qadimdan mavjud bo'lgan tarixiy va an'anaviy (kun chiqish-old tomon) tushunchalariga asoslanib, Mahmud Qoshg'ariy Sharq tomonni kartaning yuqori qismiga joylash­tirilgan.
Karta o'sha davrdagi joy nomlarini qanday nomlaganligi haqida bizga ma'lumot beradi. Bu esa o'sha davr XI asr tarixini o'rganishda qimmatli manba xisoblanadi. Masalan: Shosh (Toshkent), Samarqand, Xo'jand, Marg'ilon, Kubo (Quva), Koson, Qashg'ar, Yorkent tarixiy viloyatlarning mavjudligini isbotlaydi va xokazo.
Shuningdek, daryolar Jayhun (Amudaryo), Xavorazm (Xorazm), Bahri Obiskun (Kasbiy dengizi), Rus, Sakoliba (Slavyanlar), Taroz (Jambul), Mochin (Xitoy), Javarqo (Yaponiya) kabi qadimiy nomlari haqida ham ma'lumot beradi. Lekin kartada kamchiliklar ham mavjud. Chunonchi, Amudaryo va Sirdaryoni yangilishib Kasbiy dengiziga quyiladi, deb ko'rsatilgan. Bu noto'g'ri. Umuman, M. Koshg'ariyning XI asrda tuzilgan bu kartasi tariximizni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
XIII asrga kelib Yevropa kartografiyasida tub burilish davri bo'ldi. Matn ma'lumotlari-grafik tasvirlar kartalarga ko'chdi. Bu esa xo'jalik ishlarini tashkil etish va sayohatlar uchun qulaylik yaratdi. Quruqlikda, davlatlar o'rtasidagi xal­qaro munosabatlar, o'zaro kuchlar nisbati o'zga davlatlar ahvolidan ogoh bo'lishni talab qilar edi.
XIII asrda Osiyo qit'asida Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ullarning ku­cha­yishi va bu xavfning Yevropaga ham ta'siridan xavotirga tushish, ularning hurujlari haqida aniq, ma'lumotlarga ega bo'lish zaruriyatini tug'diradi. Yevropa davlatlarining maqsadi mo'g'ullar hujumini to'xtatish va mo'g'ullarni katolik diniga kiritishni bosh vazifa qilib olgan edilar.
1. XIII asrda Inakentiy IV ning Chingizxon huzuriga yuborgan elchisi fransi­yа ­monaxi Plano Karpini 1246 yilda Rossiyaning janubi, O'rta Osiyo hudud­laridan o'tib Qoraqrumga boradi va borgan joyni kartaga kiritali. Undagi ma'lumot:
Solanglik (Manjuriya)
Sarrasin (Afg'oniston, Eron)
Guirlar (mo'g'ullar)
Kaspiy dengizini okean deb ataydi. Tog'lari Iyerusalim va Balxiyaga tutashib ketgan deydi. Sayyohatnomasida karta ham bor.
2. Fransuz qiroli Lyudovig IX tomonidan Vilgelm de Rubrug 1252 – 1253 yil mo'g'ullar davlatiga yuboriladi. Kaspiyni okean bilan tutashgan emas deb yozadi. Uni dengizni 4 oyda aylanib chiqishi mumkin deydi.
3. 1271-1272 yili Venetsiyalik Marko Polo Qoraqurumga yo'l oladi. 1295 yili Kirmon – Tebriz - Tarabzun orqali o'z yurtiga qaytadi. Kitobning IV bo'limi­da Buxoro xonligi xududi haqida ma'lumotlar bor. Amudaryoni-Gejon, Jon nomi bilan tilga oladi. Samaraqand shahrini ta'riflaydi.
4. Venesiyalik Petr Viskonti 1320 yili O'rta Osiyo kartasini yaratadi. Unda Kaspiy dengizi Saroy deb berilgan. Orolni Kaspiy dengizi deb ko'rsatadi.
5. Keyinchalik Venesiyalik geograf Andrey Biankoning 1436 yilgi qo'l­yoz­ma atlasi asosida, italyan kartografi Fra Mauro 1459 yilda karta tuzgan. Mazkur kartada hududlar bir muncha to'g'ri berilgan.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin