Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə2/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Исхоков Тарихий география

Amaliy mashg‘ulotlari

72

1

Gerodot va Ptolemey asarlarida Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi, MO xaritasi

75

2

Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo geografiyasi, Syuan Szan sayohati

81

3

Al-Xorazmiyning “Surat al ard” geografik asrida Markaziy Osiyo

83

4

Ahmad al Farg‘oniy asarlarida Markaziy Osiyo

86

5

Klassik arab geograflari maktabi. Ibn Xavqal va al-Istaxriy xaritalari

90

6

Mahmud Qoshg‘ariyning asari va undagi Markaziy Osiyo xaritasi

92

7

Hofizi Abruning geografik asarida Markaziy Osiyo

94

8

Katalon jahon atlasi va Markaziy Osiyo xaritasi

97

9

Kotib Chalabiyning geografik asarlarida va XVI – XVIII asrlar Yevropa xaritalarida Markaziy Osiyo

99

10

Mustaqil ta’lim topshiriqlari

101

11

Glossariy

105

12

Ilovalar

120

FAN DASTURIGA MUVOFIQ MA’RUZA MATNI




1-mavzu. Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi fanining mazmuni,
predmeti va metodi


Reja:
1) Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi fanini predmeti
2) Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi fani metodi
3) Fanning manbalari


Tayanch so‘z va iboralar: Oronimlar, topo­nimlar, gidro­nimlar, Oks, Yak­sart, Politiment.



1.1-rasm. Markaziy Osiyo tarixiy xaritasi
Tarixiy geografiya, asosan, hozirgi geografiya fani uslublarini qo‘llash bilan bir qatorda, tarix fani uslublaridan ham foydalanadi. Ta­biiy geografiya (rel’ef, iqlim, o‘sim­lik, hayvonot, ma’danlar va h.k.). Siyosiy geografiya (xudud, chega­ralar, siyosiy-ma’muriy bo‘li­nish). Aholi geografiyasi (aholining tarki­bi, joylashishi, tarqalishi, ko‘­chi­shi). Iqtisodiy geografiya (ishlab chiqa­rish va h.k. ni joylashtirish). Tarixiy geografiya (jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir davr doirasida o‘rganish, alohida hududda tarixiy voqe’likni o‘rganish Masalan: ”Avesta” da aks etgan geografmya, Chig‘atoy ulusi­ning tarixiy geografiyasi). Demak, tarixiy geografiya uslublari tor bir doirada cheklanmagan va geografiya hamda tarix fanlari uslublaridan keng foydalanadi. Tarixiy geografiya tarixiy voqealar va jarayonlarni chuqurroq o‘rganish va ularni muayyan makonlar bilan bog‘liq ravishda tadqiq etishga xizmat qiladi.
Tarixiy geografiya fanning alohida tarmog‘i sifatida XV asrda Yevropada vujudga kelib, rivojlana boshlagan. Uning ba’zi tomonlari, jumladan, italyan taraqqiyotparvari Flavio Bondo (XV), flamandlik geograf A.Orteliy (XVI), nemis olimi prof. F.Klyuver (XVII) kabilarning tarixiy-geografik mazmundagi ishlarida aks etgan. Ularning asarlarida chegaralarni belgilash, xalqlarning joylashishi, viloyatlar va mamlakatlar o‘rnini aniqlash (lokalizatsiya), qadimgi va o‘z davri aholi turar joylari o‘rtasidagi bog‘liqlik, mashhur janglar bo‘lib o‘tgan joylarni ko‘rsatish kabilar o‘rin olgan. Bu masalalar, umumlashtirib qaraganda, o‘tmish davr siyosiy geografiyasi va topografiyasi mavzulariga taalluqli bo‘ladi. Mazkur yo‘nalish Yevropada XVIII-XIX asrlarda ham davom etdi va unga ma’muriy, diniy, demografik, madaniyat va h.k. yo‘nalishlar ham qo‘shildi.

1.2-rasm. Ptolomey xaritasi
S harqda, jumladan, O‘rta Osiyoda tarixiy-geografik bilimlar ancha ilgari boshlangan va u Yaqin va O‘rta Sharqdagi uyg‘onish davriga (IX-XI asrlar) to‘g‘ri keladi. Tarixiy-geografik ma’lumotlar al-Xorazmiy, Abu Zayd Balxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Nosir Xisrav, Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida, «Hudud-ul-olam» nomli geografik asarda va boshqa shu kabi manbalarda aks etgan. Sharq yozma merosida dunyoning mamlakatlar, tabiiy-geografik ob’ektlar, shaharlar tavsifi berilgan. Ayni vaqtda, bu merosda Eratosfen, Ptolemey, Marin, Tir kabi yunon olimlarining ma’lumotlari ham qisman o‘rin olgan. Demak, Sharq olimlari asarlari antik davr ma’lumotlari bilan bir qatorda o‘z davri geografiyasini ham qamrab olgan.
T arixiy geografiya yer yuzidagi biror-bir hududning ma’lum tarixiy davrdagi siyosiy, ma’muriy, tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganadi. Tarixiy geografik tadqiqotlar asosida yig‘ilgan ma’lumotlar tabiat va jamiyat taraqqiyotini o‘rganish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Hududlar mavqei, qal’alar va qishloqlar, shaharlar joylashishi, tarixiy voqealar o‘rnini va harbiy yurishlar yo‘nalishlarini belgilash kabilar yuqorida aytilgan xulosaga misol bo‘la oladi.

1.3-rasm. Geradot xaritasi
O‘rta Osiyo yer yuzida qadimiy tarixga ega regionlardan bo‘lib, bu tarix o‘ziga xos xilma-xillikka ega. Shu sababdan, mazkur hudud turli soha muta­xassislari-arxeologlar, sharq­­shu­noslar, etnograflar, tarix­chilar, geograflar, toponi­mistlar va bosh­qa sohalar olimlarini qiziq­tirib kelmoqda. Ayni paytda, O‘rta Osiyo tarixiy geogra­fiyasiga ham qiziqish katta. O‘lkaning tarixiy davrlardagi siyosiy kartasi, hunarmandchilik va savdo geografiyasi, tabiat va jamiyat tarixi kabi muammolar bevosita tarixiy geografik tadqiqotlar zamonlar o‘tishi bilan tarixiy geografiya manbalarining mazmunan boyib borishi hisobiga ham rivojlanib, uning tadqiqot uslubi ham o‘zgarib bordi. Dastlab, asosan, geografik, tarixiy-geografik yoki tarixiy manbalar ma’lumotlari bu fan uchun asos hisoblangan. XX asrda fanlarning tarmoqlanishi yuz berib, «iqtisodiy geografiya» bo‘limi paydo bo‘ldi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin