Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə25/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:

  1. Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.

  2. Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.

  3. Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.

Nazorat savollari:
1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!
2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.
Seminar mashg‘uloti-X. Kotib Chalabiyning geografik asarlarida va
XVI – XVIII asrlar Yevropa xaritalarida Markaziy Osiyo

Rivojlangan o‘rta asrlarga kelib G‘arbiy Yevropada kartografiya fani taraqqiy eta boshladi. Bu davrda ko‘plab yangi kartalar tuzilgan bo‘lsa-da, ulardan kam qismigina bizgacha yetib kelgan. Ular orasida O‘rta Osiyo hududi aks ettirilgan kartalar ham mavjud.


XVI asrda ingliz savdogari Antoniy Jenkinson tomonidan tuzilgan karta ancha qimmatlidir. U 1562 yilda Londonda chop etilgan bo‘lib, «Jenkinsonning 1562 yilgi Rossiya kartasi» deb nomlangan. Jenkinson O‘rta Osiyoga 1558-1599 yillarda kelgan bo‘lib, uning sayohat yo‘li Mang‘ishloq yarim orolidan boshlangan; so‘ngra Xivaga, u yerdan esa Buxoroga kelgan. Aslida Jenkinson Moskva davlati bilan savdo qiluvchi Angliya kompaniyasining vakili edi. U 1557 yilda Xitoyga boradigan qadimgi savdo yo‘lini qidirib aniqlash maqsadida sharqqa yuboriladi. Chunki Xitoyga boradigan dengiz yo‘lini portugallar egallab olganligidan inglizlar boshqa yo‘l qidirishga kirishgan edilar.
Jenkinson o‘zi o‘tgan yo‘llar haqida yozma hisobot qoldirgan va bir qancha joylarning geografik kengliklarini aniqlagan: Mang‘ishloqning geografik kengligi 45°, Urganchniki - 39°10, Buxoroniki - 39°10.
Nemis olimi G. Jenkinsonning kenglik o‘lchovlarini yuqori baholagan holda Orol havzasi haqidagi hisoboti va kartasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb yozgan.
Jenkinson kartasidagi izohli yozuvlar e’tiborga loyiq. Samarqand shahri haqida quyidagi ma’lumot keltirilgan: «Samarqand Tatariyaning doimiy poytaxti bo‘lib kelgan; hozirda u xaroba, qadimgi izlar bilan qorishgan bir holda. U yerda Temur dafn etilgan bo‘lib, u o‘z davrida turk imperatori Boyazidni asirga olgan edi». Ushbu matndan bilishimiz mumkinki, Jenkinson Tatariya deb O‘rta Osiyoni tushungan.
Jenkinsonning yozma matni uning kartasiga mos kelavermaydi. Kartada Kaspiy dengizining shimoli-sharqida berilgan (Xitoy) ko‘li Sirdaryodan suv oladi va Ob daryosiga suv beradi. Bu ko‘l har holda Orol dengizi bo‘lsa kerak. Ammo Jenkinson ushbu nomni qaerdan olganligi bizga hozircha noma’lum. Bu nom 1546 yilda bosilgan Gerbenshteynning «Moksouya» kartasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Chunki o‘sha kartada Ural ortida Kugpau yasik (Xitoy ko‘li) berilgan bo‘lib, uning qirg‘oqlarida Xitoy poytaxti joylashgan bo‘lgan. Ob daryosining boshlanishi bo‘lgan ushbu ko‘lning nomi Rossiyada tuzilgan keyingi bir qancha kartalarda ham bor. Bu Zaysan ko‘li bo‘lsa ajab emas. Nima bo‘lganda ham Jenkinson o‘sha davr adabiyotlarida uchragan KuShau (Xitoy) ko‘li haqida bilgan; Xivadan shimolda ko‘l borligini va unga Amu va Sirdaryo quyilishini yaxshi bilgan holda ushbu ko‘l (Xitoy) ko‘li bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan. Fra Mauro kartasi bilan tanish ekanligi ham Jenkinsonni shunday taxmin qilishiga asos bo‘lgandir. Jenkinsonning Orol dengizining eski nomi Moviy dengizi (Sinee more) bilan Zsha (Xitoy) nomini adashtirgan degan fikrlarga qarshi shuni aytish o‘rinliki, Jenkinson va uning zamondoshlari Zta va Sagpau so‘zlarining sinonim ekanligini bilmaganlar.
Jenkinson Kaspiy dengizining qo‘ltig‘i chuchuk suvdan iborat deganida Krrabo‘g‘oz ko‘lini tushunmagan. Kartada Kaspiy dengizidan sharqqa tomon Vazir shaxrigacha cho‘zilgan uzun qo‘ltiq Sariqamish ko‘lidyr. V.V. Bartold fikriga ko‘ra, karvon yo‘li Sariqamish havzasiga faqat sharqiy tomondan kelgan; u davrda Orol bilan Sariqamish ko‘li birlashtan bo‘lmagan.
1558 yilda Jenkinson sayohati davrida Amudaryo Sariqamish ko‘liga quyilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sariqamish o‘zani (Ko‘hnadaryo) suvi kamaygan bo‘lib, Oks (kartada Okiy) haqida gapirganda ushbu o‘zan tilga olinadi. Jenkinson davrida Sariqamishning suvi chuchuk bo‘lib, Ko‘hna Urganchdan 100 mil uzoq-likdagi Ardoq Amuning Orol o‘zani - Toldiq shahobchasi bo‘lsa kerak.
Aryaoq o‘zani quyilgan va kartada nomlanmagan ko‘l Orol dengizi bo‘lsa kerak.
Shunday qilib, Jenkinson kartasida Orol dengizi ikki bor ko‘rsatilgan: birida sayyohning o‘zi ko‘rgan Oikiz (Oks) va Agaksk (Ardoq) daryosi quyiluvchi; ikkinchisida esa kig (Sur ya’ni Sirdaryo) va Atog‘u (Amu -Amu-daryo) quyiluvchi (Xitoy) ko‘li. XVI asrning eng yaxshi hisoblangan Jenkinson kartasi, «bir necha bor nashr etilgan va keng tarqalgan». Shuni ta’kidlash kerakki, Jenkinson kartasi Angliya uchun O‘rta Osiyo haqida hududiy tasavvurlarga ega bo‘lishiga imkon berdi.
XVI asrda G‘arbiy Yevropada tarixiy geografiya fani shakllanadi. Ushbu fan doirasida xuddi shu davrning o‘zida tarixiy kartografiya fani paydo bo‘ldi. U ilmiy fan bo‘lib, tarixiy karta va atlas tuzish, ularni yaratish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat edi. Buyuk Geografik kashfiyotlar va mustamlakalar uchun boshlangan harakatlar hamda Yevropada Uyg‘onish davri kartografiya fani taraqqiyoti uchun yangi sahifa ochdi.
Yevropada XVI asrdagi flamand kartografiya maktabining yirik vakili Abraxam Orteliyning (1527-1598 yillar) kartalar tuzish sohasidagi faoliyati diqqatga sazovordir. U XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon savdo markazlaridan biriga aylangan Antverpen shahrida ijod qildi. Shu kezlarda flamand kartografiya maktabi ham ancha rivojlandi. Antverpen olimlar shahri emas edi. U yerda kartografiya savdo sayohatlarini amalga oshirish talabi asosida yuzaga keldi. 1570 yil 20 mayida Orteliy o‘zining 70 kartadan iborat dunyo atlasini chop qildiradi. Orteliy ushbu atlasdagi kartalarning muallifi emas, balki u kartalarni jamlab atlas holiga keltirgan hamda ularni tahrir qilgan. Nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen Orteliy­ning ishonchli va aniq kartalarni tanlaganini yuqori baholagan.
Uning kartalari mohirona rassomlik bilan ishlangan bo‘lib, kartalarda izohlar ham berilgan. Kartalarning asosiy qismi Yevropa mamlakatlari haqida bo‘lsa-da, ularda Rossiya, jumladan O‘rta Osiyo hududi aks ettirilgan karta ham bor. A. Orteliy bu kartani 1562 yilgi Jenkinson kartasidan foydalangan holda tuzgan.
A. Orteliy tuzgan atlasning 27-kartasi («Buyuk Aleksandr Makedonskiyning yurishlari») deb nomlanib, unda Aleksandr Makedonskiyning yurishlari emas, uning istilolari bo‘lgan mamlakatlar aks ettirilgan. Unda O‘rta Osiyo hududi ham aks ettirilgan bo‘lib, hozirgi Samarqandning eski nomi deb atalgan Marakanda, Oks va Yaksart daryolarining Kaspiyga quyilishi berilgan. Orol dengizi umuman ko‘rsatilmagan. Karta rasmlar va Aleksandr Makedonskiy davri tangalari bilan bezatilgan. O‘tgan asrning 40-yillarida O‘zFA kartografik byurosida saqlanayotgan O‘rta Osiyo hududlari aks ettirilgan eski 12 ta kartani topib o‘rgangan N. Korjenevskiy ulardan biri A. Orteliyga tegishli bo‘lib, u 1570 yilda tuzilganligini aniqlagan.
A. Orteliy kartaning muallifi kim ekanligini aytmagan. Ammo uni tuzishda 1507 yilda Valdzemyuller tomonidan tuzilgan yer shari kartasi asos bo‘lgan bo‘lsa kerak. Aytish mumkinki, ushbu karta Sibir va O‘rta Osiyo yerlarini aks ettirgan ilk bosma karta bo‘lib hisoblanadi. Kartaning hajmi 35x47 sm. bo‘lib, O‘rta Osiyo hududida Orol dengizi ko‘rsatilmagan. Faqatgina Kaspiy dengizi (Mage Sazrit, ye! Nugsapit) dumaloqroq, kengroq shaklda berilgan. Sharq tomondan unga Sirdaryo (kartada- Qizil) va janubdan Amudaryo (Aaati) quyilgan. Amudaryoning o‘ng tomonidan unga quyiluvchi va kar-tada nomlanmagan irmog‘i bo‘yida Samarqand shahri bo‘lib, unda shunday yozuvlar bor: («Samarqand buyuk Temurning taxti joylashgan shahar»). Har holda XVI asrning ikkinchi yarmida ham Temur shaxsi yevropaliklarning diqqat markazida turganligini ushbu ma’lumotdan ham bilish mumkin.
Qiziqarli joyi shundaki, kartada Amudaryoning quyi oqimida unga quyiluvchi Murg‘ob daryosi va undan janubrokda Amudaryoning chap tomonida esa Buxoro shahri ko‘rsatilgan.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin