to‘rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog‘ochdan qurilgan yengil inshoot. Kelib chiqishi jihatdan oddiy o‘tovga borib taqaladi. Dastlab ko‘chmanchilar ko‘chib yurish uchun qulay bo‘lishi uchun uy (ko‘chik)lar qurishgan. Arava ustiga o‘rnatilgan ko‘shklar ham bo‘lgan. Keyinchalik ko‘shklar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib, bog‘lar ichida qurilgan. Ko‘shk Sharq mamlakatlaridan G‘arbga "kiosk" shaklida kirib kelgan.
Maymurg‘
Maymurg
Маймург
(sug‘d. "mayn" - qishloq, murg‘ - o‘tloq, sero‘tloq qishloq)-Samarqanddan janubiy sharqda joylashgan, qadimgi sug‘diyonaning mulki -rustoq markazi hozirgi Quldortepa shahar xarobasi o‘rnida joylashgan. IV-X asrlarda Sug‘d tarkibida bo‘lgan. Dastlab Maymurg‘ tarkibiga Panjikent ham kirgan, lekin VII asrda u mustaqil mulk sifatida ajralib chiqqan. Ilk o‘rta asrlarda Maymurg‘ning nihoyatda ahamiyatli ekanligi uning hududida Samarqand vohasining asosiy sug‘orish tizimlari boshlangan to‘g‘on -Varagsarning joylashganligi edi. Maymurg‘ni hokim emas, sug‘d hukmdorlari xonadoniga mansub shahar boshlig‘i idora qilgan.
Mezana
mizan
(higher part minaret)
мизана
(верхний часть минарет)
(ar.) - minoraning yuqori qismi, muazzin azon aytadigan joy. Biror bino (peshtoq, darvozaxona) ustiga qurilishi mumkin. Mezana aylana shaklida va ko‘p qirrali bo‘ladi. Ko‘pincha ravoqsimon darchalar qatoridan iborat. Mezananing teppasi gumbazcha (qubba) bilan yopiladi. Ba’zan ochiq ham bo‘lishi mumkin.
Miyonchi
objective judge
судья
o‘tmishda o‘zaro nizolashib qolgan kishilar o‘rtasiga tushib, yarashtirib qo‘yuvchi shaxs. Miyonchi ko‘pincha nufuzli din arboblaridan bo‘lgan. Masalan, 1485 yilda temuriylardan Sulton Ahmad (Samarqand hokimi) va Umarshayx (Farg‘ona hokimi, Boburning otasi) Toshkent va Shohruhiyani talashib urush boshlaganlarida, Xoja Ubaydulla Ahror ular o‘rtasida miyonchi bo‘lgan. Fiqh (diniy huquq) ilmida "miyoncha-shariat" lavozimi (holis sudya) ham bo‘lgan.
Miyonqol
Miyankol
Миянкол
Miyonkol - O‘zbekistondagi Okdaryo va Qoradaryo oralig‘idagi joy. Qadimda Samarqand Sug‘di, Nim Sug‘d (yarim Sug‘d), Sug‘di Xurd (kichik Sug‘d) nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Miyonqol dehqonchilik uchun qulay bo‘lib, Xatirchi, Payshanba, Qal’ai Dabus va boshqa shahar va qishloqlarni o‘z ichiga olgan. Keyinchalik Zarafshon vodiysining Samarqand bilan Xatirchi oralig‘idagi yerlari Miyonqol deb atalgan.