Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə34/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Исхоков Тарихий география

Mozanda­ron Dengizi

Sea Mazandaran

Море Мазандаран

O‘rta asrlarda Kaspiy dengizining nomlari­dan biri.

Mohonda­ryo

Mohan River



Река Мохан

Zarafshon daryosining Buxoro viloyatidagi quruq o‘zani. Zarafshon qadimda shu o‘zan­dan oqib, Amudaryoga quyilgan. Uzunligi 58 km (qum bosgan sohili bilan 150 km) bo‘l­gan bu o‘zan bo‘ylaridan neolit davriga oid 40 dan ortiq, bronza davriga oid 20 dan ortiq yodgor­liklar topib tekshirilgan. Zaraf­shon daryosi­dan yirik sug‘orish kanallari chiqa­rilib, daryo suvining ekin dalalariga taralishi natijasida Mohondaryo suvsizlikdan qurib qolgan.

Naddof

naddaf (comber)



наддаф (чесаль­щик)

(ar - taramoq, titmoq) - o‘rta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. Naddoflar meh­nati, asosan, kalavachilik - ip yigiruvchilarga pax­­ta­ni chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat bo‘lgan. Naddoflar shahar aholisining eng kam­­bag‘al tabaqasi hisoblanib, bosqinchilik zul­miga qarshi qo‘zg‘olonlarda asosiy kuchni tashkil etgan­lar. Jumladan, Samarqandda mo‘­g‘ul­lar zul­miga qarshi ko‘tarilgan Sarbadorlar qo‘zg‘oloniga (XIV asrning 60-yillari) naddoflar mahallasining oqso­qoli Abu Bakr Kuluiy (Kala­viy) Naddof bosh­chilik qilgan edi.

Nasaf

Nesef



Несеф

Naxshab - Qarshi vohasida, Qashqa­dar­yoning quyi oqimi bo‘ilarida joylashgan o‘rta asr shahri va viloyati nomi. Qarshi shahridan 8 km shimoliy-g‘arbdagi Shulluk­tepa shahar xarobasi o‘rnida bo‘lgan. VII-VIII asrlarda Nasaf mahalliy hokimlari mis tangalar (fals) zarb qildira boshlaganlar. Arablar istilosidan so‘ng Nasaf viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, bu davrda mudofaa devorlari bilan o‘ralgan mustahkam shaharga aylangan. XIV asrda Nasaf Qarshi nomini olgan.

No‘yon

nuyan (aristocrat)

нуян (аристо­крат)

no‘yonlar (mo‘g‘. noyon, pout - janob) - o‘rta asr­larda Mo‘g‘ulistonda oliy tabaqa vakillari. Chin­­gizxon imperiyasi tashkil top­guniga qa­dar no‘yonlar urug‘-qabila aslzo­dasi sifatida o‘z­lari­ga taalluqli qavm­larga boshchilik qil­gan­­lar. Mo‘g‘ullar dav­latida (XIII-XIV asr­lar) chingiziy shahzo­dalar, tumanboshilar, ming­boshilar, yuzbo­shilar, umuman barcha "oq­suyak­lar" no‘yon deyil­gan. Keyingi davr­larda (XVI-XIX asr­lar) no‘yonlar markaz­lash­gan xon hokimi­yatidan mustaqil bo‘lgan mulk hokim­lari hisob­langan. Shu davrlarda no‘yon so‘zi antro­toponim tarkibiy qismiga aylangan va kishi nomidan keyin qo‘yib ishlatilgan.

Ostadon

assuary



ассуарий

assuariy - zardushtiylarning dafn marosimiga te­gish­li odam suyaklari saqlanadigan sopol idish, sandiqcha.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin