Buxoro xonligida (Ashtarxoniylar davrida) davlat tomonidan tayinlangan maxsus amaldor bo‘lib, davlat qurilishlariga javobgar bo‘lgan. U ark qurilishlari, qal’a devorlari va imoratlarini ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan va unga javob bergan.
(sanskrit. - zagtaua’a - karvonboshi, savdogar) - 1) VI asr o‘rtalarida Turk xoqonligi O‘rta Osiyoni bosib olgach, shaharlarda istiqomat qilayotgan fors-tojik tilida gaplashuvchi aholini shunday atashgan; 2) XII-XIII asrlarda mo‘g‘ullar yurtiga savdogarchilik bilan kelgan, asosan aksariyat musulmon savdogarlariga qo‘yilgan umumiy nom; 3) XVI asrda Dashti Qipchoqdan kelib, Temuriylar davlatini egallagan ko‘chmanchi o‘zbeklar mahalliy shaharlik va o‘troq aholiga bergan umumiy nom.
Sart atamasi etnik nom emas. Bu hakda fanda turli qarashlar mavjud, ammo uning muayyan bir etnosga tegishli ekanligi ma’lum emas. Sovet davri tarixshunosligida bu masalada V.V.Bartold qarashlari e’tiborda bo‘lib keldi. Uningcha sart atamasi tojik ma’nosini beradi. Ammo u kelib chiqishi jihatdan turkiylashgan sug‘diylar bo‘lib, tojik va o‘zbeklarga tegishli muqim yashovchi, savdo-sotiq va hunarmandchilik ahlining yig‘indi nomi ekanligi tarixiy haqiqatdir. O‘rta Osiyodan Sharqiy o‘lkalarga savdo karvoni bilan borgan savdogarlar kelib chiqishi qaysi etnosga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, ular sartlar deb atalgan. Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘ati turk" asarida sart qadimgi turkchada savdogar ma’nosida berilgan. Dastlab sartlar forsiy va turkiyda so‘zlashgan bo‘lsalar, XVI-XVII asrlardan ular faqat turkiyda, eski o‘zbek tilida so‘zlasha boshlaganlar. Endi bu atama ko‘proq Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi va Xorazmda turgun yashovchi o‘zbeklarga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgach, rus olimlari va tadqiqotchilari asarlari va xronikalarida ham Turkiston o‘troq aholisi shu nom bilan yuritilgan.
(f. - qo‘shin boshlig‘i) - 1) Xorazmshohlar davlatida 500 otliq askardan tashkil topgan harbiy guruh qo‘mondoni. Sarhang saltanat oldidagi buyuk xizmatlari evaziga malik darajasiga ko‘tarilishi hamda muayyan viloyatga hokimlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan; 2) Xiva xonligida qal’alar atrofiga dushman otliqlari yo‘lini to‘sish maqsadida yog‘och qoziqlar qoqilgan. Mazkur vazifani bajaruvchilarga rahbarlik qiluvchi shaxs sarhang deyilgan.