(it. - yer, soya - pishirilgan) - pishirilgan sof loydan yasalgan badiiy san’at buyumlari, sopol haykalchalar.
To‘qsoba
leader
полководец
To‘qsabo (eski o‘zbekcha - o‘z tug‘iga ega bo‘lgan) - harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi. 1) XVI-XIX asrlarda Buxoro amirligida eshikog‘o boshi, chig‘atoy begi singari mansablardan keyingi, miroxurdan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida o‘tirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsni anglatgan. Bu mansabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik quyish, ularni xizmatkorlar orqali mashvarat yoki kengash ahliga yetkazishga mas’ul hisoblangan; 2) Amir tomonidan katta qal’a va qo‘rg‘onlardagi harbiy gornizonni boshqarish uchun tayinlagan harbiy masabdor. Qo‘qon va Xiva xonliklarida to‘qsoba, asosan, bir polqdan tashkil topgan harbiy qism qo‘mondoni. Rutba jihatidan chor armiyasining polkovnik unvoniga teng bo‘lgan.
Uyg‘onish davri
The Renaissance
Эпоха возрождения
Yangi davr arafasida o’ziga xos qadriyatlarga ega bo’lgan g‘oyaviy va madaniy rivojlanishni o’z ichiga olgan tarixiy jarayondir.
Ustrushona
Ustrushan
Уструшана
Sug‘dning sharqiy tomonida joylashgan ilk o‘rta asrlardagi tarixiy viloyat. Ushbu viloyatning g‘arbiy qismini Uzbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi. Uning sharqiy qismi esa Tojikistonning Sug‘d viloyati hududlariga to‘g‘ri keladi. Ilk o‘rta asrlarda Ustrushona viloyati 18 ta tuman (rustak)dan tashkil topgan bo‘lib, ular tepasida turgan hukmdorlar afshinlar deb atalgan. Dastlab Ustrushona nomi ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida uchraydi.