Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə39/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Исхоков Тарихий география

Terrakota

terracotta

терракота

(it. - yer, soya - pishirilgan) - pishirilgan sof loy­dan yasalgan badiiy san’at buyumlari, sopol hay­kalchalar.

To‘qsoba

leader



полководец

To‘qsabo (eski o‘zbekcha - o‘z tug‘iga ega bo‘lgan) - harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi. 1) XVI-XIX asr­larda Buxoro amirligida eshikog‘o boshi, chig‘a­toy begi singari mansablardan keyingi, miro­xur­dan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida o‘ti­rish huqu­qi­ga ega bo‘lma­gan shaxsni anglatgan. Bu man­sabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik quyish, ularni xizmatkorlar orqali mash­va­rat yoki kengash ahliga yetkazishga mas’ul hisob­langan; 2) Amir tomonidan katta qal’a va qo‘r­g‘on­lardagi har­biy gornizonni boshqarish uchun tayinlagan har­biy masabdor. Qo‘qon va Xiva xonliklarida to‘q­so­ba, asosan, bir polqdan tashkil topgan harbiy qism qo‘mondoni. Rutba jihatidan chor armiyasining polkovnik unvoniga teng bo‘lgan.

Uyg‘onish davri



The Renaissance

Эпоха возрожде­ния

Yangi davr arafasida o’ziga xos qadriyatlarga ega bo’lgan g‘oyaviy va madaniy rivojla­nish­ni o’z ichiga olgan tarixiy jarayondir.

Ustrushona

Ustrushan

Уструшана

Sug‘dning sharqiy tomonida joylashgan ilk o‘rta asrlardagi tarixiy viloyat. Ushbu viloyatning g‘arbiy qismini Uzbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi. Uning sharqiy qismi esa Tojikistonning Sug‘d viloyati hudud­lariga to‘g‘ri keladi. Ilk o‘rta asrlarda Ustru­shona viloyati 18 ta tuman (rustak)dan tash­kil topgan bo‘lib, ular tepa­sida turgan hukm­dorlar afshinlar deb atalgan. Dastlab Ustrushona nomi ilk o‘rta asr Xitoy man­ba­larida uchraydi.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin