Seyiston
|
Sistan
|
Сеистан
|
Sakiston - Eronning Afg‘oniston bilan chegaradosh sharqiy viloyati. Miloddan avvalgi II asrda ko‘chmanchi sak qabilalari shimoldan Xerirud va Gilmand daryolari oralig‘idagi viloyatlarga kelib joylashishgan va shundan boshlab bu hududlar Sakiston (Seyiston) deb yuritiladigan bo‘lgan.
|
Tamaddun
|
Civilization
|
Цивилизация
|
(lot. civilis-fuqaroviy, ijtimoiy) serqirra va murakkab mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy-falsafiy tushuncha. S. tushunchasini shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma’rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat degan ma’noda ishlatgan edilar.
|
Tabarzin
|
ах
|
табарзин (топор)
|
(f. - "tabar" -bolta) - qadimgi qurol turi, dastasi oddiy boltaga nisbatan uzunroq bo‘lgan oybolta. O‘rta asrlarda otliq askarlarning asosiy qurollaridan hisoblanib, ot egarining old tomoniga osib qo‘yilgan.
|
Talant
|
coin unit of measurement
|
талант (единицы измерения монета)
|
Qadimgi Yunoniston, Misr, Mesopotamiya, Suriya va Eronda ishlatilgan og‘irlik va yirik pul o‘lchov birligi bo‘lib, 1 talant 6 000 dirhamga teng bo‘lgan. Og‘irlik o‘lchov birligi sifatida talantning mikdori turli mamlakatlarda turlicha bo‘lgan. Masalan, qadimgi Yunonistonda 1 talant 26.2 kg bo‘lsa, Eronda 1 talant 33,655 kg ga to‘g‘ri kelgan.
|
Tanais
|
Tanais
(old name of Don River)
|
Танаис (старые названия река Дон)
|
1) Miloddan avvalgi III asr - milodiy V asrlarda Don daryosining quyi oqimida Bospor podsholigi tarkibida bo‘lgan antik shahar; 2) yunon tarixchilari Don va ba’zan Sirdaryoni shu nom bilan ataganlar.
|
Tegin
|
The title of heir
|
титул наследника
|
Takin (turk. - shahzoda) - 1) xunlar davrida yabg‘udan keyingi ikkinchi oliy darajali mansab; 2) Turk hoqonligida (VI-VIII a.) hukmdor -xoqon (qag‘an)dan keyingi ikkinchi oliy lavozim, ya’ni taxt vorisi. Ayni chog‘da davlat boshlig‘i farzandlari ismiga ko‘shib aytiladigan sharafli unvon. (mas. Qultegin, Io‘llug‘tegin va b.); 3) qoraxoniylar saltanatida tegin - xonzoda muayyan mulkka egalik qilgan, harbiy harakatlarda qo‘shinni boshqargan; 4) somoniylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar lashkarida uzoq muddat xizmat qilish evaziga yuksak martabalarga erishgan qul, g‘ulom. Xususan, Mahmud G‘aznaviyning otasi - Sabuqtegin qullikdan lashkarboshi darajasiga ko‘tarilgan. Xorazmshohlar shajarasining boshchisi Anushtegin dastlab, saljuqiy Bilgateginning g‘ulomi (quli) bo‘lgan.
|
|