(f.-sovut, zirh) - qadimda va o‘rta asrlarda jangchining badanini jarohatlanishdan saqlash maqsadida kiyiladigan sovutning bir turi. Javshan jubbaga nisbatan og‘ir. Dastlabki vaqlarda u jez (bronza)dan, keyinchalik temir va po‘latdan ishlangan. Javshan bargsimon temir parchalaridan mayin xalqa simlar yordamida to‘qilgan. Jang paytida otlarga ham javshan yopishgan.
Jiyba
jiba
жыба
jiba, jeva - o‘rta asrlarda jangchilarning temir yoki po‘latdan yasalgan urush kiyimi.
Kadivar
kadivar
кадивар
O‘rta asrlarda qishloq ziroatkor jamoasining feodal dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan, yersiz, qullik asoratiga tushirilgan qismi. Zamindorlar qishloqlarda o‘z tazyiq doiralarini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlagan. Shuning uchun ham ular ilk o‘rta asrlarda "dehqon" ya’ni "qishloq hokimi" deb atalgan. Ularga qaram kishilar "kadivar", ya’ni "qishloq qo‘rg‘onlarida yashovchilar" deyilgan.
Kenotaf
cenotaph
кенотаф
(yun. - bo‘sh qabr) - murda qo‘yilmagan bo‘sh qabr. Qadimda o‘liklarni dafn etish mumkin bo‘lmagan (bedarak yo‘qolgan, musofirliqda vafot etgan va hakozo.) hollarda ramziy qabr sifatida marhumning buyumlari ko‘mib qo‘yilgan.
Kepaki
dime
копейки
Kabakiy - Chig‘atoy xonlaridan Kebekxon (1318-1326) chiqargan kumush tanga. Bir dinor kepaki ikki misqol kumushga yoki olti dirhamga teng bo‘lgan. Kepakiy Temuriylar davrida ham muomalada keng foydalanilgan. Kepakxonga qadar mo‘g‘ul davlatlarida pul birligi bolish hisoblangan.