(f. "oftoba" - ko‘za, obdasta) - O‘rta Osiyo xonliklari davrida saroyda hukmdorning qo‘liga suv quyuvchi shaxs bo‘lib, yuqori mavqega ega bo‘lgan lavozimlardan biri hisoblangan. Saroyga kelgan mehmonlarga ham oftobachi xizmat qilgan. Oftobachi davlat ishlari bilan shug‘ullanuvchi mansabdor ham bo‘lgan. Masalan, Qo‘qon xonligida Xudoyorxon davrida Abdurahmon oftobachi mas’uliyatli davlat topshiriqlarini ado etgan.
(f. "parvona" - shoh formoni, burug‘i) – hukmdor farmoni va buyruqlarini bituvchi kotib. 1) Xiva xonligida qozi va inoqdan keyingi oliy darajadagi saroy mansabdori. Parvonachi mansabi saltanat uchun buyuk xizmatlari evaziga xon tomonidan in’om tarzida berilgan. Parvonachi vafot etganidan so‘ng uning o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzandi ushbu lavozimga tayinlangan; 2) XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud bo‘lgan mansab, vazir muovini, farmon ijro qiluvchi. Parvonachi xon farmonlari, yorliqlari va boshqa rasmiy hujjatlarini yozib, tegishli kishilarga yetkazib turgan. Parvonachi otaliq va devonbegidan keyingi 3-mansabdor shaxs hisoblangan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni uch kun mobaynida o‘z sallasiga qistirib yurishi lozim bo‘lgan; 3) Qo‘qon xonligidagi saroy mansabi. Qo‘qon xonligida parvonachilar viloyatni ham boshqarish huquqiga ega bo‘lganlar.
Rabot
Rabat (downtown)
рабат (центральнiй часть город)
(ar. - musofirxona, karvonsaroy) – O‘rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Tuzilishi to‘rtburchak shaklida, devorlarida minoralari bo‘lgan. Dastlab islom dini tarqala boshlagan davrda g‘oziylarga mo‘ljallab qurilgan maxsus bino. O‘rta Osiyoda VIII-X asrlarda ko‘chmanchi aholi yashaydigan hududlar chegarasida ko‘plab rabotlar qurilgan. Ularning eng mashhuri Raboti Malikdir. Keyinchalik rabot faqat qo‘rg‘on, istehkom ma’nosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar ham maxsus rabotlarda yashaganlar. Rabotlar XI-XII asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. XIII asr boshlarida mo‘g‘ullar istilosi natijasida ko‘plab shaharlarning arki va shahristoni xarobaga aylangan bo‘lsada, rabodlarda hayot davom etgan.
Ravoq
decoration
украшение
(ar. - peshtoq, peshayvon; yopiq yo‘lak, bezakdor chodir) - tokning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik o‘rinlarining yuqori qismiga qo‘yiladigan mehrobiy yoysimon qurilma.