Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə36/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Исхоков Тарихий география

Registon

Registan

Регистан

(f. mayda tosh to‘shalgan joy) - O‘rta Sharq mam­lakatlari shaharlaridagi markaziy maydon. Turli maqsadlarda odamlar to‘planadigan joy bo‘lgan registon ko‘p hollarda shahar yoki hokimlar saroylari yonida barpo etilgan hamda ular ma’­muriy siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Yog‘in­gar­chilik paytida botqoqlikka aylanishdan saq­lash maqsadida kumtoshlar yotqizilgan. Shu xu­su­siyati bilan boshqa ochiq joylardan farq qil­gan. Keyinchalik davrlar o‘tishi bilan Registon atrofida mahobatli jamoat binolari quril­gan, hovuz, daraxtlar bilan obodon­lash­ti­rilib hashamatli ko‘rinish olgan.

Rixtagarlik

metalworker



металлист

(f.-toj. - metall eritmoq) - xunarmandchilikning qa­di­­miy turlaridan biri. Rangli metall (asosan, mis, bronza, qalay)dan turli buyumlar quyish kasbi.

Sadrlar

religious title

религиоз­ный титул

(ar. "sadr" - yuqori o‘rin, oliy mansab) - 1) Mova­ro­­un­­nahrda Qoraxoniylar hukmronligi zaiflash­gach, Buxoroda XII asrning ikkinchi yarmidan diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan ruxo­niy­lar vakillari; 2) davlat yoki davlatmand kishilar tomonidan in’om etilgan mulklar (vaqf­lar)ni boshqaruvchilar. Vaqf muas­sa­sa­larining bosh­­liqlari bo‘lgan mutaval­lilar sadrlarga bo‘y­sunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig‘i shartlarida qayd etib qo‘yilgan. Sadrlar vaqf xo‘jaligi daro­ma­dining ma’lum qismini olganlar.

Sanad

scientific level

научной уровень

Samarqandsagi Ulug‘bek madrasasida kamida 15-16 yil tahsil olib, uning dasturi bo‘yicha fanlarni to‘la o‘zlashtirgan va imtihonli saboqlarda o‘z bilimini namoyish eta olgan tolibi ilmlarga beri­la­di­gan shahodatnoma.

Sarkor

observer

наблюда­тель

(f. - ishboshi, nazoratchi, boshqaruvchi) - 1) Te­mu­riylar saltanatida qurilish va ommaviy hashar­larda ishboshi bo‘lgan mansabdor; 2) Xiva xonli­gida sarkor zarur paytlarda harbiy harakatlarda ishtirok etgan va ko‘p holatlarda dushman mu­do­faa istehkomlari va qal’a devorlari yonida barpo eti­ladigan sarko‘blar (hujumga tayyorlash in­sho­oti)ni qurish ishlariga boshchilik qilgan; 3) Qo‘qon xonligida sarkor aholining turli qatlam­laridan soliq undirish muayyan shaxsni soliqdan ozod qilish yoki fuqarolarni yohud askarlarni don-dun bilan ta’minlash vazifasini ham bajar­gan.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin