Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi



Yüklə 63,43 Kb.
səhifə24/25
tarix30.04.2023
ölçüsü63,43 Kb.
#105004
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «ijtimoiy psixologiya»

Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-xarakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barda misollarda va xolatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga udraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizda “attitud”) xodisasi orqali tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qadon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va xakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qadon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kediraveramiz. Mana shularning bardasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro‘yobga diqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning ud komponentli tizimini ishlab diqqan:

  1. Kognitiv komponent - ustanovka ob'ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar,tushunda va tasavvurlar majmui;

  2. Affektiv komponent - ustnovka ob'ektiga nisbatan sub'ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);

V. Harakat komponenti - sub'ektning ob'ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish).
Bu uchdala komponentlar o‘zaro bir - birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burdi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. “Tasodifan dars qoldirish”, “jamoatdilik joylarida tartibni buzish” kabi xolatlar kognitiv va xarakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlida namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir neda marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid xarakat qilsa, va bu narsa bir neda marta qaytarilsa, u bu xolatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama - qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.

Yüklə 63,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin