REJA: 1.Shaxs va uning faolligi Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar.
Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivatsiyasi .
Motivlarning turlari
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi.
MAVZU YUZASIDAN TANYACH SO'ZLAR: Shaxs faolligi, tashqi faollik, ichki faollik,faoliyat, perseptiv xarakat,mnenik faoliyat,fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko‘nikma, motiv, ijtimoiy ustanovka. GLOSSARIY: Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvdi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Perseptiv -ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi; Mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi; Fikrlash faoliyati -aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yedishga qaratilgan faoliyat; Imajitiv - (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. Muloqot- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamdi faoliyat turlaridan biri. O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. O'qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolu o'ynaydi va ma'no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shishdir. MASHG'ULOTNING MAQSADI:Ijtimoiy psixologiya fanida shaxsning ijtimoiy faolligi. Ijtimoiy xulq motivatsiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlarni o‘rganish va tahlil etish KIRISH: Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvdi, o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvdi shaxsga xos bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotinda “actus” - harakat, “activus” - faol so‘zlaridan kelib diqqan tushunda) shaxsning hayotdagi barda xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvdi kategoriyadir. Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror diziqda tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. ASOSIY QISM: Shaxs va uning faolligi.Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: