26
Yaponiyadan keyin uchinchi o‗rinni egallaydi. Jahon eksportida qariyib 8,9 %,
importda esa 6,3 % ulush uning hissasiga to‗g‗ri keladi.
Dengiz mahsulotlarini
olish bo‗yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‗rinda turadi (12 mln. tonnaga yaqin).
Yaponiya oltin valyuta zahiralari
hajmibo‗yichaham jahonda birinchi o‗rinda
turadi. Jahon bank aktivlarining 40% uning ulushiga to‗g‗ri keladi. Olti yapon
banki jahonning o‗n yirik banklari qatoriga kiradi. Yaponiya Uning to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalari 310 mlrd. dollardan ortiq bo‗lib, bu jahon
investitsiyasining
qariyib 12,7 % ini tashkil qiladi.
Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo‗libqolmoqda.
Taraqqiyotga rasmiy ko‗mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga
imtiyozli iqtisodiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha u dunyoda birinchi o‗ringa chiqdi.
Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‗rsatishga
ajratilgan ularning
mablag‗i hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. dollardan ortadi.
Ilm – fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo‗yicha
Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga
harajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 4% dan ko‗proqni tashkil etadi.
Jahonda ro‗yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi
ulushiga to‗g‗ri keladi. Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)
jahonning juda ko‗p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab
beradigan Universiteti joylashgan.
Dostları ilə paylaş: