Ikkinchidan , jamg‘aruvchilar
va investorlarni jamg‘arish va
investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi.
Keynschilar fikricha , jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga bog‘liq
bo‘lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar
qiymati o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish
uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‘arishadi.
Jamg‘armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish
maqsadida, ya’ni, uy xo‘jaliklari oila boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan
keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta’minlash maqsadida amalga
oshiriladi. Bundan tashqari jamg‘armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish
maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan
birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma
va investitsiya¬lar miqdorini aniqlaydigan
asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi.
Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq
iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga
harakat kilishadi. Uy xo‘jaliklarida
jamg‘armalarning ko‘payishi kredit
narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu
esa o‘z vaqtida investitsiyaning o‘sishini
ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa , foiz stavkasi
emas, balki aholining ixtiyoridagi
daromadi iste’mol va jamg‘arish
dinamikasini belgilab beradi.
Keyns modelida jamg'arish va investitsiya
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib
turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham
Keynsning
iqtisodiy nazariyasini
ko‘p hollarda jami talab nazariyasi deb
yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa eng barqaror komponent
bo‘lgan investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlik
sabablaridan biridir.