Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sirtqi bo’lim kurs ishi mavzu: xalqaro munosabatlarning asosiy paradigmalari kurs ishini bajardi



Yüklə 138 Kb.
səhifə2/9
tarix10.06.2023
ölçüsü138 Kb.
#128275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sirtqi bo’lim kurs i

Kurs ishining maqsadi Xalqaro munosabatlarda asosiy paradigmalarni o’rganishdan iborat.


Kurs ishining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olinadi.
-xalqaro munosabatlar va paradigmalar tushunchasi mohiyatini ochish,
-asosiy paradigmalarga nisbatan nazariy yondashish,
-zamonaviy geosiyosatda


Kurs ishining obyekti. Asosiy paradigmalarning xalqaro munosabatlari.


Kurs ishining predmeti. Xalqaro munosabatlarda asosiy paradigmalar.


Kurs ishining amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishida o’rganilgan mavzu, keltirilgan faktlar talabalarni xalqaro munosabatlarda asosiy paradigmalar bilan tanishtirishga yordam berishi mumkin.


Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1-BOB. XALQARO MUNOSABATLARNING ASOSLARI
1.1 Xalqaro munosabatlar tushunchasi va paradigmalar
“Xalqaro munosabatlar” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mav­jud. Masalan, xalqaro munosabatlar bu:
- davlat tizimlari va davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, maf­kuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon maydonida harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va jamoat­chilik harakatlari, umuman, keng ma’noda xalqlar o‘rtasidagi muno­sabatlar majmuidir (Inozemtsev, 1978, - 11 b.);
- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui (Shahnazarov, 1978. – 19 b.);
- davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi munosabatlar (Xalqaro huquq kursi 1989, – 10 b.).
Bu ta’riflarning hech biri obyekt mazmunini to‘la ochib berolmagan. Ularning vazifasi faqatgina obyekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, balki uning mohiyati va spesifikasini aniglab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin