XM tahlilining keng tarqalgan kriteriyalari
Jadval. 1.1
Kriteriyalar
|
Mutaxasis
ning F.I.SH.
|
XM tushunchasi
talqin qilish
|
Ishtirokchilar spesifikasi va XM ning o‘ziga xos tabiati
|
Raymon Aron
|
Siyosiy birliklar o‘rtasidagi munosabatlar, harakatdagi shaxs – davlat. XM – jamiyatning tabiiy, fuqarolik jamiyatidan oldingi holati. Ramziy personajlar-diplomat va askar.
|
|
D. Kapora’zo
|
Harakatdagi shaxs – davlat emas, balki sinflar, ijtimoiy – siyosiy guruhlar va siyosiy kuchlar.
|
|
D. Singer
|
XM ning barcha imkoniy ishtirokchilari xulqi: individdan global hamjamiyatgacha.
|
|
J. Rozenau
|
Harakatdagi shaxs – bir-biri bilan davlatning minimal vositachiligi orqali yoki hatto uning (davlatning) irodasiga qarshi munosabatlarga kirishuvchi aniq shaxslar. Ramziy personajlar – turist va terrorist.
|
Lokalizatsiya mezoni
|
M. Merl
|
XM- chegaralarni kesib o‘tadigan yoki chegaralarni kesib o‘tish tendensiyasiga ega kelishuvlar va oqimlar majmui.
|
XM tushunchasini ta’riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‘ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. XM, shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin.
Quyidagi mezonlar asosida XMning ikki turi ajratiladi:
1. Kuchlar balansi;
2. Manfaatlar balansi.
Xalqaro munosabatlar
ijtimoiy hayot sohasi bo’yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi;
ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi;
intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi;
geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Yevropa, Osiyo va b.) xalqoro o‘zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi;
keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi.
XMning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spesifikasi sababli XMning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. Shu jihatdan XMni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |