Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Tojikiston hukumati Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi aloqa



Yüklə 377,49 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü377,49 Kb.
#209409
1   2   3   4   5   6   7
tojikistonda quloq qilish

1.2 Tojikiston hukumati Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi aloqa
Tojikiston hukumati Rossiya Federatsiyasi bilan yaqin ittifoq tuzishga tayanadi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladi. Hozirgi vaqtda Tojikiston agrar-industrial davlat bo ‘lib, dunyodagi eng kambag‘al m am lakatlardan biridir. XVF hisobiga ko‘ra 63 foiz aholi kambag‘al yashaydi. Uzoq davom etgan urush iqtisodning tushkunligiga olib keldi. YAIM 1995-yilda 1991-yilga nisbatan 41 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida aholining 31, sanoatda 29, xizmat ko‘rsatishda 40 foizi banddir. 1 mln dan ortiq tojiklar Rossiyada ishlaydilar. Ular 2005-yilda rasmiy ravishda 247 mln dollar pulni Tojikistonga o ‘tkazdilar. Ba’zi mamlakatlarga ko‘ra yuborilayotgan pul 1 dollargacha yetadi. Lekin bu pullar investitsiya qilinmay, kundalik talablarga ishlatiladi. 2005-yilda aluminiy eksporti 550 mln dollarni tashkil etdi. Eksport importga nisbatan 250 mln dollar kam. 2007-yilda YAIM 3,353 mlrd dollarni tashkil etdi va aholi jon boshiga 522 dollardan to ‘g‘ri keldi. Tojikiston — M DH a’zosi, fuqarolik urushidan keyin ko‘p mamlakatlar bilan ham korlikni rivojlantirmoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkilotida ishtirok etadi. Xulosa qilib aytganda, M HD mamlakatlari tarixan qisqa muddatda bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o ‘tishda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini vujudga keltirishda xilma-xil qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar. Ularning ba’zilarida bu muam m o qisman hal bo‘lsa-da, ba’zilarida hamon davom etmoqda. Ushbu muammolar deyarli barchasida bir xil bo‘lib, quyidagilardir: — ijtimoiy-siyosiy hayotni barqarorlashtirish, mamlakatda huquqiy demokratik davlat tuzish; — bozor iqtisodiyotining uzluksiz ishlaydigan chinakam mexanizmini yaratish; — aholini ish bilan ta’minlash, ularning normal yashashi uchun sharoit yaratish; — dunyo hamjamiyatida mustahkam o ‘rin egallash; — mamlakat xavfsizligini ta’minlash, turli terroristik, diniy-ekstremistik guruhlardan xoli bo‘lish, ular xavfini bartaraf qilish; — ekologiya tangligi, yerni asrash, toza suv muammolari va boshqalar.
Tojiklar (tojikcha: Тоҷикон, dariycha: تاجیکان [tɔː'ʤɪk], forscha: تاجیکان) — Markaziy Osiyodagi xalqdir. Tojiklar eroniy xalqlardan biri boʻlib fors-tojik kontinuumining turli lahjalarida gaplashadi va hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston hamda Pokistonda joylashgan hozirgi Eronning sharqi va shimoli-sharqidagi hududlarda istiqomat qiladi. Tojiklarning tarixiy yashash hududi Amudaryo (Panj)ning yuqori oqimi havzasini, Murgʻob va Kobulning quyi oqimi, Zarafshon vodiysi, Zarafshon daryosi havzalari atrofi, Fargʻona vodiysi, Sirdaryo havzalari, shuningdek, Hilmand hamda Argʻandab havzalarini qamrab oladi. Afgʻonistondagi Herirud va Xamun koʻli havzalarining fors tilida soʻzlashuvchi aholisi odatda tojiklar deb ataladi. Tojiklarning umumiy soni, turli maʼlumotlarga koʻra, 30 million kishigacha. Afgʻonistonda Tojikistondagidan koʻra koʻproq tojikistonliklar yashaydi. Afgʻonistonda — 17 milliondan[5] 15 milliongacha[6], Tojikistonda — 8 milliondan ortiq[7] Oʻzbekistonda esa 1,3 milliongacha tojik bor[8], Xitoyning sharqida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar.
Asosiy qismi fors tili (tojik tili)da soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eroniy tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. Tojiklar asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod[9]. Tojik xalqining shakllanishida avval miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid uzoq etnogenetik jarayonlar asos boʻlgan[10].
Tarixiy tadqiqotlarga koʻra, tojiklarning ajdodlari miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarining 2-bosqichida Oʻrta Osiyoning bepoyon hududiga tarqalgan sugʻdiylar, baqtriyaliklar, parkonlar (qadimgi fargʻonaliklar) va saklarning oʻtroq va koʻchmanchi eroniyzabon xalqlaridir.
IX-X asrlarda Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tojiklarning etnik oʻzagining shakllanish jarayoni ham yakunlandi. Somoniylar davrida mintaqada hukmron tilga aylangan umumiy fors (tojik) tilining tarqalishi bilan chambarchas bogʻliq edi[10]. X asr oxirida Somoniylar davlati parchalanib, turkiy sulolalar kuchaygach, Oʻrta Osiyoda siyosiy hokimiyat turkiy tilli xalqlar qoʻliga oʻtdi. Turkiy, keyinroq moʻgʻul qabilalari yangi toʻlqinlarda hozirgi tojiklarning ajdodlari yashaydigan dehqonchilik rayonlariga kirib keldi, oʻrta asr tojiklarining koʻp asrlik assimilyatsiya va turklashuv jarayoni, ayniqsa tekisliklarda, kamroq darajada togʻli va katta shaharlar hududlarda boshlandi.
Britannika entsiklopediyasida tojiklarning etnogenezi boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltirilgan[11]:
Tojiklar Eron xalqlarining bevosita avlodlari boʻlib, ularning Oʻrta Osiyo va Shimoliy Afgʻonistonda doimiy mavjudligi miloddan avvalgi 1 ming yillik oʻrtalaridan tasdiqlangan. Tojiklarning ajdodlari Transoksaniya (Soʻgʻdiyona) tarkibiga kirgan Xorazm va Baqtriyaning qadimgi aholisining oʻzagini tashkil qilgan. Vaqt oʻtishi bilan qadimgi tojiklar qoʻllagan Sharqiy Eron shevasi oxir-oqibat oʻz oʻrnini Eron va Afgʻonistonda soʻzlashuvchi gʻarbiy sheva boʻlmish fors tiliga boʻshatib berdi
.
Pomirda yashovchi tojiklar, sharqiy eroniy tillarining turfa dialektlarida soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini Tojiklarning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar. Sababi Tojiklarning eng qadimgi ajdodlari baqtriyaliklar, soʻgʻdlar, qadimgi xorazmliklar, saklar sharqiy eroniy tillarda soʻzlashishgan. 9-asrda arab bosqinidan soʻng asli balxlik eroniylar xonadoniga mansub Somonxudot avlodlari Markaziy Osiyoda ulkan davlatga asos solishadi. Somoniylar deb atalmish ushbu davrda hukmdorlar uygʻonish davrini boshlab berishadi va aynan fors tilini davlat tili deb eʼlon qilishadi. Natijada Buxoro va Balx Somoniylar davrida Yangi Fors tili vujudga kelishi va rivojlanishiga tayanch boʻlib xizmat qiladi. Arab va fors tillari eng muhim tillarga aylandi. Jumladan, arab bosqini natijasida sharqiy eroniy tillariga kiruvchi soʻgʻd tili barham topgan va oʻlik tillar qatoriga kirgan edi. Uning oʻrnini esa gʻarbiy eroniy tillaridan biri Fors tili egallaydi va keyinchalik aynan Somoniylar davrida Sharq adabiyotining tayanch tiliga aylanishiga debocha yaratiladi. 20-asr Tojiklar, uchun eng ogʻir davr hisoblanadi. Aynan Erondagi forslar va hozirgi hududlarda yashayotgan tojiklar bir til — Fors tilida suhbatlashishlariga qaramasdan, Markaziy Osiyolik Tojiklar,ning yozuvi kommunistlar tomonidan kirill alifbosiga oʻzgartirildi va unga xalq nomidan kelib chiqib tojik tili deb nom berildi.
Tojiklarning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, binokorlik va hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan2.


Yüklə 377,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin