Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati


Tashqi siyosatdagi yangicha yo‘nalish



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə11/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

4.3. Tashqi siyosatdagi yangicha yo‘nalish.
Xalqaro maydonda tenglik darajasiga erishish uchun Meiji hukumati odatiy diplomatik va harbiy usullar bilan bir qatorda, bizning zamonamizda odat tusiga kirgan, ammo XIX asr uchun yetarli darajada yangi hisoblangan usuldan ham foydalangan. Gap o‘z milliy madaniyatini targ‘ib qilish orqali xalqaro jamiyat nigohida mamlakatning jalb qiluvchi ko‘rinishini maqsadli shakllantirish haqida ketmoqda.
Bu maqsadga erishishda, Yaponiyaning turli xildagi xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy qatnashishi asosiy rol o‘ynadi. Xalqlar ishlab-chiqarish, savdo-sotiq, madaniyat kabi sohalarda o‘z yutuqlarini namoyish qilgan bunday ko‘rgazmalar o‘sha davrda yangi hodisa edi. Ularning birinchisi 1851-yilda, Londonda o‘tkazildi.
Yaponiya o‘zini G‘arbga ilk marotaba 1862-yil Londonda va 1867-yil Parijda namoyish etdi, ya’ni Meiji inqilobidan oldin. Yaponiya bu ko‘rgazmalarda xalqaro maydonga namoyish etishi mumkin bo‘lgan jihati – milliy madaniyatini taqdim etdi. Bunday siyosat yevropaliklar nigohida Yaponiyaning o‘ziga xos jalb qiluvchi ko‘rinishini shakllantirishga qaratilgan edi va bu o‘z mahsulini berdi. Bu ko‘rgazmalarda Yaponiya san’ati, xususan o‘ymakorlik, shubhasiz, g‘arbliklarni lol qoldirdi. Fransiya yapon san’ati kundalik hayotiga kirib borgan va, hatto, zamonaviylik darajasigacha ko‘tarilgan ilk davlat bo‘ldi. Ilgari Uzoq Sharq madaniyati, asosan, Xitoy bilan bog‘liq bo‘lsa-da, endilikda Yaponiya ham o‘z hissasiga ega bo‘ldi.
Keyinchalik, yaponlar o‘z taqdimotlarini Venada(1873-y.), Filadelfiyada(1876-y.) Parijda(1878-y.,1900-y.), Chikagoda(1893-y.) va boshqa joylarda o‘tkazishdi. Ko‘rgazmalarda ishtirok etish, ularga katta miqdorda pul ajratgan yapon hukumati uchun siyosiy ahamiyat kasb etdi. Yaponiyaning Chikagodagi taqdimoti uchun 630 ming yen, 1900-yilda Parijdagi taqdimoti uchun esa 1,3 mln. yen sarflandi. Keyinchalik, nafaqat markaziy hokimiyat, balki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari va xususiy korxonalar ham xarajatlar uchun pul ajrata boshladi. Ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun tayyorgarlikni Qishloq xo‘jalik va savdo vazirligi huzurida maxsus shakllantirilgan bo‘linma olib borgan.
Yapon hukumati xalqaro ko‘rgazmalarga rivojlanishga erishish, yaponlarning g‘arb madaniyatiga moslashishining yuqori darajasini ko‘rsatish sifatida qaragan. Buning ustiga, yevropaliklar nigohida Yaponiyani Xitoyga qarshi qo‘yishda, u bilan “rivojlangan mamlakatlar”ga kabi munosabatda bo‘lish mumkin bo‘lgan zamonaviy davlat sifatida taqdim etish yo‘lida harakatlar olib borilgan. Shu usul orqali yapon hukumati G‘arb jamiyatini teng bo‘lmagan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish kerakligi haqidagi fikrga yo‘naltirgan.
Bunday tashviqot usullarini yapon siyosatining aniq maqsadlariga erishishini qanchalik yaqinlashtirganidan qat’i nazar, shubhasiz, muvaffaqiyatli deb hisoblasa bo‘lar edi. Maqsadli yapon tashviqoti Yaponiyaning yevropaliklar tomonidan quyi irq yashaydigan mustamlakachilik hududi va dunyoviy siyosatning subyektidan ko‘ra obyekti sifatida hisoblangan Sharq mamlakatlari qatoridan chiqishi uchun psixologik asos yaratdi. Bunday yangi usulning tashqi siyosatda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi yapon hukmron qatlamining mamlakatni rivojlantirish ishidagi moslashuvchanligini va tayyorligini ko‘rsatdi.

Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin