III BOB. Rus-yapon munosabatlari rivoji Rossiya ham AQSh va yevropa davlatlari kabi Uzoq Sharqda o‘z o‘rnini mustahkamlash maqsadida bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, Rossiya tashqi siyosatida janubiy hududlari yaponlar tomonidan faol egallanayotgan Saxalin ahamiyati keskin oshdi.
3.1. Saxalin ustidan nazorat o‘rnatish uchun raqobat. 1855-yildagi Simod traktatiga ko‘ra, Saxalin ikki tomon o‘rtasida bo‘linmagan edi. Yaponiya Rossiyaning Qrim urushi oqibatidagi og‘ir ahvolidan foydalanib, uning butun orolga egalik qilishi huquqini tan olishni rad etdi. Ammo, 1856-yilda Rossiya Qrim urushi oqibatida Saxalinni egallashdagi to‘xtab qolgan harakatini davom ettirdi, negaki, bu Uzoq Sharqda imperiya uchun strategik ahamiyatga ega edi.
1867-yilda Peterburgda Saxalinga teng ravishda egalik qilish huquqini beradigan vaqtinchalik kelishuv imzolandi, kelishuv ikkala davlat fuqarolarining unda erkin harakat qilishini tan oldi. Natijada, orol aholisi – yaponlar, ruslar va aynular o‘rtasida doimiy kelishmovchiliklar vujudga keldi.
Sharqiy Sibir general-gubernatori Saxalinga ko‘chmanchi dehqonlar guruhini yuborib, harbiy kuchlar nisbatini ko‘tarib, rus xususiy korxonalariga ko‘mir konlarini izlab topishga ko‘plab imkoniyatlar taqdim etish niyatida bo‘lgan. O‘z navbatida, Meyji inqilobidan so‘ng yaponlar orolning janubiy qismiga katta qiziqish bildira boshlashdi. Ruslarning harakatini cheklash uchun yapon hukumati 1868-yilning o‘rtasida orolda, uning qishloq-xo‘jalik va baliqchilik uchun juda qulay hududlari Yaponiyaga tegishli ekanligini anglatuvchi belgilar qo‘yib chiqishga buyruq berdi. Bundan tashqari, yaponlar ruslar tomonidan kashf etilgan ko‘mir konlarini o‘zlashtirishdi, bu ishda ularni g‘arb qo‘llab quvvatladi. Buning hammasini hisobga olgan holatda, chor hukumati Yaponiya bilan Rossiyaning butun Saxalinga egalik qilish huquqini belgilash uchun muzokaralar boshlab yubordi.
Buni amalga oshirish, nafaqat Rossiya va Yaponiyaning, balki AQSh va yevropa davlatlarining maqsadlari va raqobati sababli murrakkab bo‘lgan. Xususan, g‘arb Saxalinni ham, Xokkaydoni ham mustamlakaga aylantirmoqchi edi. Inglizlar Susima orolini, Xakodate va Aniva shahrlarini ijaraga olishga, yapon sohillarida harbiy qarorgohlar tashkil etishga, va shu bilan, Rossiyani Tinch Okeanidan uzib qo‘yishga harakat qilishgan.
Saxalin muammosini hal qilish uchun AQSh 1869-yilda Meyji hukumatiga, 2 yil oldin o‘zi Alyaska masalasida yo‘l tutganidek, uni Rossiyadan sotib olishni maslahat berdi. AQShning bu ishdagi vositachiligi, yaponlarning chegarani 50-parallel orqali otkazish yoki orolning janubiy hududini sotib olish to‘g‘risidagi taklifi bilan birgalikda Rossiya tomonidan rad etildi.
Faol rus-yapon muzokaralari 1872-yilda, ko‘p ishlarda o‘zini ko‘rsatgan Yaponiyadagi Rossiya bosh elchisi – Ye.K.Byutsovning Tokioga yetib kelishi bilan boshlandi. Ammo, muzokaralar tashqi va ichki siyosat bo‘yicha Yaponiya ichki hukumatidagi kelishmovchiliklar sababli murakkablasha bordi. Koreya yarimoroliga yurish qilish rejalaridan bosh tortish qarori, Byutsov bevosita aloqada bo‘lgan harbiy bo‘lim boshlig‘i – Soejima Taneomining ishdan ketishiga olib keldi.
Yapon hukumati AQSh va yevropa davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga tayanib, Janubiy Saxalinga egalik huquqini Rossiyaga berishdan ko‘proq foyda olish uchun unga bosim o‘tkaza boshladi. Shu bilan birgalikda, uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchilar (m.u. Xokkaydo va Janubiy Saxalinni mustamlakaga aylantirish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kuroda Kiyotaka) fikricha, Yaponiya Rossiya bilan to‘qnashuv oldini olish va asosiy kuchini Xokkaydoni egallashga yo‘naltirish uchun Saxalindan voz kechishi kerak edi.
Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasida yangi belgilangan mas’ul shaxsga, boshqa davlatlarning Yaponiya ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik va Yaponiyani orolda chegara o‘tkazilishi masalasini hal qilmasligiga ishontirish vazifasi yuklatilgan. Ko‘rsatmada : “Shu sababli siz doimo nazarda tutishingiz kerak bo‘lgan natija shuki, butun orolning bizga taqdim etilishi, uning geografik holati orolga egalik qilishni Sharqiy Sibir qirg‘oqbo‘yining kelajakda rivojlanishi uchun birinchi darajali qiladi” – deya belgilab qoyilgan edi.