Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati


Yapon-koreys munosabatlarining keskinlashuvi



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə5/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

2.2. Yapon-koreys munosabatlarining keskinlashuvi.
70-yillar oxiri – 80-yillar boshidagi Koreyadagi vaziyatni “turg‘un davr” deb atasa xato bo‘lmaydi. U yerda hokimiyat uchun shafqatsiz kurash davom etayotgan edi. Ichki boshqaruv doiralaridagi tozalashlarga og‘ir iqtisodiy ahvol va, ko‘p hollarda, qonli to‘qnashuvlar bilan yakunlanadigan chet el davlatlariga qarshi kayfiyatlar qo‘shildi. U yerdagi vaziyat ma’lum darajada Meyji inqilobidan oldingi Yaponiyaning vaziyatiga o‘xshar edi, ammo Koreyada “ochilish” yoki “yopilish” masalasi mamlakat mustaqilligiga erishish vositasi sifatida ko‘rilmagan va saroy guruhlarining o‘zaro kurashlari yorqin vatanparvarlik tusiga ega bo‘lmagan.
O‘z navbatida, Yaponiya har tomonlama, cheklovlarsiz Koreyaning ichki siyosiy ishlariga aralashishni davom etdi. Ammo, bu mamlakatni egallash yo‘lida, eng avvalo, u, o‘z siyosatchilari keskinlashishi noo‘rin deya hisoblagan – Xitoy bilan bo‘lgan munosabatlarini tartiblashtirishi zarur edi. Bu uchun xitoyliklarni Yaponiya Koreyani egallashga emas, balki uni ochiq mamlakatga aylantirishga qiziqish bildirayotganligiga ishontirish kerak edi. 1876-yilgi yapon-koreys shartnomasida qayd etilgan Koreya mustaqilligi, uni asrlar davomida ma’lum darajada rasman (Sin saroyiga har yilgi sovg‘a-salomlar jo‘natish, Koreya qiroliga boshqaruv mandatini taqdim etish) o‘ziga qaram holatda saqlab kelayotgan Xitoy tomonidan tan olinmagan. Shunday bo‘lsa ham, Koreya mustaqilligi Xitoy obro‘siga qattiq zarba berdi.
Yapon-koreys tinchlik va do‘stlik shartnomasiga qaramasdan, Koreyaning hukmron doiralarida Yaponiyaga nisbatan yomon munosabat keng tarqalgan edi. Shuningdek, Koreya tomonidan shartnomani imzolagan shaxslar ham shunday fikrda bo‘lishgan. O‘z navbatida, Xitoyga nisbatan fikrlar ijobiy bo‘lgan, chunki ko‘plar uni Koreya milliy qiziqishlari qo‘riqchisi deb hisoblashgan.
Xitoy, o‘z o‘rnida, shu kabi kayfiyatlarning yuzaga kelishini rag‘batlantirgan. Shunday qilib, Sin saroyida tashqi siyosat boshqaruvchisi- Li Xunchjan koreys qiroliga atalgan xatida quyidagilarni yozgan:
Yaponiya so‘nggi yillarda g‘arb mamlakatlarining qarashlari va odatlarini o‘zlashtirdi, shuningdek, o‘zining rivojlanishi uchun qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ammo, hozirda uning g‘aznasi bo‘sh, qarzlar esa yil sayin o‘sib bormoqda. Shu sababli, u o‘zining iqtisodiy holatini biroz yaxshilash uchun istilochilik siyosatini olib borishga majbur. Ma’lumki, u bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlar juda ehtiyotkor bo‘lishi zarur. Koreya Yaponiyadan shimolda joylashgan, Formoza esa – janubda, aniqki Yaponiya hammadan ko‘ra aynan shu malakatlarga intilmoqda. Yolg‘onchilikka asoslangan bu malakatning baxilligi, oxir-oqibat, u o‘ziga qo‘shib olgan Ryukyu orollaridagi voqealarda yorqin ko‘zga tashlandi. Sizning mamlakatingiz ehtiyot bo‘lganligi ma’qul”
Koreyani qo‘rqitish orqali, Xitoy uning ustidan rasmiy boshqaruvni amaldagiga aylantirish niyatida bo‘lgan. Ammo, o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlagan xitoylik siyosatchining fikri haqiqatdan yiroq bo‘lmagan.
1882-yilda Koreyada Yaponiyaga qarshi chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Bu voqea, raqobatchi tomonlardan biri, ko‘p oylar davomida maoshsiz qolgan Seul garnizoni12 harbiylaridan o‘z maqsadida foydalangan paytda, saroy to‘ntarishi sifatida boshlandi. Bu uyushmaning maqsadi o‘z raqiblarini yo‘qotib, xalq noroziligini yaponlarga qarshi yo‘naltirish edi. Yapon elchixonasi hujumga uchradi. Bir necha zobitlar o‘ldirildi va butun elchixona vakillari Inchxondagi ingliz kemasidan bosh pana topishdi.
Bu voqealar Yaponiya hukmron doiralariga katta ta’sir qildi. Va, yana, ko‘plar tezkor harbiy harakatlar uchun ovoz berdi, ammo bu taklif imperator tomonidan rad etildi. Koreyaga vaziyatni o‘rganish uchun bir necha harbiy kemalardan iborat guruh jo‘natildi.
Yaponiya Koreyaga jarima haqi to‘lashi zarurligi talabini qo‘ydi, ammo Xitoy tomonidan yordamga ishongan koreyslar bu talabga tezda rozi bo‘lmadi. Gap shundaki, koreys tuzilmalaridan birining talabiga binoan Li Xunchjan Seulga yapon harbiy harakatlariga qarshi turishi mumkin bo‘lgan Xitoy qo‘shinini jo‘natdi. Lekin, oxir-oqibat, Li Xunchjan Koreyaga muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishni maslahat berdi.
1882-yil oxirida Chemulpoda yapon-koreys shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Koreya 20 kun ichida yaponlarga hujum qilganlarni jazolash majburiyatini oldi. Bu ishni rasmiy yapon vakillari huzurida bajarish shart bo‘lgan. Yaponiya 500 ming iyena miqdorida kontributsiya13 belgiladi, shuningdek, o‘z vakillarini himoya qilish uchun Seulda qo‘shinini ushlab turish huquqini oldi. Bu kelishuvga qo‘shimcha ravishda yapon kemalari kirib-chiqishi uchun yana bir port ochildi va hamma portlarda yaponlar hech qanday to‘siqlarsiz harakatlana olishi mumkin bo‘lgan hududlar kengaytirildi. Yapon elchilari Koreyaning butun hududi bo‘yicha o‘z oilalari bilan erkin sayohat qilish imkonini olishdi, buning ustiga mahalliy hokimiyat ularning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan.
Yaponiya foydasiga hal bo‘lgan kelishmovchilik teskari natijaga olib keldi: yaponlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatlari kuchaydi va Xitoy bilan aloqalar kengaydi. Xitoy maxsulotlari koreys bozorlarida yapon mahsulotlarini siqib chiqara boshladi. Aynan shu paytda, g‘arbiy mamlakatlar Yaponiya kabi Koreya bilan savdo shartnomalarini imzolashdi: Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniya – 1883-yilda, Rossiya – 1884-yilda. Buning ustiga, AQSh Yaponiya kabi Koreyani Xitoyga qaram deb tan olmadi.

Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin