Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI YAPONSHUNOSLIK FAKULTETI
“Mamlakatshunoslik” fanidan KURS ISHI
MAVZU: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati
Bajaruvchi: 3-bosqich, yapon-ingliz guruhi talabasi
Bekzod Davronov
Ilmiyrahbar: Imomnazarov Qahramon
Toshkent – 2022
MUNDARIJA KIRISH3 I BOB. Yaponiya tashqi siyosiy yo‘nalishining shakllanishi5 1.1. Ryukyu orollarining qo‘shib olinishi6 1.2. Formuzaga qarshi harbiy yurish6 II BOB. Yaponiyaning Koreyaga nisbatan siyosati8 2.1. 1876-yildagi Yaponiya-Koreya shartnomasi8 2.2. Yapon-koreys munosabatlarining keskinlashuvi10 2.3. Koreyada yapon to‘ntarishi12 2.4. Li-Ito konvensiyasi13 III BOB. Rus-yapon munosabatlari rivojlanishi15 3.1. Saxalin ustidan nazorat o‘rnatish uchun raqobat15 3.2. 1875-yildagi rus-yapon kelishuvi16 IV BOB. Yaponiyaning teng bo‘lmagan shartnomalarning bekor qilinishi uchun kurashi19 4.1. Ivakura missiyasi19 4.2. Muzokaralarning keyingi bosqichlari20 4.3. Tashqi siyosatdagi yangicha yo‘nalish22 4.4. Xalqaro tenglik darajasiga erishish23 XULOSA25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR27
Kirish. Yaponiyaning g‘arb davlatlari bosimi ostida o‘z chegaralarini butun dunyo uchun ochganidan so‘ng, u o‘z mustaqilligini yo‘qotishi mumkinligi kabi xavfga duch keldi. Boshqa Osiyo mamlakatlaridan farqli ravishda, Yaponiya bunday vaziyatdan chiqib keta olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uchun Yaponiya, uni butkul o‘zgartirib yuborgan, katta miqdordagi keskin o‘zgarishlar joriy etishi zarur edi.
Bu o‘zgarishlar shunchalik tez va muvaffaqiyatli ediki, ular o‘ziga chet elliklar e’tiborini qaratmay qolmadi. Aynan ularni o‘rganib chiqish natijasida, o‘z o‘rnida modernizatsiya1 tushunchasi vujudga keldi. Modernizatsiya so‘zi ostida, eng birinchi navbatda, an’anaviy (yoki sharqiy) jamiyatni zamonaviy (g‘arbiy) jamiyatga o‘zgartirish jarayoni tushunilgan. Gap, rivojlanishning muhim omili bo‘lgan ga‘rb texnologiyasi, ilm-fani va texnikasini keng miqyosda o‘zlashtirish haqida ketgan. Shunday qilib, “g‘arbiy” so‘zi “ilg‘or” kabi ma’no kasb eta boshladi.
Yaponiya o‘z chegaralarini ochgach, o‘zini ilg‘or g‘arb mamlakatlari qatorida ko‘rishni maqsad qildi. Bu yo‘lda u faol tashqi siyosat olib bora boshladi. Yaponiyaning bir necha hududlarga qilgan harbiy yurishlari, uning uchun imperiya qudratini jahonning buyuk davlatlariga namoyish etishiga imkon yaratdi.
G‘arb tomondan qarshiliklarga qaramay Yaponiya barcha teng bo‘lmagan shartnomalarni yo‘q qilishga, Osiyoda Xitoydan tashqari o‘z buyukligini saqlab qolgan imperiya mavjudligini G‘arbga namoyish etishga erishdi. Buning ustiga, u o‘zining hududlarini kengaytirdi, ko‘pgina qo‘shni yerlarni bosib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Endilikda Yaponiya g‘arbliklar nigohida ilgarigidek mustamlaka emas, balki Uzoq Sharqda ular bilan mustamlakalar uchun kurash olib bora oladigan, ularga qarshi chiqa oladigan mamlakat sifatida shakllandi.