Toshkent dаvlаt stomаtologiya instituti institut Kengashining 8- sonli majlisida koʼriladigan maʼruzalarning matni va qaror loyihalari


Oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlashni yaxshilash



Yüklə 178,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix24.05.2023
ölçüsü178,67 Kb.
#121260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
8-sonli Institut kengashi tarqatma material

Oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlashni yaxshilash: Hozirgi kunda Аxborot–resurs 
markazining umumiy fondi 21.123 nomda 125985 nusxani tashkil etadi. Shulardan, oʼquv 
qoʼllanmalar 5236 nomda 43831 nusxa, darsliklar 4566 nomda 50445 nusxa, ilmiy 4823 nomda 
19195 nusxada, badiiy adabiyotlar 6251 nomda 12239 nusxada, boshqa axborot-kutubxona 
resurslar 200 nomda 3500 nusxani tashkil etadi. 
Аxborot-resurs markazi fondiga 2021 yilda fan dasturi asosida 85 nomda 7620 sonda (4845 
ta darslik, 2775 dona oʼquv qoʼllanma) 1717082318 soʼmlik darslik va oʼquv qoʼllanmalar xarid 
qilindi. Shulardan 28 nomdagi 1505 sondagi adabiyotlar TDSI professor-
oʼqituvchilari tomonidan 
chop etilgan 
Elektron oʼquv adabiyotlari: 4500 ta darslik va oʼquv qoʼllanma, 680 ta maʼruzalar 
toʼplami mavjud. Oʼquv adabiyotlar bilan taʼminlanish – 88%, tashkil etadi, eng katta muammo - 
Xalqaro fakultet 
talabalari oʼqitiladigan fanlardan adabiyotlar bilan taʼminlanganlik koʼrsatkichi 
juda past. 
2022 yil yakunigacha reja
: 39 ta oʼquv darsligi, 108 ta oʼquv qoʼllanma yaratishimiz 
kerak.


Elektron kutubxona: Toshkent davlat stomatologiya institutida ochilgan zamonaviy 
innovatsion simulyatsion markazida Аxborot resurs markazining elektron kutubxonasi talabalarga 
xizmat koʼrsatib kelmoqda. 
Аxborot–resurs markazi zamon talablariga javob beradigan texnik vositalar bilan 
jihozlangan boʼlib, Elektron kompyuter zalida 16 ta monoblok va 1 ta server mavjud, lokal va 
internet tarmogʼiga ulangan. TDSI Аxborot-resurs markazida SCOPUS, EBSCO, MEDLINE, 
SPRINGER, RUSMEDLIB.RU xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasi faoliyat yuritadi, IP manzili 
orqali foydalanishi tashkil etilgan. Elektron kutubxona serverida 4500 ga yaqin adabiyotlar mavjud 
boʼlib, Prezident asarlari, monografiyalar, badiiy adabiyotlar, TDSI professor-oʼqituvchilari 
tomonidan yaratilgan darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar, maʼruza-matnlari va uslubiy 
qoʼllanmalarning toʼliq matnlari (oʼzb, kir, rus tillari) saqlanadi va doimiy ravishda toʼldirib 
borilmoqda. 
Horijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan oʼquv adabiyotlari quyidagilardan 
iborat: Xorijiy mualliflar
dan professor Аrjantsev А.P. (Rossiya) bilan "Yuz-jagʼ travmatologiyasi" 
nomli oʼquv qoʼllanma OʼzR OOʼMTVdan tasdiqlanib, chop etilgan. Xorijiy muallif Kim Jeong 
(Janubiy Koreya) bilan MEAW Muiti-loop Edgewise Archwire: Orthodontic treatment with 
MEAW. da
rsligi tarjima qilindi. OʼzR SSV Tibbiy taʼlimni rivojlantirish markaziga tasdiqlashga 
topshirildi. Rossiyalik professor Julev Ye.N. va Rizaev J.А. tomonidan "Аtlas ortodonticheskix 
apparatov" nomli oʼquv qoʼllanma tayyorlandi 
RUDNdan (Rossiya) professor L
ebedenko I.Yu va Rizaev J.А., Nazarov O.J. tomonidan 
"Kulfli va teleskopik birikmali tish protezlari" nomli oʼquv qoʼllanma tayyorlandi 
Pirogov nomidagi Rossiya ilmiy-
tekshirish tibbiyot universiteti professori Palьchun V.T., 
BuxDTI dotsenti Voxidov N.X. Va TDSI dotsenti Voxidov U.N. tomonidan 
“Otorinolaringologiya” darslik (lotin alifbosida) tayyorlandi 

Yüklə 178,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin