Keltirilgan masala boʼyicha qaror loyihasi:
1.
2021/2022 oʼquv yilidan boshlab oʼquv rejalarini OTM mustaqil tuzishini inobatga
olgan holda, o’quv rejalar yaratilishiga tayyorgarlik ko’rilsin;
2.
Kredit-
modul tizimiga oʼtishda oʼquv reja va dasturlar qayta koʼrib chiqilsin, fanlar
katalogini
yaratilsin;
3.
Barcha kafedra professor oʼqituvchilari tomonidan interaktiv oʼqitish
usullarini
qoʼllanishini yoʼlga qoʼyilsin;
4.
Xorijiy mutaxassislarni xalqaro almashinuv asosida dars jarayoniga jalb qilinsin,
hamda ular bilan hammuallifl
ikda oʼquv adabiyotlari yaratilsin;
5.
Institutdagi oʼquv laboratoriyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʼliq jihozlash
choralari koʼrilsin;
6.
Professor-
oʼqituvchilar tomonidan
elektron darslik, innovatsion oʼquv adabiyotlar
yaratilsin;
7.
Mutaxassislik fanlari b
oʼyicha amaliy koʼnikmalarni oʼrgatishga asoslangan taʼlim
yoʼlga qoʼyilsin;
8.
Institut saytida talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun elektron maʼlumotlar
bazasini boyitilsin.
2-masala.
Kuzgi semestr boʼyicha professor-oʼqituvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilish
holati.
Maʼruzachi: Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlim boshligʼi t.f.d., dotsent U.N.Vohidov
Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-o‘qituvchilari faoliyatini 2021-2022 o‘quv
yili kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha monitoring
HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 avgustdagi “Tibbiyot va farmasevtika oliy
va o‘rta maxsus kasb hunar ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy
hujjatlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentabrdagi “Oliy ta’lim
muassasasi professor-
o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-
shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 20-2018-sonli buyrug‘i,
Toshkent
davlat stomatologiya instituti rektorining «Toshkent davlat stomatologiya institutida professor-
o‘qituvchilari orasida 2021-2022 o‘quv yili kuzgi semestri yakunlari bo‘yicha monitoring
o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022 yil 1 martdagi 68/AF-sonli buyrug‘iga asosan
ishchi guruh tashkil
qilindi.
Institutdagi 502 nafar professor-o‘qituvchi 2021/2022 o‘quv yili yakunida o‘zining
pedagogik faoliyatini tasdiqlovchi xujjatlarini rektor tomonidan
tasdiqlangan ishchi guruh
a’zolariga taqdim qilishdi va bajarilgan taqsimot natijalari o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor
ishtirokidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan tahlil qilindi.
Dostları ilə paylaş: