Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida istehmolchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- mahsulotlarning o‘zaro bir - birining o‘rnini bosishini va bir-biriga monandligini tahminlash;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
- resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, xavf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obhektlarining xavfsizligini tahminlash;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan tahminlash;
- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini tahminlash;
- o‘lchashlarning yagonaligini tahminlash
Standartlashtirishning asosiy vazifalari
Standartlashtirishning asosiy vazifalari
iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish;
- davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi mehyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlardan nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini tahminlash;
- bir-biriga mosligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaro almashinuvchanligini tahminlash;
- parametrik va turlar o‘lchovi katorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish;
- mahsulot, uning tarkibiy kismlari, buyumlari, xom-ashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
- material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo‘llash;