Cho’g’lanma lampochkaning R qarshiligini aniqlash:
Nazorat savollari: 1. O’zgarmas elektr kokining tavsifi nimada ?
2. Elektr toki bajargan ish nimalarga bog’liq?
3. Elektr toki quvvati va uning birligini tushuntiring?
4. Omik qarshilik va uning birligini tushuntiring?
9 – laboratoriya ishi:
UITSON KO’PRIGI YORDAMIDA NOMA’LUM QARSHILIKNI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Tajribada o‘tkazgich noma’lum qarshilikni ŏzgarmas tok kŏprigi ya’ni, Uitson ko’prigi yordamida yordamida aniqlash.
Kerakli asbob vajihozlar:1. Galvanometr, 2. Qarshiliklar magazini. 3. Reoxord. 4. O’zgarmas tok manbai. 5. Kalit. 6. Qarshiliklari aniqlanadigan ŏtkazgichlar (ikkita g’altak). 7. Ulash simlari.
Nazariy ma’lumotlar: Amalda qarshilikni ŏlchash uchun Ch.Uitson kŏprigining 1-rasmda kŏrsatilgan sxemasidan foydalaniladi. Bu erda noma’lum qarshilik Rx kŏprigining bitta elkasini tashkil qiladi. Ikkinchi elkasi qarshilik magazinidan iborat. Uning qarshiligini ŏzgartirish mumkin.
Reoxord millimetrlarga bŏlingan, uzunligi 1m chamasidagi yog’ochdan qilingan chizg’ich ustida tarang tortilga nikelin (yoki nixrom) sim ŏrnatilgan D kontakt (jilgich) dan tashkil topgan (1-rasm).
Kalit (K) ni ulanganda kontur elkalarida 1-rasmda kŏrsatilgan yŏnalishlardagi toklar ŏtadi. Bunda galvonometrdan ŏtadigan tok yŏnalishi V va D nuqtalarning potentsialiga bog’liq . Agar V nuqtaning potentsiali D nuqtanikidan katta bŏlsa, 1-rasmda kŏrsatilgan yŏnalishda tok ŏtadi.
D jilgichni reoxord shkalasi bŏylab ŏngga yoki chapga surish bilan AD va DC elkalarning qarshiliklarini ŏzgartirib borib shunday holatga erishamizki, unda galvonometr shkalasi galvanometr strelkasi shkalaning nolini kŏrsatadi. Bu holat avval aytganimizdek φV = φD bŏladi va bu holat uchun quyidagicha yoza olamiz: R = Rx (r1/r2) (1)
Bu erda: r1 - simning D jilgichdan chap tomondagi ℓ1 uzunlikdagi qicmining qarshiligi; r2- simning D jilgichdan ŏng tomondagi ℓ2uzunlikdagi qicmining qarshili. Cimning kesimi ŏzgarmas bŏlgan va bir xil moddadan tayyorlanadigan r1 va r2 lar uchun quyidagilarni olamiz: r1 = p(ℓ1/S) ba r2 = p(ℓ2/S) Bu erdagi r1 ning r2 ga nisbati elkalarning nisbatiga ŏxshashdir:
r1/r2 = ℓ1/ ℓ2 (2) Rx = R(r1/r2) = R(ℓ1/ ℓ2) (3)
(3) tenglikdan kŏrinadiki, galvanometrdan tok ŏtmayotganda Rx qarshilikni aniqlashni R qarshilikni, ℓ1 va ℓ2 uzunliklarni 1mm aniqlikda olish mumkin.
Ishni bajarish tartibi: 1. 1 - rasmda kŏrsatilgan sxema bŏyicha elektr zanjiri tuziladi.
2. Tuzilgan zanjirning tŏg’riligi ŏq ituvchi tekshiradi. Zanjir tŏg’ri tuzilgan bŏlsa, K ulanadi. Kalitni ulash oldidan D jilgich reoxordning ŏrtasiga yaqin vaziyatda bŏlishi kerak.
3. D jilgichni chap yoki ŏngga surish bilan galvonometr strelkasining nolinchi bŏlimini kŏrsatishiga erishildi. Agar bunga jilgich chekkaroq da turganida erishilsa, R qarshilikni ŏzgartirish kerak va nihoyat D jilgich reoxordning ŏrtasiga yaqin turganida galvanometr kŏrsatishi nolga teng bŏlishiga erishish ŏrinlidir. Xuddi shu xolatda ℓ1 va ℓ2 elkalarning uzunligi ŏlchanadi. Olingan ma’lum qarshilik R ni qarshilik magazinidan hisob qilinadi. Sŏngra, ℓ1 , ℓ2 va R larning qiymatlarini (3) ga qŏyib birinchi g’altakning malum qarshiligi Rx1 hisoblanadi. Tajriba R ning yani ikki xil qiymati uchun takrorlanadi va har qaysi tajribada Rx1 qiymati hisonlanadi. Ŏlchash va hisoblash natijalari 1-jadvalga yoziladi.
4. Ŏtkazilgan tajribalardan aniqlangan Rx11, Rx111, Rx1111 qiymatlari asosida ularning ŏrtacha arifmetik qiymati x1> hisoblanadi.
5. Tajribani ikkinchi qartshilik (g’altak) uchun ham uch marta takrorlanadi va ikkinchi qarshilikning ŏrtacha arifmetik qiymati x2> hisoblanadi.
6. G’altaklar bir-biriga ketma-ket ulanadi va zanjirga Rx ŏrniga kiritiladi. Ularning qarshiligini yana uch marta aniqlanadi va umumiy qarshilikning ŏrtacha arifmetik qiymati k-k> hisoblanadi.
7. Tajriba yŏli bilan topilgan k-k> ning qiymati, g’altaklar qarshiligining algebraik yig’indisiga qariyib teng bŏlishi kerak: k-k> = x1> + x2> 8. ikkala g’altak parallel ulanadi va yuqoridagi kabi ishlar bajariladi. Bunda p> qarshilik quyidagi formula bŏyicha hisoblangan qarshilikka yaqin bŏlishi kerak 1/p> = 1/x1> + 1/x2> 3 - jadval