N, ta
|
I,A
|
r, m
|
H, A/m
|
Ho’r, A/m
|
∆H,A/m
|
∆Ho’r, A/m
|
ε,%
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2 – jadval.
№
|
N, ta
|
I,A
|
r, m
|
B, Tl
|
Bo’r, A/m
|
∆B,A/m
|
∆Bo’r, A/m
|
ε,%
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
3 – jadval.
№
|
N, ta
|
I,A
|
r, m
|
εM
|
εM.o’r, A/m
|
∆εM,A/m
|
∆εM.o’r,A/m
|
ε,%
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari:
1. Magnit maydon induktsiyasi bilan kuchlanganlik vеktori qanday xususiyatlarga ega?
2. Bio-Savar-Laplas qonuni nima bildiradi?
3. Magnit yurituvchi kuch (MYuK) nima? U qanday fizik kattaliklarga bog‘liq?
4. Toroid va unda hosil bo‘luvchi magnit maydonni xaraktеrlovchi fizik kattaliklar qanday ifodalanadi?
12 –laboratoriya ishi:
MIKROSKOP YORDAMIDA SHISHANING NUR SINDIRISH KO‘RSATKICHINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Shishshaning nur sindirish ko‘rsatkichini mikroskop yordamida tajribada aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: 1. Mikroskop. 2. Mikrometr (yoki shtangensirkul). 3. Ikkala tomoni sirtda bir-biriga tik ravishda tirnab chizilgan chiziqlari (shtrixlari) bor shisha plastinka.
Nazariy ma’lumotlar:
Yorug’likning bir shaffof muhitdan boshqa shaffof muhitga o’tishida tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishiga yorug’likning sinishi deb yuritiladi. Ingichka yorug’lik dastasi ikki shaffof muhit yassi chagarasiga tushganida bir qicmi muhitlar chegarasidan qaytadi va qolgan qicmi ikkinchi muhitga o’z tarqealish yo‘nalishini o‘zgartirib o’tadi, boshqacha aytganda tushuvchi yorug’lik nuri AO, qaytgan OB va singan OD nurga ajraladi.
Yorug’likning qaytish qonuni quyidagicha: tushgan nur AO, qaytgan nur OB va ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar MN bir tekislikda yotadi; nurning qaytish burchagi β tushish burchagi α ga teng, ya’ni α = β. Yorug’likning sinish qonuni esa quyidagicha ta’riflanadi:
1 -rasm Ikki shaffof muhit chegarasida yorug’likning sinishi.
Tushgan nur AO singan nur OD va ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar MN bir tekislikda yotadi; nurning tushish burchagi sinusi sinα ga nisbatan burilgan ikki muhit uchun o‘zgarmas kattalikdir.
1-rasmdan foydalanib quyidagini yozamiz:
(1)
formuladagi n2.1 koeffitsienti ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko‘rsatkichi yoki nisbiy sindirish ko‘rsatkichi deb yuritiladi. Nisbiy sindirish ko‘rsatkichi yorug’likning birinchi va ikkinchi muhitlardagi tezliklari v1 va v2 larning nisbatiga teng:
u holda (2)
Yorug’likning sinishi natijasida buyumlarning o‘lchamlari, shakli yoki joylashuvi o‘zgarib ko’rinadi. Masalan, suvli stakanga qalamni qiyalatib joylashtirib, yon tomonidan qarasak, qalamning suv ichidagi qicmi qalamning suv ustidagi qicmiga nisbatan siljigandek ko’rinadi. Yoki tiniq suvli hovuzning tagiga yotgan toshni kuzatib, hovuzning chuqurligi unchalik katta emasdek tuyulishi ham yorug’likning havodan suvga o’tishida sinishidan kelib chiqadi.
Endi yorug’lik nurining yassi parallel shishadan o’tishini batafsil qaraylik.
Yassi parallel shisha plastinkaning pastki sirtidagi A nuqtaga 1 va 2 nurlar tushayotgan bo‘lsin (2-rasm).
2-rasm. Yorug’lik nurining yassi parallel plastinkasidan o’tishi.
2 nur plastinkaga tik ravishda tushayotgani uchun sinmasdan S nuqtada havoga o’tadi. 1 nur esa plastinkaning pastki va ustki sirtlarida sinadi hamda plastinkadan 0 nuqtada D ga tomon yo‘nalgan ravishda havoga tarqaladi. Bundan ko’rinadiki, shisha plastinkaga biror burchak ostida tushayotgan nur shishadan sinib o’tishida biror masofaga siljiydi va yana avvalgi yo‘nalishida parallel holda tarqaladi.
Endi 1 va 2 nurlarning yo‘nalishini tekskari ravishda qaraylik. U holda DO yo‘nalishda qarayotgan kuzatuvchi DO va СA nurlarning kesishish nuqtasini A da emas balki E nuqtada kuzatadi, boshqacha aytganda plastinka qalinligi kuzatuvchiga СE=h ga teng kabi tuyuladi 2-rasmdan ko’rinadiki, plastinkaning tuyulgan qalinligi СE=h, uning haqiqiy qalinligi СA=H dan kichik bo‘ladi.
Agar tushuvchi nurlar plastinkaga tik tushuvchi nurlarga juda yaqin bo‘lsa, tushish va sinish burchaklari juda kichik bo‘ladi. Bunday holda bu burchaklarning sinuslarini ularning tangenslari bilan almashtirish mumkin. Demak. Sinish qonunini quyidagicha yozishimiz mumkin:
(3) (4)
(3) va (4) lardan shishaning absolyut sindirish ko‘rsatkichi n aniqlanadi:
(5)
Sindirish ko‘rsatkichini aniqlashning bu usuli (5) formulaning ko’llanishiga asoslangan. Mikroskopning buyum qp’yiladigan stolchasiga ikkala tomoniga o’zaro tik ravishda tirnalgan chiziqlari (shtrixlari) bor yassi parallel plastinka quyiladi.
Dastavval, mikroskopni plastinkaning ustidagi chiziqning erkin tasviri ko’rinadigan qilib o‘rnatiladi (masalan, S nuqtaning), so‘ngra mikrometrik vintni burash bilan plastinkadagi pastki chiziqning erkin tasviri hosil qilinadi (A nuqtaning). Mikroskopni A nuqtaga nisbatan aniq tasvirga o‘rnatish uchun mikroskop tubusini plastinkaning qalinligiga teng SA masofaga emas, balki SE masofaga siljitiladi. Plastinkaning tuyulgan qalinligi mikrometrik vint bo‘limlari yordamida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |