Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə27/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

Ishni bajarish tartibi:

  1. Mikrometr bilan shisha plastinkaning haqiqiy qalinligi N plastinka sirtlaridagi chiziqlar (shtrixlar) kesishgan joyidan mikrometr (shtangensirkul) yordamida o’lchanadi.

  2. Mikroskop stolchasiga shisha plastinkadagi chiziqlar kesishgan joyi asbobning optik o’qida yotadigan qilib o‘rnatiladi va shisha plastinkaning ustidagi chiziqning erkin tasviri hosil qilinadi.

  3. Mikrometr (yoki stangensirkul) yordamida shish va plastinka orasidagi H - masofa o’lchaniladi (3-rasm) va jadvalga kiritiladi.

  4. Mikroskop tubusini shishaning tagidagi chiziqning yorqin tasviri olinguncha pasaytiriladi. 3-banddagi topshiriqlar qayta bajarilib, shish va plastinka orasidagi h - masofa o’lchaniladi.

5. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi (5) formula bo’yicha hisoblanadi.
6. O‘lchamlar kamida 3 marta takrorlanadi.
7. O‘lchamlardan olingan ma’lumotlar asosida , <∆n> va ɛ lar hisoblanadi.
8. O‘lchash va hisoblash natijalari 1-jadvalga yoziladi.
9. Oxirgi natija quyidagicha yoziladi: n= ± ∆ n>; ɛn= …..%
1-jadval.

Tajribalar

H, m

h, m

n

n

ε, %

1
















2
















3
















4
















O‘rtacha


















Nazorat savollari:
1. Sinish va qaytish qonunlarini ayting.
2. Sindirish ko’rsatkichi haqidama’lumot bering.
3. H va h orasida qanday farq bor?


3 - rasm.
13 – laboratoriya ishi:


DIFARAKSION PANJARA YORDAMIDA YORUG’LIK TO‘LQINI UZUNLIGINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Yorug’lik to‘lqin uzunligini difraktsion panjara yordamida tajribada aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: 1. Difraktsion panjara. 2. Yorug’lik to‘lqinining uzunligini aniqlashda ishlatiladigan maxsus asbob. 3. Yorug’lik manbai. 4. Masshtabli chizg’ich.


Nazariy ma’lumotlar:
Yorug’likning difraktsiyasi deb, yorug’lik to‘lqinlarining juda kichkina to‘siqni aylanib utishda, noshaffof ekrandagi doiraviy teshikdan yoki tirqishdan utishida tugri chiziqli tarqalishdan og’ishiga aytiladi. Difraktsiya hodisasida yorug’lik to‘lqinlari geometrik soya sohasiga kirib boradi.
Bir-biriga juda yaqin ko‘p sonli parallel tirqishlar sistemasi difraktsion panjara deb yuritiladi. Oddiy difraktsion panjarada shisha plastinkaning yuziga aniq bo‘lish mashinasi bilan bir-biriga paralel juda ko‘p shtrixlar chiziladi. Shtrixlar (chizilgan joylar) orasida chizilmagan o‘zaro parallel tiniq yo‘llar (tirqishlar) qoladi. Shishaning chizilgan joylari yorug’likka tiniq emas, ularni plastinkadagi tiniq tirqishlarning noshaffof oraliqlari deb qaraladi.
Difraktsion panjara yordamida to‘lqin uzunligini aniqlashda ishlatiladigan
eng oddiy asbob 1 - rasmda keltirilgan.


Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin