Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar


– mashq. Stefan - Boltsman hamda plank doimiysini aniqlash



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə30/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

2 – mashq.
Stefan - Boltsman hamda plank doimiysini aniqlash
Kerakli asbob va materillar: 1. Optik pirometr. 2. Sirti oksidlangan nikel tasmalar. 3. Voltmetr. 4. Ampennetr. 5. Reostat. 6. Mikrometr. 7. Тоk manbalari. 8. Kalitlar.
Bu ishda absolut qora jismning Re energetik yorituvchanligi hamda T absolut temperaturani tajribada o'lchab, Stefan - Boltsman qonunini ifodalaydigan (2) formuladan a ning hamda (7) formulaga asosan h Plank doimiysining qiymati topiladi.
Shu maqsadda 4 - rasmda ko'rsatilgan sxema tuziladi. Bu sxemada N sirti oksidlangan nikel tasma bo'lib, uning nurlanishi absolut qora jism nurlanishiga yaqindir. Bunday tasmaning qarshiligi kam boigani uchun uni avtotransformator (LATR) orqali o'zgaruvchan tok manbaiga ulab cho'g'lantirish mumkin. Tasmaning iste'mol qiladigan elektr quvvati
NE=IU (15)
bo'ladi, bundagi I va U larni mos ravishda ampermetr hamda voltmetrning ko'rsatishlaridan olinadi.
Tasmaning iste'mol qiladigan to'la quvvati NE elektr quvvati (15 - formula) hamda atrofdagi jismlarning nurlanishi tufayli olayotgan yorug'lik quvvati
(16)
dan iborat. Bunda S - tasmaning to'la sirti, T0 - atrofdagi jismlarning temperaturasi (xona temperaturasi).
Statsionar rejimda tasmaning nurlayotgan yorug'lik quvvati
(17)
tasma tomonidan iste'mol qilinayotgan to'la quvvatga teng bo'lishi kerak (bunda T - cho'g'langan tasmaning temperaturasi). Demak, (15), (16) va (17) formulalarga asosan

deb yozish mumkin. U holda

(18)


bo'ladi. Agar tasmaning uzunligi l, kengligi a va qalinligi b bo'lsa, u holda uning cho'g'lanayotgan to'la sirti quyidagi ifodadan topiladi:


S=2(al+bl)=2l(a+b).
Stefan - Bolsman doimiysi uchun quyidagi ifodaga ega bo'lamiz:
(19)
Bu formulaga kirgan barcha kattaliklarni tajribadan aniqlab, σ ni hisoblab topiladi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin