Ishni bajarish tartibi: 1. Sterjenning aenini va bqalinligini shtangentsirkul yordamida ŏlchanadi.
2. Sterjenni prizmalar ustiga qŏyib, A va B nuqtalar oralig’i Lmasofani masshtabli chizig’ich yordamida ŏlchab olinadi.
3. Uzayish indikatorini K vint yordamida shunday joylashtiriladiki, uning ŏtkir uchi sterjen sirtiga erkin tegib tursin. Sŏng indikatorning tashqi halqasini burab uning strelkasini shkalaning noliga keltiriladi.
4. Sterjenning ustiga 0,5 kg; 1 kg; 1,5 kg va 2 kg massali yuklar qŏyib, har gal sterjenning λegilish strelkasining kattaligini indikator strelkasining kŏrsatishidan yozib olinadi.
5. Sŏngra 4 - bandda keltirilgan topshiriqni teskari tartibda bajariladi, ya’ni sterjendagi yuklarni birin-ketin 0,5 kg dan ola borib, bunda ham har gal sterjenning qancha egilganini qayd qilinadi.
6. Nihoyat, λegilish strelasini har bir yuk uchun aniqlangan qiymatini va boshqa ŏlchab olingan kattaliklarni (1) formulaga qŏyib, sterjen moddasining elastiklik moduli hisoblab topiladi.
7. Elastiklik modulining ŏrtacha qiymatini hisoblanadi fizik kattaliklar jadvalidan foydalanib, sterjen qanday moddadan yasalganligi aniqlanadi.
8. Tajribada yŏl qŏyilgan absolyut va nisbiy xatoliklar hisoblanadi.