Ishi bajarish tartibi: Texnik tarozi yordamida R yukning mmassasi aniqlanadi.
Chig’iriqning diametrini shtangentsirkul’ yordamida ŏlchanadi va r radiusi topiladi.
Avvalo inertsiya momentini ŏzgartirmay, tajriba ŏtkaziladi. Buning uchun krestovina sterjenlaridagi yuklarni aylanish ŏqiga nisbatan bir xil uzoqlikka joylashtiriladi.
V vilkani shtepselga tiqib, EM elektromagnitni tajriba ŏtkazishga tayyorlab qŏyiladi.
Harakatga keltiruvchi m yuk bog’langan ipni chig’iriqda ŏrab, yukni maksimal balandlikka kŏtariladi va K tumblerni ulab elektromagnitga «ushlatib» qŏyiladi. Ustundagi shkaladan h balandlik aniqlab olinadi.
K tumblerni uzib, m yukning harakatga kelib pastdagi platformaga tushib urilguncha ketgan t vaqt sekundomer yordamida 3 - 4 marta ŏlchab olinadi va vaqtning ŏrtacha qiymati topiladi (R yukning tebranmay tushishiga e’tibor bering).
(4) formulaga asosan β1, (5) formulaga asosan M1 hisoblanadi.
m yukning ustiga qŏshimcha m1yukni qŏyib, 6-banddagi topshiriq bajariladi va β2 , M2 kattaliklar hisoblanadi,bunda (5) formuladagi mŏrniga m+m1olinadi.
m yukning ustidan m1yukni olib, m2yuk qŏyiladi va tajriba 3-4 marta takrorlanadi. Bu holdagi burchakli tezlanish β3, kuch momenti M3 bilan belgilab olinadi. Hisoblashda mŏrnida m+ m2olinadi.
(2) formulaga binoan,
, ,
nisbatlartekshiriladi.
Endi kuch momentini ŏzgartirmay saqlab (ip uchida faqat myukni qoldirib), tajriba ŏtkaziladi. Buning uchun krestovina sterjenlaridagi yuklarni eng chetki vaziyatga qŏyib, myukning tushish vaqti ŏlchanadi va (6) formuladan I1 ni, (4) formuladan β2ni hisoblab topiladi.
Krestovina sterjenlaridagi yuklarni bir bŏlimga aylanish ŏqiga tomon siljitib, 11-bandda keltirilgan topshiriq bajariladi va β2 ,I2kattaliklar hicoblanadi.
Yuklarning sterjen bŏyicha yana bir bŏlimga siljitib, β2, I3 topiladi.