Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə31/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

Ishni bajarish tartibi:
1 - usul. L Tasmaning I uzunligi, a kengligini shtangentsirkul yordamida, b qalinligini esa mikrometr yordamida o'lchab oling.
2 . rasmda ko'rsatilgan ish sxemasi bo'yicha elektr zanjirni tuzing.
3. Optik pirometrni H cho'g'langan tasmaning temperaturasini o'lchash uchun tayyorlab qo'ying (1- mashqqa).
4. K kalitni ulang va pirometr yordamida tasma temperaturasini о'lchang hamda ampermetr va vo 11 metr kо' rsati s h 1 ari n i yozib oling.
5. R reostat yordamida tasmaga turli kuchlanishlar berib, 3 bandda ko'rsatilgan vazifani turli kuchlanishlar uchun bajaring.
O'lchab olingan kattaliklardan foydalanib, har bir T, I, U lar uchun (19) formuladan <σ> ning qiymatini hisoblang va uning o'ltacha qiymati a ni toping.
Aniqlangan Stefan - Boltsman doimiysi qiymatini (7) formulaga qo'yib, h Plank doimiysini hisoblab toping.
O'lchashda yo'l qo'yilgan absolut va nisbiy xatoliklarni hisoblang. Olingan natijalarni jadvalga yozing.
Eslatma: Nurlanuvchi jism sifatida cho'g'lanma lampa olinishi mumkin. U vaqtda optik pirometr cho'g'lanma lampa tolasining Trav ravshanlik temperaturasini o’lchaydi. Tolaning haqiqiy temperaturasini esa (14) formuladan foydalanib hisoblang.
II - usul. Tasmaning cho'g'lanish temperaturasini aniqlash uchun o'tkazgich qarshiligining temperaturaga bog'lanish formulasi:
R=Rσ (1+αt) (20)
dan foydalanish mumkin. Bu erda R va R0 - tasmaning mos ravishda 0 eC va t eC temperaturalardagi qarshiligi, a - qarshilikning temperatura koeffitsiyenti.
Tasmaning OeC temperaturadagi R0 qarshiligini uning o'lchamlarini bilgan holda quyidagi
(21)
formuladan topiladi, bu erda l - tasmaning uzunligi, a - eni, b - qalinligi, pQ - tasma yasalgan materialning OeC temperaturadagi solishtirma qarshiligi.
Tasmaning cho'g'langan paytda, ya'ni teC temperaturadagi R qarshiligini zanjirning bir qicmiga oid Om qonuni:
(22)
ga asosan U kuchlanish va I tok kuchining o'lchangan qiymatlaridan foydalanib aniqlash mumkin.
U holda cho'g'langan tasmaning T temperaturasi quyidagi ifodadan hisoblab topiladi:
(23) Bu formulaga kirgan U, I, α, b, l kattaliklarni tajribadan aniqlab, a va pO larning qiymatini jadvaldan olib. T ni hisoblab topish mumkin

Ishni bajarish tartibi:


l. K kalitni ulang (4 - rasm) va R reostat yordamida tasmaga turli kuchlanishlar berib, ampermetr va voltmetr ko'rsatishlarini yozib oling.
2. O'lchab olingan kattaliklardan foydalanib, har bir U va I lar uchun (23) formuladan tasmaning T cho'g'lanish temperaturasini aniqlab turib, 19-formuladan Stefan - Boltsman doimiysi g ni hisoblab toping.
3. O'lchashda yo'l qo'yilgan absolut va nisbiy xatoliklarni hisoblang. Tajriba natijalarini jadvalga yozing.
4. σ ning ikkala usuldan foydalanib aniqlangan qiymatlarini taqqoslang.

Nazorat savollari:



  1. Jismning nurlanish qobiliyati va va nur yutish qobiliyati deb nimaga aytiladi?

  2. Absolut qora jismning nurlanish qonunlarini aytib bering.

  3. Nurlanishning yana qanday turlarini bilasiz?

  4. Pirometrning tuzilishi va uning elektr hamda optik sxemasini chizib bering. Pirometrning yana qanday turlarini bilasiz?

  5. Ravshanlik temperaturasi deb qanday temperaturaga aytiladi?

  6. T=f(l) grafigini chizishdan maqsad nima?




Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin